“FORMATION OF PSYCHOLOGY
AND PEDAGOGY AS
INTERDISCIPLINARY SCIENCES”
[16]
O‘ZBEKISTON KONCHILIK SANOATIDA FOYDALI QAZILMANI MAGAZINLAB
QAZIB OLISHNING QO‘LLANILISHI
Rajabov Shahboz Xolmamat o‘g‘li
Termiz muhandislik-texnologiya instituti assistent
Tel:998(94)515-00-15 E-mail:
shaxbozrajabov515@gmail.com
Meyliyev To‘lqin Meyli o‘g‘li
Termiz muhandislik-texnologiya instituti talabasi
Тел
:998(99)096-57-20 E-mail:
tolqinmeyliyev729@gmail.com
Narziboboyev Anvar Abduxoliq o‘g‘li
Termiz muhandislik-texnologiya instituti talabasi
Tel:998(99)2210122 E-mail:
narziboboyevanvar@gmail.com
Anotatsiya:
Ushbu maqolada,yer qaridagi rudani magazinlab,seliklarni ruda va yondosh jinslarni
qulatish tizimi bilan qazib olish hamda Foydali qazilmalarni burg‘ilash sterjenlar yordamida tog‘ri blok
kazirator ya’niy yuqori tomoni yumshatilib keyinchalik massiv holati bo‘yicha shtreklar o‘tilib to‘g‘ridan
to‘g‘ri shpurlar o‘tilib yuqori tomoni portlatilib qazilmani qazib olish chora tadbirlari o’rganildi.
Kalit so‘zlar:
Konchilik korxonalari,magazinlab qazib olish tizimi,ruda yondosh jinslar, blok
kazirator, seliklar.
Hozirgi kunda yer qaridagi rudani magazinlab, seliklarni ruda va yondosh jinslarni
qulatish tizimi bilan qazib olinadi. Bu tizimni boshqa tizimlardan
farq qiladigan asosiy
xususiyati shundan iboratki, blokdagi qazilgan bo„shliq qazish jarayonida qo„porilgan ruda
massasi bilan to„ldiriladi. Ular massivdagi holatiga nisbatan katta hajmdagi joyni egallaydi.
Shuning uchun qo„porilgan rudaning 30% ga yaqini yuk tashiladigan gorizontdagi shtrekga
chiqarib turiladi, shift bilan qo„porilgan ruda massasi o„rtasidagi balandlik 2 m ga yaqin
bo„shliqdan iborat bo„ladi.
Seliklarni qazib olishni qabul qilingan usullardan mustaqil
ravishda magazinlab
kombinasiyalashtirish tizimining uchta asosiy variantini ko„rsatish mumkin:
-
seliklarni qavat ostida qulatish orqali qazib olish;
-
qavatni o„z og„irlik kuchi ta‟sirida qulatib qazib olish;
- qavatni majburiy qulatib qazib olish mumkin.
Yuqoridagi ikkita variantda seliklar bir necha kameralarni qazib olgandan keyin
magazinlangan rudalar atrofidan chiqarib olinadi. Seliklarni
qavatlab majburiy qulatish
uchun rudani kameradan qisman yoki to„liq chiqariladi. Buning natijasida bu variant avval
ko„rilgan kamerani ochiq kameralardagi qazib olish tizimiga o„xshash tartibda qazib
olinadi. Seliklarni qavatlab majburiy qulatish tizimi variantlarini ko„rib chiqamiz. Bu qazib
olish varianti ozgina o„zrartirish bilan, shvedlarning
“FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS
INTERDISCIPLINARY SCIENCES”
[17]
“Malmberget” rudnigida qo„llanilgan. Bu konni temir rudasi oralig„iga gips bo„laklari
kirib qolgan va yana granit sianiti va pegmatit tomirlari bilan kesishib maxalliy brekchiyni
tashkil qiladi. Buning natijasida ruda mahkam bo„lishiga qaramasdan katta o„lchamli
kameralarni ochiq xolda qazish uchun yetarlicha turg„un emas. Ruda atrofidagi puch tog„
jinslar va rudadan o„tilgan yuk tashuvchi shtreklar har 10 m da ortlar bilan bog„lanadi. Kon
kamera va seliklarga 5 m dan qilib teng bo„linadi. Bir necha kameralarni magazinlab qazib
olgandan keyin seliklarni qazib olishga kirishiladi. Seliklarni
qulatish va rudani chiqarib
olish uchun ikkita asosiy sxemasi mavjud:
Birinchi sxemada seliklar qulatilishdan oldin bir necha kameradagi ruda chiqarib
olinadi (odatda bittasidan chiqaradi) va bir vaqtda kameralararo va shiftdagi seliklar bir
vaqtda portlatiladi shundan so„ng qulatilgan ruda blokdan chiqariladi.