Folat kislota yetishmovchiligi


Foli kislotasi va koʻkrak bezi saratoni rivojlanish ehtimoli



Yüklə 97,71 Kb.
səhifə4/5
tarix18.10.2022
ölçüsü97,71 Kb.
#65375
1   2   3   4   5
FOLAT KISLOTA YETISHMOVCHILIGI

Foli kislotasi va koʻkrak bezi saratoni rivojlanish ehtimoli
2014-yil yanvar oyida yana bir izlanish natijalari eʼlon qilindi. Olimlar foli kislotasi qabul qiladigan ayollarda koʻkrak bezi saratoni rivojlanish xavfini oʻrgandilar. Kanadalik olimlar Mixail Ota shifoxonasi xodimi doktor Yen-In-Kim foli kislotasining aynan koʻkrak bezi saratonini oʻstirib yuborish qobiliyati bor ekanligini aniqladi. Avvalgi olimlar foli kislotasining oʻsma kasalliklari oʻsishini sekinlashtirishi haqidagi fikrlari notoʻgʻri ekanligi isbotlandi, yaʼni kalamushlarda oʻtkazilgan tajriba oʻz isbotini topdi.
Foli kislotasi va prostata bezi saratoni
2009-yil mart oyida Journal of the National Cancer Institute jurnalida foli kislotasi va prostata bezi saratoni kelib chiqishidagi bogʻliq haqida maqola chop etildi. Janubiy Kaliforniya Universiteti olimlari Jeyn Figeyredo boshchiligida foli kislotasi preparatlarini qabul qilish prostata bezi saratoni xavfi ikki barobar oshirib yuborishini oʻrganib chiqdilar. 6 yarim yil davom etgan 643 nafar koʻngillilar ishtirok etgan izlanishda oʻrtacha yoshi 57 ni tashkil etgan erkaklar qatnashdi. Barcha erkaklar 2 guruhga boʻlindilar: 1 guruh ishtirokchilar sutkasiga 1 mg foli kislota qabul qildilar. 2 guruh esa platsebo taʼsiri olib borildi. Ushbu vaqt ichida 34 nafar ishtirokchida prostata bezi oʻsma kasalligi rivojlandi. Olimlar xulosasiga koʻra 1 guruh ishtirokchilari orasida 9,7 % erkakda oʻsma kelib chiqqan boʻlsa, 2 guruh ishtirokchilarida esa bu koʻrsatkich 3,3 % ni tashkil etdi.
Foli kislotasi va hiqildoq saratoni
2006-yilda Katolik unversiteti tomonidan oʻtkazilgan ilmiy izlanishga koʻra foli kislotasi hiqildoq leykoplakiyasi kasalligida oʻsma oʻsish xavfini kamaytirar ekan. Izlanishda 43 nafar hiqildoq leykoplakiya kasalligiga uchragan bemorlar ishtirok etdilar. 
Ular sutkasiga 5 mg dan 3-marta foli kislota qabul qildilar. Izlanish natijalari olim Jovanni Almador tomonidan eʼlon qilindi va shifokorlarni taajubga tushirdi: 31 nafar bemorda leykoplakiya kasalligi regressiyaga uchradi – 12 nafarda butunlay sogʻayish, 19 nafarida kichrayish holati qayd etildi. Ushbu natijaga asoslangan holda foli kislotasining iste’moli orqali boʻyin va bosh sohasida rivojlanuvchi oʻsma kasalliklar kelib chiqish xavfini kamaytiradi deb aytish mumkin.

Yüklə 97,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin