Fotoelektron fes va rentgen elektron res spektirskopiyalar ppt



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə2/2
tarix13.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#129439
1   2
FOTOELEKTRON FES VA RENTGEN ELEKTRON RES SPEKTIRSKOPIYALAR PPT

Ichki fotoeffekt. Yarimo‘tkazgichlar yorug‘lik nuri bilan nurlantirilganda kuchsiz bog‘langan elektronlar fotonlarni yutib, erkin elektron holiga o‘tadi. Bunda yarimo‘tkazgichlarda erkin zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi hamda yarimo‘tkazgichning elektr o‘tkazuvchanligi ortadi.
  • Yarimo‘tkazgichlarga nur ta’sir etishi natijasida unda erkin zaryad tashuvchilarning hosil bo‘lishiga ichki fotoeffekt deyiladi.
  • Nur ta’sir etish natijasida yarimo‘tkazgichlarda hosil qilingan qo‘shimcha elektr o‘tkazuvchanlik fotoo‘tkazuvchanlik deyiladi. Bu esa fotoqarshiliklarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
  • Fotoqarshilik – bu o‘tkazuvchanligi yorug‘lik ta’sirida o‘zgaradigan qarshiliklar bo‘lib, uni radiotexnikada fotorezistorlar deb ataladi.
  • Fotonlar. Yorug‘likning kvant nazariyasiga binoan modda yorug‘lik nurini yutishda va nurlashda yorug‘lik o‘zini zarralar oqimi kabi namoyon qiladi. Yorug‘likning bu zarrasi fotonlar yoki yorug‘lik kvantlari deyiladi. Fotonning energiyasi E=hv ga teng.
  • Foton vakuumda yorug‘lik tezligi c bilan harakatlanadi. Foton tinchlikda massaga ega emas, ya’ni m0 = 0. Nisbiylik nazariyasidagi E=mc2 dan foydalanib fotonning harakatdagi massasini aniqlash mumkin:
  • Yorug‘likni zarralar – fotonlar oqimidan iborat deb qarash korpuskulyar nazariya bo‘lib, bunda Nyuton mexanikasiga qaytish bo‘ldi, deyish mumkin emas. Uning harakat qonunlari kvant mexanikasining qonunlariga bo‘ysunadi. XX asrning boshiga kelib, yorug‘lik ikki xil tabiatga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yorug‘lik tarqalishida uning to‘lqin xossalari (interferensiya, difraksiya, qutblanish) va moddalar bilan ta’sirlashganda (fotoeffekt, yorug‘lik bosimi va b.) korpuskulyar – zarra xossalari namoyon bo‘ladi. Bu xossalar zarra – to‘lqin dualizmi deb atala boshlandi.
  • Keyinchalik fanda elektronlar, protonlar, neytronlar oqimlari ham to‘lqin xossaga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shu asosda moddaning yorug‘likni nurlantirishi va yutishi, chiziqli spektrlar, fotoeffekt hodisasi, yorug‘lik bosimi va boshqa jarayonlar tushuntirib berildi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin