№4 2022
129
TA’LIM DA DIDAKTIK O‘YINLAR VA INTERFAOL METODLARDAN
FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Xolmatova Ra’noxon Qambaraliyevna
Toshkent shahar Yangihayot tuman
285 -maktabning ona tili va adabiyot o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7259098
Annotatsiya: Didaktik о‘yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy),
harakatli
hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy,
axloqiy,
psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim tarbiya jarayonida asosan o‘quvchlarda ta’lim
olish motivlarini ularning turli yo‘nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan
biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Ushbu
maqolada ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlardan interfaol metodlardan foydalanish
samaradorligi haqida metodik tavsiyalar beriladi.
Kalit so‘zlar: Didaktik о‘yinlar, kompyuter vositasi, «Breyn-ring»,
kichik
guruhlar, ta’lim metodi, tarbiya, bilim.
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ Ta’lim metodikasi” tushunchasiga
nisbatan kengdir. Ta’lim metodi — o‘quv jarayonining majmuaviy vazifalarini
yechishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi
faoliyati usuli
bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetni o‘qitishning ilmiy asoslangan
metod, qoida va usullar tizimini ifodalaydi.
Ta’lim texnologiyasi — ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy
mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida,
bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod,
usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda
ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi — o‘quvchi
shaxsini
rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagog olim
V.P.Bespalko pedagogik tizimni pedagogik texnologiyaning asosi ekanligini e’tirof
etgan holda uni quyidagi unsurlaridan iboratdir deya ta’kidlaydi:
1) o‘quvchi; 2) ta’lim -tarbiyaning maqsadi; 3) ta’lim - tarbiya mazmuni; 4)
o‘quv
jarayoni; 5) o‘qituvchi yoki texnik vositalar; 6) ta’lim-tarbiyaning tashkiliy
shakllari. Demak, pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya faoliyatining yaxlit jarayoni
to‘g‘risidagi fan ekanligini e’tirof etish lozim. Ayniqsa, o‘qitishga
interfaol dars
usullarini, “Kichik guruhlarda ishlash”, «Breyn-ring» usullari qo‘llanganda
o‘quvchilar o‘qituvchi bilan birga teng faoliyat ko‘rsatadilar.Darsda ta’limning