№4 2022
132
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning bilim olish va o‘yin
faoliyatining uyg‘unligiga qarab syujetli, ro‘lli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar,
ishbilarmonlar, konferensiyalar kabi o‘yin mashqlariga ajratish mumkin. O‘qituvchi
pedagog, avval o‘quvchilarni individual (yakka tartibdagi) so‘ngra guruhli o‘yinlarga
tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng esa ularni
ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o‘quvchilar didaktik o‘yinli
mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma, malakalarga
ega bo‘lishlari, bundan tashqari guruh jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam
vujudga kelishi lozim. Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar orasida konferensiya
mashg‘ulotlari ham muhim o‘rin tutadi. Konfrensiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning
bilish faoliyatini faollashtirishda ilmiy dunyo qarashini kengaytirishda, qo‘shimcha
va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabob adabiyotlar
bilan mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarni orttirish, mustaqil hayotga ongli
tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konfrensiya mashg‘ulotini o‘tishdan oldin
mashg‘ulot mavzusini maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo‘shimcha
ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ko‘zdan kechiriladi. Mashg‘ulotni o‘tishdan bir
hafta oldin mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinib unga tayyorgarlik ko‘rish uchun
adabiyotlar tavsiya etiladi.
Tа’lim tizimidа yangi pеdаgоgik tехnоlоgiyani qo‘llash mа’lum qоlip аsоsidа
fikrlаshni emаs, bаlki umumiy yеchimgа хilmа-хil ijоdiy izlаnishlаr orqali kеlishini
tа’qоzо etаdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A.Zununov. N. Hotamov. J. Esonov. Maktabda adabiyot o‘qitish
metodikasi. Toshkent, “O‘qituvchi” 1993.
2.
Q.Yuldoshev. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. Toshkent,
“O‘qituvchi”, 1996.
3.
Q.Yo‘ldoshev, O.Madaev, A. Abdurrazoqov. Adabiyot o‘qitish
metodikasi, dasturiy qo‘llanma. Toshkent, 1994.
Dostları ilə paylaş: |