Fonetika o‘qitish metodikasi Reja



Yüklə 120,4 Kb.
səhifə6/8
tarix27.12.2023
ölçüsü120,4 Kb.
#200041
1   2   3   4   5   6   7   8
Fonetika o‘qitish metodikasi Reja-hozir.org

Topshiriq. Matnni ifodali o‘qishni mashq qiling. So‘ng tushunchangizni so‘zlab bering. Inson turli a`zolardan tarkib topgani kabi til fani ham turli bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Til va uning bo‘limlarini o‘rganuvchi fan tilshunoslik deyiladi. Uning nutq tovushlari haqidagi bo‘limi fonetika, nutq tovushlarini yozuvda ifodalovchi belgilar, ya`ni harflar tizimini o‘rganuvchi bo‘limi grafika, tilning lug‘at tarkibini o‘rganuvchi bo‘lim leksikologiya, shuningdek, so‘z turkumlari va so‘zning tarkibi morfologiyada, so‘z birikmasi va gap esa sintaksisda o‘rganiladi.

1-mashq. Berilgan xalq maqoli ma`nosini tushuntiring. Unda ishtirok etayotgan tovushlarning hosil bo‘lish o‘rnini talaffuz asosida aniqlang.
Bilimliga yorug‘ dunyo, Bilimsizga –qorong‘u.


2-mashq. Quyidagi so‘z juftliklarini birma - bir talaffuz qiling, ular orasidan shakldosh so‘zlarni toping va ma`nolarini izohlang.Tur-to‘r, kul-ko‘l, sur-so‘r; Tush-to‘sh, qush-qo‘sh, xush-xo‘sh.

3-mashq. Berilgan matnni o‘qing. Unda ishtirok etayotgan mustaqil so‘zlarni so‘rog‘iga ko‘ra turkumlarga ajrating va jadval shaklida joylashtiring.
Biror matnni o‘qiganda baland ovoz bilan, shoshilmasdan o‘qing. Har bir so‘zni va so‘z tarkibidagi tovushni aniq talaffuz qiling. Tinish belgilariga e`tibor berib, kerakli o‘rinda to‘xtamga rioya qiling. Gaplarning ohangiga diqqat qiling. Ohang gap mazmunini belgilashda asosiy omil ekanligini unutmang.


4-mashq. Bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlarga yoddan misollar keltiring. Ularda qanday tovush ma`no farqlayotganligini ayting.
Masalan: ranj/ganj; r va g tovushlari ma’no farqlashga xizmat qilmoqda


5-mashq. Berilgan quyidagi xalq maqollaridan bir bo‘g‘inli so‘zlarni ajratib oling va dastlab unli harflarni so‘ng undosh harflarini almashtirib yangi so‘zlar hosil qiling.Ish desa, ayyor, Sher izini it bosmas.Osh desa, tayyor.
Ko‘p bilgan oz so‘zlar, oz bo‘lsa ham soz so‘zlar



Yüklə 120,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin