K E Y W O R D S
bronxlar, bronxit
,
nafas
aʼzolari
,
bolalar
,
kasallik
,
xlamidiyalar
,
xavf
omillari
,
infeksiya
.
бронхи, бронхит, органы
дыхания,
дети,
заболевание, хламидиоз,
факторы
риска,
инфекция.
bronchi,
bronchitis,
respiratory
organs,
children,
disease,
chlamydia, risk factors,
infection.
Bronxlar – inson nafas olish tizimidagi eng muhim qismlaridan biri. Inson nafas olganda havo
halqum va traxeya (kekirdak) lardan oʻtadi, soʻngra bronx tizimiga tushadi va oʻpkalarga kislorod yetib
boradi. Inson nafas chiqarganda oʻpkada almashgan gazlar (karbonat angidrid gazi) bronxlar orqali, soʻng
traxeyadan oʻtib qayta tashqi muhitga chiqariladi. Bronxlar yuzasi shilliq va sezgir kiprikchalar bilan
qoplangan. Bu tuzilmalar bronxlarga tushgan har qanday moddalarni tashqariga chiqarishda ishtirok etadi.
Shunday qilib bronxlar oʻtkazuvchanligi biror bir salbiy omil natijasida buzilsa, bu nafas olish
jarayoniga salbiy taʼsir etadi, natijada organizmning kislorod bilan taʼminlanishi pasayadi.
Bronxid– bronxlar shilliq qavatining yalligʻlanishidir. Bu kasallik koʻproq bolalarda uchrashiga
sabab bolalarning immun tizimi sust boʻlishi va nafas aʼzolarining toʻliq rivojlanmaganligidir. Statistika
boʻyicha har yili 1000 ta bolaning 200 tasi bronxit kasalligiga chalinadi. Koʻproq 5 yoshgacha boʻlgan
bolalar kasallanadi. Bronxidlar qish mavsumida koʻpayadi.
Bolalarda bronxid – bir taraflama yoki ikki taraflama boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, bir bronx
daraxti yoki bir necha bronx daraxtlarining yalligʻlanishi ham farqlanadi. Agar yalligʻlanish faqatgina
|