Foydalanilgan adabiyotlar royhati


Risk konsepsiyasi va uni vujudga keltiruvchi omillar



Yüklə 215,43 Kb.
səhifə6/14
tarix21.05.2023
ölçüsü215,43 Kb.
#118464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Foydalanilgan adabiyotlar royhati

3.Risk konsepsiyasi va uni vujudga keltiruvchi omillar

Risk darajasi kompaniya faoliyati bilan bog‘liq va unga aloqasi bo‘lmagan ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi. Risk vujudga keltiradigan omillar muayyan risklarga tanlab ta’sir ko‘rsatishi ham, butun bir risk guruhlariga kompleksli ta’sir etishi ham mumkin. Integral ta’sir ko‘rsatuvchi risk vujudga keltiradigan omillarning mavjudligi risklarni kompleksli tadqiq etish metodologiyasini ishlab chiqishni talab qiladi. Noaniqlik sharoitlarida har qanday faoliyat bu faoliyatga mos keladigan faoliyat turlari bilan tavsiflanadi. Mavjud risklar xilma-xil bo‘lib, ularni ko‘plab toifalarga ajratish mumkin. Risk tushunchasining serqirraligi muayyan faoliyat turining o‘ziga xos xususiyatlarini ham, bu faoliyat amalga oshirilayotgan sharoitlarda noaniqlikning o‘ziga xos jihatlarini ham tavsiflaydigan omillar xilma- xilligi bilan izohlanadi. Bunday omillarni risk vujudga keltiradigan omillar deb atash qabul qilingan bo‘lib, bu yerda u yoki bu riskning vujudga kelishiga xizmat qiladigan yoki uning xarakteriga ta’sir etadigan hodisa va jarayonlar mohiyati tushuniladi.


Risklarni boshqarish muammosini o‘rganishning mazkur bosqichida asosiy e’tibor muayyan risk turlariga ta’sir etuvchi risk vujudga keltiradigan omillar guruhining shakllanishiga qaratiladi. Tadqiqotchilarning asosiy sa’y-harakatlari muayyan risk turi uchun risk vujudga keltiradigan omillar ro‘yxatini aniqlashtirishga, shuningdek, bu omillarning mos keluvchi risklar dinamikasiga ta’sirini baholash uslubiyatini ishlab chiqishga qaratiladi. Omillarni tahlil qilishda mualliflar asosan “muayyan risk turi”ga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashni tavsiya etadilar. Hisobga olinadigan risk vujudga keltiruvchi omillar soni juda katta. Natijada ularni tasniflash rsiklarni tasniflashdan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada murakkab bo‘ladi.
Masalan, Algorithmics kompaniyasining “Mark To Future” risklami
boshqarish tizimini ishlab chiqqan mualliflar alohida risklar guruhlari va ularga ta’sir etuvchi omillar nisbatini namoyish etuvchi jadvalni keltiradigan.
Bu jadvalga ko‘ra, bozor risklari 50 dan 1000 gacha risk omillarining hosilasi hisoblanadi; kredit risklariga 50 dan 200 gacha risk vujudga keltiradigan omillar ta’sir ko‘rsatadi; 20-500 ta risk omili kompaniya aktivlarini boshqarish risklariga ta’sir etadi.
Alohida risk turlarini tahlil qilish va ularni kompaniya va korxonalarning iqtisodiy xizmatlari faoliyatiga joriy qilish uchun tavsiflar ishlab chiqish bo‘yicha amaliyot va iqtisodiy nazariya faolligining yetarli emasligi alohida bir muammo hisoblanadi. Misol uchun, iqlimiy risklar va ularga ta’sir etuvchi omillar amalda tadqiq etilmagan. Shu bilan bir paytda, amerikalik mutaxassislarning tadqiqotlariga ko‘ra, AQSHda iqlimiy risklar bir trillion dollargacha (AQSH yillik yalpi mahsulotini tashkil etadigan yetti trillion) qiymatli mahsulot ishlab chiqarishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Risk ta’rifidan kelib chiqib, barcha risk vujudga keltiradigan omillarni ikki guruhga ajratish mumkin:

  • korxona faoliyati natijasida vujudga keladigan ichki omillar;

  • kompaniyadan tashqarida bo ‘ladigan tashqi omillar.

Ichki omillar qatoriga ularning sababi boshqaruv sohasida ham, muomala va ishlab chiqarish sohasida ham kompaniya faoliyati (asosiy, yordamchi va ta’minlovchi faoliyat) hisoblangan barcha harakatlar, jarayon va predmetlar kiritiladi. Tashqi omillar guruhiga odatda korxonani rivojlantirish samarali strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha mos keluvchi kompaniya xizmatlari va rahbariyati faoliyatida ilmiy yondashuv, muntazamlik va maqsadli yo‘nalganlik, kompaniyada texnik tizim faoliyat ko‘rsatishining baholash tavsifnomalar, xodimlarning ma’lumoti darajai va boshqalar kiradi.
Risk ichki omillari toifasiga siyosiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillar kiradi (aytish joizki, omillarning keltirilgan talqini makroiqtisodiy xarakterga ega).
Valyuta birjalarida savdo, raqobatchilar xulq-atvori, FTT rivojlanishi va boshqalar xarakterli tashqi risk vujudga keltiradigan omillar hisoblanadi. Bundan tashqari, risk omillarini kompaniyaning bu omillar ta’siriga ta’sir etish darajasi
bo‘yicha tasniflash mumkin. Shu nuqtai nazardan risk vujudga keltiradigan omillarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • obyektiv omillar - kompaniya ularga ta’sir ko‘rsata olmaydigan omillar;

  • subyektiv omillar - kompaniya tomonidan tartibga solinadigan omillar.

Risklarni samarali boshqarish sohasidagi tadqiqotlar tahlili shunday xulosa chiqarishga imkon beradiki, hozirgi paytda bir qator muammolarga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti. Nazariy tadqiqotlar natijalaridan amaliy foydalanishda ularni munosib baholmaslik u yoki bu risk vujudga keltiradigan omillarning mos keluvchi risk turlariga ta’sirini noto‘liq yoki noto‘g‘ri baholashga olib kelishi mumkin.
Birinchi muammo: birdaniga bir nechta risk turlari dinamikasiga ta’sir etuvchi (ba’zida bir-birini inkor qiladigan) qator risk vujudga keltiradigan omillar mavjudligiga e’tibor qaratilmaydi. Masalan, inflyatsiya, valyuta, kredit va qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalar sohasida foizli risklarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. siyosiy vaziyatning yomonlashishi investitsion, siyosiy va mamlakat riklarini oshiradi. Faqat muayyan risk turga ta’sir etadigan neytiv (ingl. native - o‘ziga xos) risk vujudga keltiradigan omillar va birdaniga bir nechta risk turlariga ta’sir etadigan integral (umumlashtirilgan) risk vujudga keltiradigan omillar tushunchasini kiritish maqsadga muvofiq. muayyan risk turi uchun risk vujudga keltiradigan omillar guruhida hech bo‘lmasa bitta integral omil mavjudligi u bilan bog‘liq barcha risk turlarini majburiy kompleksli tahlil qilish uchun asos hisoblanishi lozim. Masalan, noto‘g‘ri aniqlangan kreditni ta’minlash hajmi (kredit riski omillaridan biri) likvidlik riski va operatsion riskning vujudga kelishiga olib keladi, chunki undan foydalanish “ichki nazorat uchun sezilarli imkoniyatlar va kompleksli axborot tizimi mavjudligini talab qiladi”.
Ikkinchi muammo: risk vujudga keltiradigan omillarni faqat muayyan risk
turlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish omillari sifatidagina tasavvur etish.
Riskning o‘zi risk vujudga keltiradigan omillar toifasiga dialektik o‘tishi mumkinligi tadqiqotchilar nuqtai nazaridan chetda qolib ketadi, bu esa ham bevosita, ham bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi risk vujudga keltiradigan omillar xaqida tasavvur ishlab chiqishni talab qiladi. Masalan, bunday kamchilik bozor va kredit
risklarini ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olmasdan tahlil qilishda namoyon bo‘ladi
- “umumiy amaliyot avvalgidek bozor riski va kredit riskini alohida ko‘rib chiqadi... bu esa riskning noto‘liq aks ettirilishiga olib keladi”. Shu boisdan bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatish omillariga mos keladigan birinchi va ikkinchi darajali risk vujudga keltiradigan omillar tushunchasini kiritish, shuningdek, bu omillar ta’kir ko‘rsatadigan birinchi va ikkinchi darajali risk vujudga keltiradigan omillarni bir tizimga keltirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Bu holatda tashkilotning axborot tizimi kartasini tuzish maqsadga muvofiq. Risklarni boshqarish uchun bunday karta alohida ahamiyat kasb etadi. U qaysi yo‘nalishlar tahlil uchun tanlab olinganini, qaysi yo‘nalishlarga esa ahamiyat bermaslikka to‘g‘ri kelganligini yaqqol ko‘rsatadi.
Agar axborot tizimi o‘zgaradigan, karta esa dolzarb holatda saqlanib turadigan bo‘lsa, risklarni qayta baholashda qaysi yangi yoki jiddiy o‘zgargan risklar ko‘rib chiqishga ehtiyoj sezishi darrov tushunarli bo‘ladi. Umuman olganda, axborot tizimining har bir tarkibiy qismi - tarmoq kabelidan tortib ma’lumotlar bazasigacha zaif (qaltis) hisoblanadi, unga administratorning noto‘g‘ri harakatlari tufayli zarar ko‘rishi mumkin. Baholashning taxminiyligi haqida o‘ziga hisobot bergan holda ma’lum bir detallashtirish darajasida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. Yangi tizimlar uchun detalli (batafsil) tahlil avzalroq; kichik modifikatsiyalarga uchragan eski tizim yuzakiroq tahlil qilib chiqilishi mumkin. Risklarni baholashning oqilona metodologiyasini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Baholashdan maqsad - ikkita savolga javob olishdir: mavjud risklar maqbul keladimi va agar bunday bo‘lmasa, qaysi himoya vositalaridan foydalanish lozim? Demak, baholash miqdoriy, oldindan tanlangan yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegaralar va yangi xavfsizlik tratibga soluvchilarini amalga oshirish xarajatlari bilan taqqoslanishi mumkin bo‘lishi lozim. Risklarni boshqarish - odatdagi optimizatsion vazifa bo‘lib, uni hal qilishga yordam berishi mumkin bo‘lgan ko‘plab dasturiy mahsulotlar bor. Biroq asosiy qiyinchilik boshlang‘ich ma’lumotlarning aniq emasligidan iborat. Albbata, barcha tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichlar uchun pul ifodasini olish,
tiyinigacha hisoblab chiqishga harakat qilib ko‘rish mumkin, biroq bundan katta naf ko‘rilmaydi. Shartli birliklardan foydalanish amaliyroq natija beradi. Aktivlarni, ya’ni tashkilot himoyalashga harakat qiladigan resurslar va boyliklarni identifikatsiya qilishda nafaqat axborot tizimining tarkibiy qismlarini, balki qo‘llab- quvvatlaydigan infratuzilmani, xodimlarni, shuningdek, tashkilot nufo‘zi kabi nomoddiy boyliklarni ham hisobga olish lozim. Bu yerda boshlang‘ich nuqta tashkilot missiyasi, ya’ni har qanday holatda ham saqlab qolish maqsadga muvofiq (yoki zarur) bo‘lgan asosif faoliyat yo‘nalishlari haqida tasavvur hisoblanadi. Obyektga yo‘naltirilgan til bilan ifodalaganda, abstrakt (mavhum) obyekt sifatida ko‘rib chiqiladigan tashkilotning tashqi qiyofasini tavsiflash lozim.
Bularning barchasi axborot xavfsizligining bo‘zilishi oqibatlarini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Subyektning boshqaruv obyektiga ta’sir etish jarayoni, ya’ni boshqaruv jarayonining o‘zi faqat ma’lum bir axborotlarning boshqaruvchi va boshqariluvchi quyitizimlar o‘rtasida harakatda bo‘lgan sharoitlardagina amalga oshirilishi mumkin. Boshqaruv jarayoni uning muayyan mazmunidan qat’i nazar doimo axborot olish, o‘zatish, qayta ishlash va foydalanishni nazarda tutadi. Risk- menejmentda bunday sharoitlarda ishonchli va yetarli axborot olish asosiy rol o‘ynaydi, chunki u risk sharoitlarida harakatlar bo‘yicha muayyan qaror qabul qilishga imkon beradi.
Risk-menejment faoliyatining axborot ta’minoti har xil turdagi axborotlar: statistika axboroti, iqtisodiy axborot, tijorat axboroti, moliyaviy axborot va boshqalardan iborat.
Bu axborot u yoki bu sug‘urta holatining ro‘y berish ehtimolidan, tovarlar va kapitalga talab mavjudligi va hajmi haqida, mijozlar, hamkorlar, raqobatchilarning to‘lov layoqati va moliyaviy barqarorligi haqida, narxlar, kurslar va ta’riflar haqida, sug‘urtalash shartlari, dividend, foizlar va h.k. haqida xabardorlikni o‘z ichiga oladi. Kim axborotga ega bo‘lsa, o‘sha bozorga ham egalik qiladi. Aksariyat hollarda ko‘plab axborot turlari tijorat sirlari hisoblanadi.





























4.Moliyaviy risklarni sifat jihatdan baholash va boshqarish amaliyoti


Nafaqat dunyo hamjamiyatida balki mamlakatimizda ham iqtisodiyot sub’ektlari o‘z faoliyatlari davomida riskka duch kelishadi. Riskning zarar keltirish ehtimolligi mavjudligi sababli, u iqtisodiyot sub’ektlari tomonidan boshqarilishi va nazorat qilinishi kerak.
Moliyaviy risklarni tahlil qilish, baholash va boshqarish tizimi korxonaning strategik boshqarishning markaziy qismi hicoblanadi. 39 Moliyaviy risklarni boshqarishning asosiy maqsadi – kompaniya qiymatini maksimallashtirish jarayoniga hissa qo‘shish, ya’ni o‘zining moliyaviy resurslarini to‘liq (qisman) saqlab qolish yoki kutilayotgan foydaga erishish hisoblanadi. Bu korxonaning moliyaviy xolatiga ta’sir etuvchi potentsial “salbiy” va “ijobiy” omillarni aniqlashni anglatadi; korxona oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun yutuq ehtimolini oshiradi va yo‘qotishlar ehtimolini minimallashtiradi.
Moliyaviy risklarni boshqarish boshqaruv organi tomonidan qabul qilinib tasdiqlanishi kerak hamda korxonaning har bir xodimiga joylarda konkret vazifalarni belgilash orqali umumiy rivojlanish dasturi sifatida etkazilishi kerak.
Moliyaviy risklarni boshqarish yaxlit tizim sifatida qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi ustidan nazorat dasturini, olib borilayotgan tadbirlar samaradorligini baholashni, shuningdek korxonaning har bir bo‘g‘inida rag‘batlantirish tizimini o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy risklarni boshqarish sohasi keng bo‘lib, turli rivojlanayotgan komponentlardan (tarkibiy qismlardan) iborat va ulardan eng muhimi – bu riskni baholash hisoblanadi.
Qiymat risk va daromadlilikning funksiyasi hisoblanadi, ya’ni naoniqlik sharoitida har bir qabul qilinadigan qaror qiymatni oshirishi, o‘zgarishsiz saqlab qolishi yoki pasaytirishi mumkin. Shundan kelib chiqib risk qiymatga erishish uchun katta ahamiyatga ega sanaladi va strategik yo‘naltirilgan kompaniyalar an’anaviy riskka yondashuvdan farqli ravishda riskni bartaraf etishga va hatto uni minimallashtirishga ham intilishmaydi. Aksincha bunday kompaniyalar o‘zlarini barcha tashkiliy qismlari bo‘ylab riskka uchrashni boshqarishga harakat qilishadi, ya’ni ma’lum bir davr uchun ular strategik maqsadlarga samarali erishishga kerakli
riskni maqbul darajada qabul qilishadi. Buni optimal riskni qabul qilish zonasi deyiladi va grafik ko‘rinishi 2-rasmda tasvirlangan.
Ushbu riskni qabul qilish zonasini aniqlash zarurati esa riskni baholash muhimligini ifodalaydi. Shu yo‘l bilan korxonalar har bir riskni korxonaning umumiy maqsadiga erishish uchun ta’siri qanday bo‘lishini tushunadi va nazorat qiladi.
SAMARASIZ OPTIMAL ORTIQCHA

RISK QABUL RISK QABUL RISK QABUL


Korxonaning kutilayotgan qiymati
RISK DARAJASI

Yüklə 215,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin