Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish
30
Polimeriya
Polimeriyada bir-biriga allel bo‘lmagan genlar bir yo‘nalishda belgiga ta’sir ko‘rsatib uni
rivojlantiradi. Polimer irsiylanish kumulativ va nokumulativ polimeriyaga ajratiladi. Kumulativ
polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo‘yicha nisbat 1:4:6:4:1 bo‘ladi.
Odamlarda teri rangining
irsiylanishini olish mumkin, bu belgi ikki juft noallel genning
kumulativ ta’siriga bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Nokumulativ polimeriyada genotipda polimer
genlardan birorta dominant alleli bo‘lsa ham belgi yuzaga chiqaveradi. Dominant allellar soni
belgining yuzaga chiqish darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Nokumulativ
polimeriyada ikki juft
noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo‘yicha nisbat 15:1 bo‘ladi. Masalan, jag‘-jag‘ o‘simligida
qo‘zoqcha mevasi uchburchak va tuxumsimon shaklda bo‘ladi. Agar qo‘zoqchasi uchburchak
jag‘-jag‘ bilan qo‘zoqchasi tuxumsimon shakldagi jag‘-jag‘ chatishtirilsa, F1 avlodda qo‘zoqcha
mevalarning uchburchak shakli hosil bo‘ladi, F2 duragaylarining 15/16 qismi uchburchak, 1/16
qismi esa tuxumsimon shakldagi mevaga ega bo‘ladi.
1.O‘simliklar bo‘yining baland yoki past bo‘lishi bir necha dominant genlarning polimer ta’siriga
bog‘liq. Masalan, jo‘xori o‘simligida o‘simlik bo‘yining 120 sm atrofida bo‘lishi AABB genotipga
va 40 sm atrofida bo‘lishi aabb genotipga bog‘liq. Agar o‘simlikning bo‘yi genotipdagi
dominant genlarning soniga bog‘liq bo‘lsa, digeterozigota organizmlar chatishtirilishidan hosil
bo`lgan o‘simliklarning ichida eng baland bo‘ylilar umumiy o`simliklarning necha foizini tashkil
etadi?
Yechish:
AABB genotipli organizm 120 cm bo`lsa, har bir dominant gen 120/4=30
cm uzunlik hosil
qiladi. aabb genotipli organism esa 40 cm bo`lib, har bir retsessiv gen hissasiga 40/4=10 cm
dan to`g`ri keladi. Misol uchun, AAbb da 2 ta dominant gen va 2
ta retsessiv gen mavjudligi
uchun, 30+30+10+10=60 cm bo`ladi.
Yuqoridagi masalada kumulativ irsiylanish kuzatilganini bilgan holda, digeterozigota
organizmlarni o`zaro chatishtiramiz:
P
AaBb x AaBb
Dostları ilə paylaş: