Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#207133
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
Genetika kitobi @BioCoderR

 
 
 
 


Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish 
30 
 
Polimeriya 
Polimeriyada bir-biriga allel bo‘lmagan genlar bir yo‘nalishda belgiga ta’sir ko‘rsatib uni 
rivojlantiradi. Polimer irsiylanish kumulativ va nokumulativ polimeriyaga ajratiladi. Kumulativ 
polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo‘yicha nisbat 1:4:6:4:1 bo‘ladi. 
Odamlarda teri rangining irsiylanishini olish mumkin, bu belgi ikki juft noallel genning 
kumulativ ta’siriga bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Nokumulativ polimeriyada genotipda polimer 
genlardan birorta dominant alleli bo‘lsa ham belgi yuzaga chiqaveradi. Dominant allellar soni 
belgining yuzaga chiqish darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Nokumulativ polimeriyada ikki juft 
noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo‘yicha nisbat 15:1 bo‘ladi. Masalan, jag‘-jag‘ o‘simligida 
qo‘zoqcha mevasi uchburchak va tuxumsimon shaklda bo‘ladi. Agar qo‘zoqchasi uchburchak 
jag‘-jag‘ bilan qo‘zoqchasi tuxumsimon shakldagi jag‘-jag‘ chatishtirilsa, F1 avlodda qo‘zoqcha 
mevalarning uchburchak shakli hosil bo‘ladi, F2 duragaylarining 15/16 qismi uchburchak, 1/16 
qismi esa tuxumsimon shakldagi mevaga ega bo‘ladi. 
1.O‘simliklar bo‘yining baland yoki past bo‘lishi bir necha dominant genlarning polimer ta’siriga 
bog‘liq. Masalan, jo‘xori o‘simligida o‘simlik bo‘yining 120 sm atrofida bo‘lishi AABB genotipga 
va 40 sm atrofida bo‘lishi aabb genotipga bog‘liq. Agar o‘simlikning bo‘yi genotipdagi 
dominant genlarning soniga bog‘liq bo‘lsa, digeterozigota organizmlar chatishtirilishidan hosil 
bo`lgan o‘simliklarning ichida eng baland bo‘ylilar umumiy o`simliklarning necha foizini tashkil 
etadi? 
Yechish: 
AABB genotipli organizm 120 cm bo`lsa, har bir dominant gen 120/4=30 cm uzunlik hosil 
qiladi. aabb genotipli organism esa 40 cm bo`lib, har bir retsessiv gen hissasiga 40/4=10 cm 
dan to`g`ri keladi. Misol uchun, AAbb da 2 ta dominant gen va 2 ta retsessiv gen mavjudligi 
uchun, 30+30+10+10=60 cm bo`ladi.
Yuqoridagi masalada kumulativ irsiylanish kuzatilganini bilgan holda, digeterozigota 
organizmlarni o`zaro chatishtiramiz: 
P AaBb x AaBb 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin