66
bu yerda:
F
s
–
foyda solig‘i summasi;
S
s
–
foyda solig‘i
stavkasi.
Hisobot (soliq) davrining yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan
mustaqil ravishda aniqlanadi.
Hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq davrining boshidan oshib boruvchi
yakun bilan, soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo‘lgan foizlardagi ulushi sifatida
hisoblab
chiqariladi.
Soliq to‘lovchi foyda solig‘ini yoki chet davlatda to‘langan
daromadlardan olinadigan
xuddi shunday turdagi to‘langan soliqni hisobga o‘tkazish yo‘li bilan soliq summasini
kamaytirishga haqli.
S
oliq hisoboti barcha soliq to‘lovchilar tomonidan har bir hisobot va soliq davri o‘tganidan
keyin soliq bo‘yicha hisobda turgan joyidagi soliq organiga taqdim etiladi.
Soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha
- hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan
kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari bo‘yicha
-
soliq davri o‘tgandan
keyingi yilning
1 martidan
kechiktirmay.
S
oliqni to‘lash hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha, tegishli hisobot (soliq) davri uchun
soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga
olingan holda 5
milliard so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar hisoblab
chiqarilgan har oylik
bo‘nak to‘lovlarini his
obot davri har bir oyining 23
kunidan kechiktirmay to‘laydi.
Har oylik bo’nak to’lovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda soliq to’lovchi kelgusi chorak birinchi oyining 15 sanasidan kechiktirmay joriy chorakda
kutilayo
tgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo’nak to’lovlari summasi to’g’risida soliq
organlariga ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Kutilayotgan foyda summasi asossiz
kamaytirib ko’rsatilgan taqdirda soliq organlari soliq to’lovchilar
tomonidan taqd
im etiladigan
soliq bo’yicha bo’nak to’lovlari summasi to’g’risidagi ma’lumotnomaga o’zgartirishlar kiritishga
haqli.
Jami yillik daromadning miqdoridan qat’i nazar, soliq hisobotini soliq bo‘yicha faqat soliq
davri yakunlari yuzasidan
taqdim etuvchi soli
q to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini
to‘lamaydi.
Soliq to‘lovchi tugatilganda soliq tugatish yakunlanguniga qadar to‘lanishi lozim.
Nazorat savollari
1.
Foyda solig‘i O‘zbekistonda qachon joriy qilingan?
2.
F
oyda solig‘i to‘lovchilar
i kimlar?
3.
Rezident va norezident yuridik shaxslar kimlar?
4.
F
oyda solig‘ining ob’yekti va bazasi qanday aniqlanadi?
5.
F
oyda solig‘i hisobotlarini topshirish va soliqni to‘lash tartibi qanday belgilangan?