ONA TILI (15 TA) Berilgan gaplar ichidan imlo qoidalariga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan javobni aniqlang.
A) Uning dadasi farg‘ona kanali qurilishida hissasini qo‘shgan. B) Kindik qoning to‘kilgan yer vataningdir. C) O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tilidir. D) Anjumanda koreya, yaponiya, xitoy kabi davlatlardan vakillar tashrif buyurishdi.
Qo‘shma so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
A) shakli bir xil, ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar B) shakli har xil, ma’nosi bir xil bo‘lgan so‘zlar C) bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli so‘zlarning birgalikda yozilishi D) ikki va undan ortiq so‘zlarning qo‘shib yozilishi
Nuqtalar o‘rniga kerakli tinish belgini qo‘ying. Sayohatga dadam, oyim, akam … barcha oilamiz a’zolari borishdi.
A) vergul B) nuqtali vergul C) tire D) ikki nuqta
So‘zlar necha xil usulda bir-biriga bog‘lanadi?
A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) 5 xil
Qaysi so‘roq yuklamasi so‘zga qo‘shib yoziladi?
A) -a B) -ya C) -chi D) -mi
Berilgan gaplar orasida o‘timli fe’llar sonini toping. charaqladi, oldi, yugurdi, o‘yladi, yozdi, chaqirdi, ochildi.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
Birgalik nisbat qo‘shimchasini aniqlang.
A) -mtir, -imtir B) -dir, -tir C) -(i)n, -(i)l D) -(i)sh
Bobom bu nihollarning barini ko‘kartirib, parvarish qilganlar. Ushbu gapdagi orttirma nisbatdagi fe’lni aniqlang.
A) parvarish qilganlar B) ko‘kartirib C) parvarish D) nihollarning
Fe’lning o‘zlik nisbat shakli qo‘shimchalarini aniqlang.
A) -n, -in, -l, -il B) -sh, -ish C) -gaz, -kaz D) -ar, -ir
Turli gap bo‘laklari vazifasida kelishga xoslangan fe’l shakllari qanday ataladi?
A) nisbat shakllari B) vazifa shakllari C) munosabat shakllari D) zamon shakllari
Ushbu gapdagi o‘zlik olmoshi qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan: U o‘zi haqida batafsil ma’lumot bera boshladi.
A) ega B) to‘ldiruvchi C) kesim D) hol
Har qanday holatda ham Vataningga sodiq bo‘l! Ushbu gapda olmoshning qaysi ma’noviy turi ishtirok etgan?
A) so‘roq olmoshi B) gumon olmoshi C) belgilash olmoshi D) ko‘rsatish olmoshi
Biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo‘lmaymiz ham! Berilgan gapda olmoshning qaysi ma’noviy turi qatnashgan?
A) gumon olmoshi B) bo‘lishsizlik olmoshi C) ko‘rsatish olmoshi D) belgilash olmoshi
Barcha mustaqil so‘z turkumlari, so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashinib qo‘llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar qanday ataladi?
A) ot B) sifat C) olmosh D) ravish
Ba’zi ko‘rsatish olmoshlariga egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shilganda qaysi tovush ortishi kuzatiladi?
A) “t” B) “n” C) “I” D) “y”