Ushbu tizim boshqa maktablarda ham tadbiq etiladi O‘quvchining ChSB dagi bali platforma orqali ko‘rsatiladi. Yana bir afzalligi, ota-onalar tomonidan o‘qituvchiga bildiriladigan salbiy e'tirozlarga o‘rin qolmaydi. O‘quv yili boshlanishidan avval barcha ota-onalarga mazkur tizim va uning afzalliklari haqida batafsil ma'lumot berib o‘tganmiz. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Bola har bir darsga tayyorgarlik ko‘rsa-yu, unga o‘qutuvchi tomonidan motivasiya bo‘lmasa? Yoki aytaylik, o‘quvchi dars davomida baholanib borilmasa, ota-ona farzandining bilim saviyasi qay darajada ekanligini qanday bilishi mumkin? Maktabda elektron jurnal yuritiladi. Unda mavzu yuzasidan ma'lumot va taqdimotlar, dars jadvali joylashtirib boriladi. Har bir o‘quvchi uchun login-parol beriladi. Darsda faol qatnashgan o‘quvchi uchun A, B, K darajadagi fidbek beriladi. Bularning barchasi ota-ona uchun farzandining darslardagi faolligidan xabardor bo‘lishi, o‘quvchini esa yanada faolroq bo‘lishga undaydi.
BSB ishlari faqatgina savol-javob yoki test ko‘rinishida bo‘lmay, laboratoriya ishlari, fan doirasida yaratilgan loyiha ishi, yozma va amaliy ish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi kunda Abdulla Qodiriy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, Formativ va Summativ baholashni ballarda taqsimlanishini qayta ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish, BSB larda beriluvchi instrumentlarni ko‘rib chiqish va kriteriyalar asosida to‘liq yozib chiqish borasida ish boshlash rejalashtirilgan. Ushbu tizimni boshqa maktablarda ham tatbiq etish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.