FOLAT KISLOTA YETISHMOVCHILIGI
Vitamin B9 – foli kislotasining foydali jihatlari qadim zamonlardan barchaga maʼlum, ammo oxirgi yillar ichida ushbu vitaminning organizm uchun juda katta ahamiyatga ega ekanligi bong urib aytilmoqda. Foli kislotasi homiladorlik vaqtida va homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga buyuriladi. Bundan tashqari, ushbu vitamin koʻpgina yurak kasalliklarini davolashda ham qoʻllaniladi.
Foli kislotasining oʻziga xosligi
Foydali vitaminlar va mikroelementlarning organizmdagi roli haqida barchamiz bilamiz. Masalan organizmda kalsiy, magniy, temir hamda B6, B12, A, C, D va PP vitaminlarining qanday vazifa bajarishi deyarli barchaga maʼlum. Ammo faol moddasi folat boʻlgan foli kislota – vitamin B9 ning organizmdagi vazifasi nimadan iborat?
Folatlar hujayra yadrosidagi maʼlumot saqlovchi DNK sintezida ishtirok etadi. B9 vitamini maxsus ferment sintezida ham ishtirok etadi, bu ferment yomon sifatli oʻsmalar oʻsish xavfini kamaytiradi.
Foli kislota yetishmovchiligi asosan 20-45 yoshdagi insonlarda, homiladorlar va emizikli davrdagi ayollarda qayd etiladi. Bunday holat megaloblast anemiya (DNK sintezi buzilishi natijasida kelib chiqadigan onkologik kasallik), homila rivojlanishidagi nuqsonlarga sabab boʻladi.
Vitamin B9 yetishmovchiligining oʻziga xos belgilari ham mavjud, masalan tana haroratining koʻtarilishi, yalligʻlanish jarayonlari, ovqat hazm qilish bilan bogʻliq muammolar (ich ketishi, koʻngil aynishi, anoreksiya), giperpigmentatsiya kabilar.
Foli kislotasini qabul qilish qoidalari
MIA 1998-yilda foli kislotasini qabul qilish haqidagi yoʻriqnomani ishlab chiqdi. Ushbu maʼlumotlarga koʻra doza quyidagicha:
Optimal – 400 mkg sutkasiga;
Minimal – 200 mkg;
Homiladorlikda – 400 mkg;
Laktatsiya vaqtida – 600 mkg.
Eʼtibor bering! Foli kislotasini qabul qilish qatʼiy ravishda individual belgilanadi. Yuqoridagi dozalar bu oʻrtacha qilib olingan miqdor hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |