Foiz bilаn tаlаb qilib olingunchа depozit hisobvаrаgʼ sonli shаrtnomаsi


HISOB-KITOBLАR VА FOIZ TOʼLOVLАRI



Yüklə 45,83 Kb.
səhifə4/11
tarix10.01.2022
ölçüsü45,83 Kb.
#51154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
50506035320025-Saving-20220107103246025

3. HISOB-KITOBLАR VА FOIZ TOʼLOVLАRI
3.1. Talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlaridagi mablag’lar qoldig’iga foizlar omonat hisobraqamiga pul mablag’lari kirim qilingan sanadan keyingi kundan boshlab, omonat hisobraqamidan boshqa sabablarga ko’ra pul mablag’lari yechib olingunga qadar hisoblanadi.
3.1.1. Foizlarni to’lab berish har bir foiz hisoblanadigan talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlar uchun (agarda mijozda bir nechta hisobraqam mavjud bo’lsa) tugayotgan oyning oxirgi bank ish kunida amalga oshiriladi.
3.2. Tariflarga Foiz stavkasining o’zgarishi bo’yicha kiritiladigan o’zgarishlar to’g’risida mijoz bankning www.tbcbank.uz veb-saytida, bank mobil ilovasida va/yoki ATB “TBC Bank” xizmat ko’rsatish ofislarida o’zgarishlar to’g’risida ma’lumotlarni joylashtirish yo’li bilan 10 kalendar kunidan kam bo’lmagan muddat ichida xabardor qilinadi. 10 kalendar kunidan keyin foiz stavkasi bo’yicha Tariflarga kiritilgan o’zgarishlar yangi tahrirda foydalaniladi.

Agar mijoz Tariflarga Foiz stavkasining o’zgarishi bo’yicha kiritiladigan o’zgarishlarga rozi bo’lmasa, amaldagi qonunchilikka binoan barcha pul mablag'lari va hisoblangan foizlarni talab qilishga hamda talab qilib olinguncha omonat hisobraqamini yopishga haqli.


3.3. “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida”gi nizomga (AV 2004-yil 30-yanvar 1306-son) muvofiq baza sifatida mijozning hisobraqamida omonat turgan kalendar kunlari hisobga olinadi. Shuningdek, yillik hisob kunlari sifatida 365 kun qo’llaniladi. Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’laridagi mablag’lar qoldig’iga foizlar omonat hisobraqamiga pul mablag’lari kirim qilingan sanadan keyingi kundan boshlab, omonat hisobraqamidan boshqa sabablarga ko’ra pul mablag’lari yechib olingunga qadar hisoblanadi. Agarda talab qilib olingunchga depozit hisobraqamiga dam olish/bayram kunlari mablag’lar kirim qilinsa, dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuni mablag’lar kirim qilingan kuni hisoblanadi.

3.4. Bank tomonidan talab qilib olingunchga depozit hisobvarag’iga qabul qilingan mablagʼlarning qaytarilishi "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoya qilish kafolatlari toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasining 2002 yil 5 apreldagi 360-II -sonli Qonuniga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi banklaridagi fuqarolarning omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan kafolatlanadi



Yüklə 45,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin