Formativ baholash ta'rifi Summativ baholash ta'rifi


Baholash tizimida inson omili minimallashtiriladi



Yüklə 27,92 Kb.
səhifə3/5
tarix24.02.2023
ölçüsü27,92 Kb.
#85367
1   2   3   4   5
Baholash tizimida inson omili minimallashtiriladi
Ma'lumki, Prezident ta'lim muassasalari agentligi 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan maktablardagi fanlar uchun ta'lim standartlarini takomillashtirish, yangi ta'lim standartlarini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda. Joriy yilga qadar matematika, informatika, fizika, ingliz tili hamda kimyo-biologiya fanlaridan ta'lim dasturlari qayta ishlandi va takomillashtirildi. Shu mavzuda ma'lumot olish uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi maktab Maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilrabo Davidovaga murojaat qildik.
Yangi baholash tizimini joriy qilish vaziyat taqozosi
Bugungi kunga kelib yangi o‘quv yili boshlanishidan avval Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan tayyor o‘quv dasturi bosqichma-bosqich tajriba-sinov muddatiga qo‘yiladi. Bu dasturni tajriba-sinov muddatida haqqoniy va shaffof o‘tkazish uchun yangi baholash tizimini joriy qilish vaziyat taqozosiga aylandi. Xuddi shu tartibda, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Prezident ta'lim muassasalari agentligi boshchiligida Muhammad al Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi tomonidan yangi ishlab chiqilgan baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida amaliyotga tadbiq etilmoqda. Bugungi kunga kelib, barcha fanlardan dasturlar ilmiy kengash taqdig‘idan o‘tib, bosqichma-bosqich tajriba-sinov sifatida o‘quv jarayoniga olib kirilmoqda. Al Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida ham baholash tizimi yuqorida aytib o‘tilgan tartibda ishlamoqda. Yangi o‘quv yilidan boshlab mazkur maktab ham yangi baholash tizimiga o‘tdi. Biz ushbu tizimni Summativ yoki yangi baholash tizimi deb atayotgan bo‘lsak-da, aytib o‘tish joizki, bu tizimni biz kashf etmaganmiz. Mazkur tizim joriy qilinishdan oldin, ko‘plab xalqaro tajribalar, xususan Yevropa, Osiyo hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, shu bilan bir qatorda Rossiya, Turkiya kabi davlatlarning hamda Kembrij dasturining baholash tizimi bilan yaqindan tanishib chiqdik.
Baholash eng avvalo obyektiv, aniq, barcha uchun qulay va ishonarli bo‘lishi shart

An'anaviy (eski) baholash tizimida ob'ektivlik eng katta muammolardan biri bo‘lib kelgan. Bunga sabab, tizimning deyarli 90 foizi inson omiliga asoslangan edi. Ya'ni, o‘quvchi bilimiga beriladigan baho birgina o‘qituvchining munosabatidan kelib chiqib belgilangan. Mazkur baholash tizimida esa, inson omilini imkon darajasida minimallashtirish ko‘zda tutiladi.


Baholash tizimi ikki turga - Summativ va Formativ baholash tizimiga bo‘linadi. 

Summativ baholash - ma'lum davrda yoki ma'lum bob yuzasidan berilgan bilimlarning darajasini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Ya'ni, bunda o‘qituvchi muayyan miqdorda mavzularni qamrab olgan bobni o‘quvchiga yetkazib bergach, o‘quvchilarning ushbu bob yuzasidan olgan bilimlari aniqlanadi. Eski baholash tizimida bu Nazorat ishi ko‘rinishida mavjud bo‘lgan. 

Formativ baholash - o‘quvchi dars jarayonida baholanib borilaveradi. Mazkur baholash tizimining asl mohiyati, u o‘quvchi bilimini emas, o‘qituvchi o‘zining darsini baholashi va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi maqsadida joriy qilingan. Afsuski, bizda buning aksini ko‘rishimiz mumkin. Bizda bu tizimda o‘quvchining bilimi baholanganligini ko‘rishimiz mumkin. Xalqaro tajribalarga nazar soladigan bo‘lsak, formativ baholash rasmiy maqomga ega emas. Unda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga turli maqtov so‘zlari orqali ruhlantirish beriladi, biroq shu bilan bir qatorda o‘qituvchi o‘quvchining ishtiroki orqali darsni qay darajada yetkazib bera olganini analiz qiladi. O‘tgan darsda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar e'tiborga olinadi. 

Yuqorida aytganimizdek, an'anaviy baholash jarayonida formativ baholash tizimi umuman boshqa mazmun-mohiyat kasb etib kelmoqda. Aynan mana shu noto‘g‘ri talqin qilingan tizim tufayli, ta'lim samaradorligini o‘quvchining o‘zlashtirish darajasini, umumiy o‘quvchilarning o‘zlashtirgan darajasiga qarab baholab kelganmiz. Oddiy tilda tushuntiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi sinfga kirib mavzu o‘tishni boshlaydi. Bilamizki, bola psixologiyasida bolaning o‘ta kuzatuvchan bo‘lishi tasdiqlangan. O‘quvchi ham o‘qituvchining dars o‘tish texnikasi va psixologiyasidan boxabar bo‘lgach, yetarlicha bilimga ega bo‘lmay turib ham dars jarayonida faollik ko‘rsatgisi va shu orqali o‘qituvchining e'tiborini tortgisi keladi. O‘qituvchilar esa bolada bilim saviyasi qay darajada ekanligidan qat'iy nazar uning dars jarayonidagi faolligini hisobga olib, unga yuqori baho qo‘yishga harakat qiladi. Aynan nazorat ishlari paytida esa dars davomida doim yuqori baho olib kelgan o‘quvchining bilim saviyasi yuzaga chiqadi.


Summativ tizimda esa, bola o‘qishda davom etadi, faqat o‘qituvchi tomonidan kundalik baholanmaydi. O‘quvchi muayyan bobni yakunlagandan keyin, o‘quvchi qanday bilimlarga ega bo‘lishi kerakligi, bolada qanday ko‘nikma va tajriba shakllanishi lozimligi haqidagi savol o‘rtaga tashlanib, shunga mos tarzda topshiriq ishlab chiqiladi. Aynan shundagina har bir o‘quvchiga nisbatan munosabat bir xil bo‘ladi. Baholashda ob'ektivlik yuzaga keladi.

Yüklə 27,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin