I unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
so‘z boshida (ipak), so‘z o‘rtasida (tilak) va so‘z oxirida (tulki) keladi.
so‘z ichida ikki jarangsiz undosh orasida nihoyatda qisqa aytiladi: bilan,sira.
k, g, x undoshlaridan keyin kelganda orqa qator unli kabi aytiladi: qir, G‘irot, oxir.
cho‘ziq varianti bor: muhim,musiqa.
e(e) tovushiga moyil varianti bor: mix-mex,
U unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
so‘z boshida (urmoq), so‘z o‘rtasida (tugun) va so‘z oxirida (urg‘u) keladi.
til oldi varianti ham uchraydi: kuch,gul;
qulf, g‘ulg‘ula, tuxum so‘zlarida esa til orqa varianti qo‘llangan.
i tovushi kabi kuchsizlanishi, ya’ni qisqarishi ham mumkin: tuxum, bulbul, tutun kabi.
E unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
so‘z boshida, so‘zning birinchi bo‘g‘inida keladi: eshik,elak,e’tibor,kel,bet
kabi.
jonli nutqda sheva ta’sirida itovushiga moyillashadi: deydi –diydi.
o‘g‘uz shevalarida a tovushiga o‘tish holati ham mavjud: eshik – ashik, deb – dab, kel – gal kabi. Lekin adabiy tilda e tarzida talaffuz etiladi.
A unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
so‘z boshida (ari), o‘rtasida (daftar) va so‘z oxirida (qora) keladi.
q, x, g‘ tovushlaridan keyin kelganda til orqaroq - orqa qator unlisi kabi talaffuz qilinadi: qaxr, g‘azab,xabar.
ba’zi so‘zlarda sheva ta’sirida o tovush kabi aytiladi: baho – boho, shavla – shovla. Adabiy tilda a tarzida talaffuz etiladi.
O unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (olim), o‘rtasida (toza) va so‘z oxirida (bobo) keladi.
O‘ unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
sodda so‘zlarning asosan birinchi bo‘g‘inida uchraydi: o‘g‘il, bo‘ri, to‘g‘ri, o‘rin,bo‘yin.
o‘zlashma so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inida ham keladi: ro‘baro‘, xushro‘y, gulro‘, kubok,(kubo‘k).