Fonetika va fonologiya


Unli fonemalar tasnifi jadvali



Yüklə 250,51 Kb.
səhifə8/8
tarix02.05.2023
ölçüsü250,51 Kb.
#105725
1   2   3   4   5   6   7   8
Fonetika va fonologiya

Unli fonemalar tasnifi jadvali:


Lablarning ishtirokiga ko‘ra

Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra

Tilning vertikal harakatiga ko‘ra

Old qator

Orqa qator

Yuqori tor unlilar

i




Lablanmagan




u

Lablangan

O‘rta (keng)
unlilar

e




Lablanmagan




o‘

Lablangan

Quyi (keng) unlilar

a




Lablanmagan




o

Lablangan



Ayrim unli fonemalar tavsifi


I unlisi quyidagicha tavsiflanadi:

  1. so‘z boshida (ipak), so‘z o‘rtasida (tilak) va so‘z oxirida (tulki) keladi.

  2. so‘z ichida ikki jarangsiz undosh orasida nihoyatda qisqa aytiladi: bilan, sira.

  3. k, g, x undoshlaridan keyin kelganda orqa qator unli kabi aytiladi: qir, G‘irot, oxir.

  4. cho‘ziq varianti bor: muhim, musiqa.

  5. e(e) tovushiga moyil varianti bor: mix-mex,

U unlisi quyidagicha tavsiflanadi:

  1. so‘z boshida (urmoq), so‘z o‘rtasida (tugun) va so‘z oxirida (urg‘u) keladi.

  2. til oldi varianti ham uchraydi: kuch, gul;

  3. qulf, g‘ulg‘ula, tuxum so‘zlarida esa til orqa varianti qo‘llangan.

  4. i tovushi kabi kuchsizlanishi, ya’ni qisqarishi ham mumkin: tuxum, bulbul, tutun kabi.

E unlisi quyidagicha tavsiflanadi:

  1. so‘z boshida, so‘zning birinchi bo‘g‘inida keladi: eshik, elak, e’tibor, kel, bet

kabi.

  1. jonli nutqda sheva ta’sirida i tovushiga moyillashadi: deydi – diydi.

  2. o‘g‘uz shevalarida a tovushiga o‘tish holati ham mavjud: eshik – ashik, deb – dab, kel – gal kabi. Lekin adabiy tilda e tarzida talaffuz etiladi.

A unlisi quyidagicha tavsiflanadi:

  1. so‘z boshida (ari), o‘rtasida (daftar) va so‘z oxirida (qora) keladi.

  2. q, x, g‘ tovushlaridan keyin kelganda til orqaroq - orqa qator unlisi kabi talaffuz qilinadi: qaxr, g‘azab, xabar.

  3. ba’zi so‘zlarda sheva ta’sirida o tovush kabi aytiladi: baho – boho, shavla – shovla. Adabiy tilda a tarzida talaffuz etiladi.

O unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (olim), o‘rtasida (toza) va so‘z oxirida (bobo) keladi.
O‘ unlisi quyidagicha tavsiflanadi:

  1. sodda so‘zlarning asosan birinchi bo‘g‘inida uchraydi: o‘g‘il, bo‘ri, to‘g‘ri, o‘rin, bo‘yin.

  2. o‘zlashma so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inida ham keladi: ro‘baro‘, xushro‘y, gulro‘, kubok, (kubo‘k).

  3. til oldi varianti ham bor: o‘rik, ko‘l, cho‘l.

Yüklə 250,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin