form — boshqa forma bilan identifikator orqali bog‘lanish.
formaction — axborotlarni qayta ishlaydigan sahifa adresini berish(form tegi action attributi bilan bir hil).
formmethod — axborotlari qaysi metod orqali serverga jo‘natishni belgilash(Get, Post. Form tegi method attributi bilan bir hil).
maxlength — foydalanuvchi tomonidan maksimal kiritilishi mumkin bo‘lgan axborot o‘lchami(kiritilgan raqamgacha bo‘lgan simvollar).
multiple — element tipi fayl bo‘lganda, bir paytda bir necha fayllar kiritilishi mumkinligini bildiradi.
name — forma elementiga takrorlanmas nom berish, bu nom axborot serverga jo‘natilayotganda ishlatiladi.
readonly — yozuvli elementda ishlatilsa, faqat yozuvni ko‘rish imkonini yaratadi, o‘zgartirib bo‘lmaydi.
size — yozuvli elementlarda(text, password) yozuv yozish mumkin bo‘lgan joyning uzunligini o‘rnatish.
src — tip rasm(type=image) bo‘lgan elementni adresini ko‘rsatish.
tabindex — klaviaturadan nechi marotaba «tab» tugmasi bosilsa, shu elementga o‘tish kerakligini o‘rnatish. Qiymat raqamlardan iborat bo‘ladi.
value — forma elementiga dastlabki qiymatni berish.
Bu tegining asosiy attributlari, html5 da yangi attributlar qo‘shilgan, ular haqida keyinroq. Yuqoridagi kodning natijasi quyidagicha bo‘ladi.
Web saytlarda formalar juda ko‘p joyda ishlatiladi. Misol uchun, registratsiyada, so‘rovlarda, avtorizatsiyada, kommentariyalarda vahakazo. Demak, zamonaviy saytlarni formalarsiz tasavvur qilib bo‘lmas ekan. Maqolamiz aynan shu formalarga bag‘ishlanadi, ya’ni formaga oid teglarga. Html orqali faqat formani tashqi ko‘rinishini qilish mumkin, undagi ma’lumotlarni qayta ishlash veb dasturlash(php, asp,…) orqali amalga oshiriladi.
Formaga tegishli teglar ko‘proq bo‘lgani va ularni tushunish yengilroq bo‘lishi uchun maqolani ikki qismga bo‘ldik.
Demak, dastlabki maqola uchun kodlarni keltiraman.