4Р + 3KOH + 3Н2О → РН3 + 3KН2РО2 Qaytaruvchilik xususiyatlari Kuchli oksidlovchi fosforni fosforat kislotaga aylantiradi:
3P + 5HNO3 + 2H2O → 3H3PO4 + 5NO 2P + 5H2SO4 → 2H3PO4 + 5SO2 + 2H2O Fosforning qaytaruvchi xossasi gugurtning yonish vaqtida hom sodir bo’ladi:
6P + 5KClO3 → 5KCl + 3P2O5 Fosfor birikmalarining biologik ro’li
Fosfor tirik hujayralarda orto- va pirofosforik kislotalar shaklida mavjud bo’lib, u nukleotidlar, nuklein kislotalar, fosfoproteidlar, fosfolipidlar, kofermentlar va fermentlarning bir qismidir. Inson suyaklari 3Ca3(PO4)2 · Ca(OH)2 gidroksilapatitdan iborat. Tish emalining tarkibi ftorrapatitdan hosil bo’lgan. Inson va hayvonlarda fosfor birikmalarining almashinuvlarda asosiy rolni jigar bajaradi. Fosforli birikmalar almashinuvi gormonlar va D vitamini bilan tartibga solinadi.
Fosforga bo’lgan kunlik talab:
kattalar uchun 1,0-2,0 g;
homilador va emizikli ayollar uchun 3-3,8 g;
bolalar va o’spirinlar uchun 1,5-2,5 g
Katta jismoniy kuch bilan ishlaganda fosforga bo’lgan ehtiyoj 1,5-2 baravar ko’payadi.
Fosforni kaltsiy bilan birga 3: 2 (P: Ca) nisbatida olishda assimilyatsiya yanada samarali bo’ladi.
Fosfor elementining toksikologiyasi
Qizil fosfor deyarli toksik emas. Qizil fosforning changlaari o’pka ichiga kirsa surunkali ta’sir ostida pnevmoniyaga olib keladi.
Oq fosfor juda zaharli, u lipidlarda eriydi. Oq fosforning o’ldiradigan dozasi — 50-150 mg. Teriga tushsa og’ir kuyishlar beradi.