Foydalanilgan adabiyotlar Jahonda va o’zbekistonda basketbolning rivojlanish tarixi



Yüklə 20,67 Kb.
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü20,67 Kb.
#158943
  1   2   3   4
BASKETBOL O\'YINING O\'ZBEKISTON JISMONIY TARBIYA QISMIDA TUTGAN O\'RNI


BASKETBOL O'YINING O'ZBEKISTON JISMONIY TARBIYA QISMIDA TUTGAN O'RNI
Reja:
1. Jahonda va o’zbekistonda basketbolning rivojlanish tarixi
2. O’zbekistonda basketbolning rivojlanishi
3. Mustaqillikdan kеyin rеspublikamizda baskеtbolning rivojlanishi
Foydalanilgan adabiyotlar


1. Jahonda va o’zbekistonda basketbolning rivojlanish tarixi
Hozirgi zamon basketbol o’yinining rivojlanish tarixi 1891 yilning dekabr oyidan boshlangan. Sprigfild shahridagi (AQSh, Massachusest shtati) xristian - ishchilar maktabi (hozirgi Springfild kolledji)ning anatomiya va fiziologiya o’qituvchisi doktor Jeyms A.Neysmit talabalarning qish faslidagi jismoniy mashg’ulotlarini bir qator jonlantirishga qaror qildi. Neysmit tomonidan ijro qilingan o’yinning dastlabki varianti beshta asosiy shartdan va 13 ta asosiy qoidalardan iborat bo’lgan o’sha o’yinning dastlabki qoidalari 1892 yil 15 yanvarda “Uchburchak” (“Triugolnik”) degan gazeta sahifalarida bosilib chiqadi. Neysmit yangi o’yin uchun futbol to’pini tanlaydi, chunki bu to’pni qo’l bilan ilib olish oson bo’lib, uni oshirish qiyin hamda erga urilgan vaqtda to’p erdan doimo yuqoriga otilib o’ynashi unga ma’qul bo’lgan. Bunday o’yinning avj olishi hozirgi zamon basketbol ishqibozlarini hayron qoldirishi mumkin (aytmoqchi, o’sha zamonlarda ham o’yinning nomi xuddi hozirgi singari: “basketbol” deb yozilgan). Neysmit shaftoli terishga mo’ljallangan savatchani zal ichidagi balkonga o’rnatib qo’ygan, savatchaning yonidagi narvon ustida farrosh o’tirgan.
Uning vazifasi muvvafaqiyatli tashlangan va savatchaga tushirilgan to’pni savatcha ichidan olib, pastga o’yinchilarga uzatib turishdan iborat bo’lgan. 1891 yil 21 dekabrda Springfild kolledjining gimnastika zalida basketbol bo’yicha birinchi match o’tkaziladi. Matbaa manbalari bu o’yinning uch xil tug’ilish sanasini qayd etadilar: 1891 yil 21 dekabr, 1892 yilning 15 va 20 yanvari. “O’yin yaratuvchi”ning ta’kidlanishiga esa birinchi uchrashuv 1891 yilning “rojdestvo” bayrami oldidan o’tkazilgan ekan. Guruhda 18 kishi bor edi. Shuning uchun o’yinda har biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. O’yin ko’pchilikka shu qadar ma’qul bo’ldiki, tez orada o’yin qoidasidan nusxa ko’chirib berishni so’rab Neysmitni xoli-joniga qo’yishmadi. Keyinroq, 1892 yilda u o’z o’yinining birinchi “Qoidalar kitobi”ni nashr ettirdi. Unda 13 ta asosiy band bo’lib, ularning ko’pchiligi bizning hozirgi kunlarimizda ham amal qilmoqda. Prinstip jihatdan u “Qoidalar”ning hozirgilaridan farqi to’pni “olib yurish” qoidalari deb hisoblash mumkin.
Neysmit o’yinda ishtirok etuvchilar sonini qat’iy ravishda cheklab qo’ymagan. Uning ta’rificha, o’yinda uch kishidan boshlab 40 kishigacha qatnashishiga ruxsat berilgan. Holbuki, eng maqbul mezon har jamoada 9 kishi bo’lishi edi. Futbol o’yinidan nusxa ko’chirib o’yinchilarni uchta xujumchiga uchta ximoyachiga ajratib qo’yilgan edi. Ularga faqat o’z “zonalarida” o’ynashga ruxsat berilgan edi. 1892 yil 11 martda mana shu qoidalar asosida birinchi marta tomoshabinlar xuzurida o’yin o’tkazilib, uni tomosha qilish uchun 200 kishi to’plandi.
Talabalar o’z o’qituvchilari bilan o’ynaydilar va 5:1 hisobida g’olib chiqtilar. Shunday keyin o’yin keng miqyosida rivojlanib ketdi va xuddi 1892 yilning o’zida Meksikada ham basketbol o’ynala boshladi. Oradan biroz vaqt o’tgach Lyu Allen Xartford shahrida noqo’lay savatchalarni - shaftoli terishga mo’ljallangan ushbu savatlarni simdan to’qilgan silindr shaklidagi og’ir savatchalar bilan almashtirdi. O’yin yildan-yilga rivojlanib borib, uning qoidalari ham ancha takomillashtirildi. Chunonchi, 1893 yilda birinchi marta o’chitga tegib qaytadigan va to’pni tomoshabinlar orasiga borib tushishdan saqlaydigan qurilma va unga to’r xalta biriktirilgan temir halqa o’rnatildi. Shitning kattaligi 3,6x1,8 m bo’lgan. Oradan bir yil o’tgach, to’pning kattaligi oshirilib aylanasining uzunligi 30-32 dyuymga (76,2- 81,8 sm)ga etkazildi. 1895 yilga kelib o’yin qoidalariga jarima to’pi tashlash kiritildi. Jarima to’pi 15 fut (5,25 sm) masofadan turib tashlanar edi. Oradan ko’p o’tmay savatcha hozirgi zamon shaklini oladi, lekin shit esa o’zining hozirgi kattaligiga 1895 yilda erishadi. Ayni maxalda shitni oq rangga bo’yab qo’yganlar, 1909 yilga kelib esa shitni yaltiroq plastinadan tayyorlay boshlaganlar. Maydonda to’pni olib yurish qoidasi 1896 yilda kiritilgan.
To’pni tortib olish ham unga qiyin emas edi. Oradan uch yil o’tgach, basketbolda foydalanilayotgan futbol to’pi maxsus tarzda tayyorlangan basketbol to’piga almashtirildi. O’yin texnikasining tez takomillashishi va o’yinchilar harakatchanligining ortib borishi shunga olib keldiki, 1896 yilda jamoalar tarkibini 5,7 yoki 9 o’yinchi bilan cheklab qo’yish to’g’risida bir bitimga kelishildi. O’yinda necha kishilik jamoa ishtirok etishi o’yin maydonining kattaligiga bog’liq bo’lgan.



Yüklə 20,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin