Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#207133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Genetika kitobi @BioCoderR

A)
 
A va a
B) a C) A D) AA va aa
Yechish: 
Gomozigota sariq – AA. gomozigota deyilgani uchun 2 ta bir xil A harfidan foydalaniladi.
Yashil – retsessiv belgi deyilgani uchun kichik harflar bilan shartli belgilash kiritamiz ya`ni, 
aa 
tarzda. 
Yuqoridagi 2 xil belgilashlar ota-onaning 
genotipi
deb ataladi, ularning belgi xossalari esa, 
fenotip 
deyiladi. Misol uchun, bu yerda AA genotipli no`xat doni sariq, aa genotipli no`xatniki 
esa, yashil bo`ladi. Sariq yoki yashilligini 
fenotip
deb ataymiz. 
Eslatma: monoduragay chatishtirishda gameta hech qachon 2 ta harfdan iborat bo`lmaydi. 
P AA x aa ko`rinishida yozib olamiz hamda bundan gameta olamiz: 
“AA” dan “A” ni; “aa” dan esa, “a” ni gameta sifatida ajratib olamiz. Bu yerdagi ota va ona 
organizmlarning genotiplari faqatgina bir xil harflardan iboratligi uchun(AA yoki aa), bir 
donadan gameta olish kifoya(A yoki a). 
Demak, javob: A va a
 
2.No`xatning sariq geterozigota va yashil donli formalaridan qanday gametalar olinadi? Izoh: 
no`xatda donning sariqligi dominant(B), yashilligi retsessiv(b). 
A)
B va b
 B) B,b va b
C) b va b D) B va B 
Yechish: sariq forma geterozigota bo`lgani uchun, Bb tarzda, yashilni esa avvalgi masaladagidek 
bb genotip orqali ifodalaymiz.
Bundan P Bb x bb holati aks etadi. 
Bb genotipda 2 xil harf bo`lganligi sababli, ularning har biri alohida gameta bo`ladi ya`ni, B va b 
gametalar. “bb” genotipdan esa doimgidek “b” gameta hosil bo`ladi. Demak javob, B,b va b 
Eslatma: Berilgan belgilarga ixtiyoriy harflar orqali shartli belgilash kiritib olish mumkin. Katta 
harflar har doim birinchi yoziladi. 
 
 
 
Mustaqil yechish uchun: 
1.No`xatning silliq gomozigota va burishgan donli formalaridan qanday gametalar olinadi? 
Izoh: no`xatda donning silliqligi dominant(B), burishganligi retsessiv(b).
A)
B va B
B) B va b 
C) B,b va b
2.No`xatning silliq geterozigota va burishgan donli formalaridan qanday gametalar olinadi? 
Izoh: no`xatda donning silliqligi dominant(B), burishganligi retsessiv(b).
A)
B va B B) B va b

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin