"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
1/3
“Navoiyazot” AJ faoliyati so'nggi to'rtinchi
avlod texnologiyalari
asosida qaytadan
tashkil etiladi
// 04.10.2019
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/navoiyazot-4gen
O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish Davlat qo'mitasi veb-saytida
«NAVOIYAZOT» aksiyadorlik jamiyati sexlari vaqtincha to'xtatildi» sarlavhali axborot chop etildi. Ushbu
axborot respublikaning boshqa saytlarida ham yoritildi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat”
aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi:
“Navoiyazot” AJ doimo atrof-muhitga, atmosferaga zararli moddalar chiqishini kamaytirishga yo'naltirilgan
O'zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida”gi, “Ekologik nazorat to'g'risida”gi, “Suv
va suvdan foydalanish to'g'risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida”gi, “Ekologik
ekspertiza to'g'risida”gi qonunlari va O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
Davlat qo'mitasining Davlat ekologik ekspertizasi xulosalari doirasida maqsadli ishlar olib boradi.
“Navoiyazot” AJ sanoatlashgan hududda joylashganligi sababli, korxona tomonidan
har yili atmosferaga
sanoat tashlanmalarini, oqova suvlarni suv havzasiga tushushini va chiqindilar hosil bo'lishini kamaytirish
hamda xom-ashyo va energiya resurslarini tejash, texnologik rejim normasidan chetlanishni oldini olish,
atrof-muhitga zararli moddalarni chiqishini kamaytirishga ko'maklashuvchi tashkiliy-texnikaviy chora-
tadbirlar ishlab chiqmoqda va uning ijrosini ta'minlamoqda.
Atrof-muhitga ta'sirning o'rnatilgan normativlariga rioya qilinishning idoraviy
nazoratini amalga oshirish,
"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
2/3
sanoat tashlanmalarida, oqova suvlarda zararli kimyoviy moddalar tarkibi ustidan nazoratni amalga
oshirish, shuningdek, oqova suvlar, changyutgich va gaz tozalash qurilmalari ishining samaraliligini nazorat
qilish uchun akkreditatsiyalangan ekoanalitik (sanitar) laboratoriya faoliyat olib boradi.
Nazoratni
ko'chaytirish maqsadida ekoanalitik (sanitar) laboratoriya tomonidan korxonaning sanitar-himoya
zonasida, Navoiy shahri va korxonaga yaqin joylashgan hududlarda atmosfera havosidan doimiy namuna
olinadi.
“Navoiyazot” AJ asosiy sexlari va ishlab chiqarishlari loyihasi “O'zkimyosanoat” AJning barcha tegishli
korxonalari qatori 1960 va 1970 yillarda amalga oshirilgan bo'lib, o'zining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari
bo'yicha ikkinchi avlod agregatlariga kiradi, o'sha davrdagi amaldagi normalar va qoidalarga muvofiq
ekologik muammolarni yechish keyinchalik korxona tomonidan mustaqil ravishda hal qilingan. 1991 yildan
boshlab
ishlab chiqarish, sexlar va uchastkalardan foydalanishni loyihalash O'zbekiston Respublikasining
tabiatni muhofaza qilish talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Dastlabki loyihalarda asosiy
mahsulotlarni ishlab chiqarish 1,5 marta kamayganiga qaramay, atmosferaga zararli moddalar
tashlamalari va chiqindi suv bilan ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari ko'p marta kamaytirilgan. 1980
yillarda statistik hisobot ma'lumotlariga ko'ra, atmosferaga zararli moddalarning yalpi emissiyasi yiliga
20,8
ming tonna, jumladan, azot oksidi 7,7 ming tonna, ammiak 1,25 ming tonnani tashkil etgan. 2018
yilda atmosferaga zararli moddalarning yalpi emissiyasi 6,6 ming tonnani, shu jumladan, azot oksidi 0,86
ming tonnani, ammiak 0,9 ming tonnani tashkil etdi.
Mavjud vaziyatlarni inobatga olgan holda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3
apreldagi
“Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari
to'g'risida”gi PQ-4265-sonli qarori bilan hozirgi kunda korxonada uchta yirik investitsiya loyihasi, eng
so'nggi to'rtinchi avlod texnologiyalari asosida amalga oshirilmoqda.
Ammiak va karbamid ishlab chiqarish “Mitsubishi Heavy Industries” va “Mitsubishi Corporation” Yaponiya
kompaniyalari konsortsiumi ishtirokida amalga oshirilmokda. 500 ming tonna kuvvatiga ega bo'lgan Azot
kislotasi ishlab chiqarishini qurilish loyihasi esa “Casale SA” (Shveytsariya) kompaniya tomonidan amalga
oshiriladi.
Aytib o'tish lozimki, barcha qurilayotgan va rekonstruktsiya qilinayotgan ob'ektlar O'zbekiston Respublikasi
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasida atrof-muhitga ta'sirini baholash tartibidan o'tgan
va Respublika Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingan.
2019 yilning oxirida yangi qurilayotgan nitrat kislotasi ishlab chiqarishi ishga tushirilishi mo'ljallangan
bo'lib, bu ish amalga oshirilgandan so'ng kuchsiz azot kislotasini ishlab chiqaruvchi 5-sonli
sexning faoliyati
to'xtatilishi rejalashtirilgan. Natijada azot oksidlari tashlamalari kamayishiga erishiladi.
2020 yil iyunida ammiak va karbamid ishlab chiqarishi ishga tushirilgach, 1964-1967 yillarda qurilgan
mavjud ammiak ishlab chiqarishi to'xtatiladi va ifloslantiruvchi moddalar, shu jumladan, ammiak
tashlamalari kamayadi.
Joriy yilning 16-25 sentabr kunlari o'tkazilgan tekshirishlar davomida aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf
etish uchun Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi bilan kelishilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi hamda
bajarilishi nazoratga olindi.
Shu bilan birga, axborotda keltirilgan ba'zi ma'lumotlarga aniqlik kiritish lozim. Masalan “Navoiyazot” AJga
kelayotgan sanoat suvi va shahardan kelayotgan oqova suvlari tarkibida sulfat va mis me'yordan oshib
ketganda, korxona faoliyati natijasida hosil bo'lgan oqava suv ham yuqori tarkibga ega bo'ladi. Bugungi
kunda sanoat korxonalari va Navoiy shahridagi oqova suvlarni tozalash bilan shug'ullanadigan mavjud
biokimyoviy ob'ektlarni rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.
Texnik audit natijalariga ko'ra, 2015 yildan hozirgi kungacha 11552,5 ming AQSh dollari miqdoridagi
uskunalarni almashtirish bosqichma-bosqich amalga oshirildi.