OʻZBEKISTON TARIXI (15 TA) Kidariylar va Sosoniylar o‘rtasida qachon to‘qnashuv sodir bo‘lgan?
A) 457-yilda B) 353-yilda C) 476-yilda D) 456-yilda
Quyidagi hududlardan qaysilari G‘arbiy Turk xoqonligi tomonidan idora etilganini aniqlang.
1) Janubiy Sibir; 2) Yettisuv; 3) Sirdaryo; 4) Urxun havzasi; 5) Sharqiy Turkiston.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 5 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 5
Quyidagilardan qaysilari ilk o‘rta asrkarda Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lganini aniqlang.
1) yahudiylik; 2) shomonlik; 3) islom; 4) moniylik; 5) nasroniylik.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 5 C) 1, 4, 5 D) 2, 4, 5
720-yilda arablarga qarshi ko‘targan G‘urak kim bo‘lgan?
A) Panjkent hokimi B) Samarqand hokimi C) Afrosiyob hokimi D) Sug‘d ixshidi
… va uning avlodlari o‘zlarining kelib chiqishini ota tomonidan Muhammad payg‘ambar avlodlariga, ona tomonidan esa Chingizxon va Jo‘jiga bog‘lar edilar. Yuqoridagi ma'lumotlar kimga tegishli?
A) Muhammad Islom B) Muhammad Haydar C) Muhammad Mazid D) Muhammad Tarxon
Ashtarxoniy Subhonqulixon Balxni qaysi shahar hokimiga alohida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi?
A) Miyonqol hokimiga B) Kesh hokimiga C) Badaxshon hokimiga D) Samarqand hokimiga
XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo xonliklari qanday mamlakatlar edi?
A) postindustrial B) agrar C) industrial D) agroindustrial
1819-yilda Mirxondning “Ravzat us-safo” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni boshlagan shaxs kim?
A) Ogahiy B) Munis C) Muhammad Solih D) Mulla Olim Mahmudov
Rossiya imperiyasining Buxoro amirligiga hujumi davrida Kitob hokimi kim edi?
A) Jo‘rabek B) Iso Avliyo C) Hojibek D) Bobobek
O‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba ...
A) “Avesto” B) Behistun qoyalari bitiklari C) Gerodotning “Tarix” asari D) Strabonning “Geografiya” asari
Afrosiyob shahar xarobalari hozirgi Samarqandning qaysi chekkasida joylashgan.
A) g‘arbiy B) shimoliy C) sharqiy D) janubiy
Toshkentda “To‘rt hokimlik davri” qachon tugatildi?
A) 1723-y B) 1810-y C) 1784-y D) 1758-y
Vatan ravnaqi uchun kurashgan Ochilbek qaysi shahar atrofida bo‘lgan jangda halok bo‘lgan?
A) Ko‘lob B) Urgut C) O‘zgan D) Kitob
Qachon O‘zbekiston SSRda “Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi” tuzildi?
A) 1929-yil, noyabrda B) 1930-yil, martda C) 1925-yil, 3-martda D) 1932-yil, martda
Bronza davriga oid respublikamiz hududidagi Muzrabod tumanidan qaysi manzilgoh topilgan edi?
A) Zamonbobo manzilgohi B) Jarqo‘ton manzilgohi C) Sopollitepa manzilgohi D) Seleng‘ur manzilgohi