“FORMATION OF PSYCHOLOGY
AND PEDAGOGY AS
INTERDISCIPLINARY SCIENCES”
[18]
Ikkinchi sxemaga asosan seliklarni qazib olish ikki bosqichda davom etadi.
Bu tizim “Malmberget” rudnigida qabul qilingan. Avval kameralardan rudalar chiqarib
olinadi keyin kameralararo selik qulatiladi. Qolgan seliklar kameralardan qulatilgan rudalar
to„liq chiqarib olgunga qadar shiftni ushlab turish uchun qoldiriladi. Shiftdagi va
kameralararo selikni qulatish ikki boskichda amalga oshiriladi.
Qazib olishning bunday
tartibi rudani asosiy qismini sifatsizlanishsiz qazib olishga imkon beradi, lekin birinchi
bosqichga qaraganda rudaning va yondosh jinslarning turg„unligi kattaroq bo„lishi
talab
etiladi.
Rudnikda ikkilamchi maydalash gorizontini qo„llanilmaydi shuning uchun yuqori
quvvatli pnevmatik boshqariladigan zatvorli lyuklardan chiqarib olinadi yoki diametri 3 m
bo„lgan tirqish orqali asosiy yuk tashuvchi shtrekning tagiga tushiriladi. U joydan
vagonetikalarga cho„michli yuklovchi mashinalar bilan maxsus qayta yuklovchi konveyerda
yuklaydi. Foydali qazilamalarning asosan qalin va o„ta qalin
ruda tanasini qazib olishda,
magazinlab qazish tizimi kam qo„llaniladi. Shuning uchun bu tizim ruda tanasi tikka yaqin
joylashib qalinligi 0,5-5 m bo„lgan sharoitda keng ko„lamda qo„llaniladi. Umumiy holatini
olib qaraydigan bo„lsak magazinlab qazib olish tizimida o„ziga hos afzallik holatlari ham
mavjud.
Foydali qazilmalarni burg„ilash sterjenlar yordamida tog„ri blok kazirator ya‟niy
yuqori tomoni yumshatiladi, keyinchalik massiv holati bo„yicha shtreklar o„tilib to„g„ridan
to„g„ri shpurlar o„tilib yuqori tomoni portlatilib qazilmani qazib olinadi.
Magazinlab qazish tizimi ruda
va aralashma jinslar mustahkam, turg„un bo„lgan
holatlarda qo„laniladi. Qo„porilgan ruda zichlashib qolmasligi, oksidlanmasligi va o„z-
o„zidan yonmasligi kerak. Ruda tanasining og„ish burchagi 55-60° dan kam bo„lmasligi
shart. Bu tizim tikka yaqin burchak bilan joylashgan, qalinligi 0,5 m dan 5 m gacha bo„lgan,
tomirli ruda konlarini qazib olishda keng qo„llaniladi. Rudaning qiymati faqat variantlarni
tanlashga ta‟sir etadi: Qimmatbaho rudalarni qazib olishda ularni yo„qotilish miqdorini
kamaytirish uchun qavatlar va bloklar aro saqlovchi butunliklar tirgak mustahkamlagichlar
bilan almashtiriladi. MDH davlatlarida asosan
tomirli konlarni qazib olishda, magazinlab
qazib olish tizimidan foydalanish 50% ni tashkil etadi. Bu tizim,
tomirli konlarni qazib
olishda AQSH, Kanada, Xitoy xalq respublikasi, Germaniya,
Bolgariya va boshqa
mamlakatlarda ham keng tarqalgan qazib olish tizimlaridan biridir.
Texnika xavfsizligini ta‟minlash uchun asosiy chora tadbirlar o„z vaqtida shift va yon
devorlardagi jinslarning ko„chgan bo„laklardan tozalash va magazinlangan rudada bo„shliq
hosil bo„lish ehtimolli haqida ogohlantirishdir. Shiftda ko„chib turgan jinslarni xavfsiz
ko„chirib tushurish uchun shiftdan ruda uyimi yuzasigacha bo„lgan masofa 2,5 m yuqori
bo„lmasligi kerak. Shift jinslarning turg„unligini taminlash
uchun kavjoy shiftiga
gumbazsimon shakl berish kerak. Rudani magazindan chiqrish vaqtida ishchilarning
xavsizligi ta‟minlangan bo„lishi shart. Burg„ulovchilarning kavjoyda harakatlanishi va
ishlash jarayonida bevosita qo„porilgan ruda ustiga solingan yog„och to„shama
ustida
harakatlanish kerak. Bu jarayon ishchilarning ruda orasidagi bo„shliqlarning o„pirilish
“FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS
INTERDISCIPLINARY SCIENCES”
[19]
xavfidan saqlaydi. Rudani blokdan chiqarish jarayonida uning yuzasini nazorat qilish
rudani osilib qolgan joyni aniqlashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: