Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 771 International Conference bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko„nikmasini rivojlantiradi. Innovatsion
texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o„ziga xosligi shundaki, ular
o„qituvchi va o„quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi.
O„qitish jarayoni o„qituvchi hamda o„quvchilar faoliyatini o„z ichiga oladi.
O„qituvchining faoliyati o„quv materialini bayon qilish, o„quvchilarning fanga
bo„lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e‟tiqodini shakllantirish,
o„quvchilarning mustaqil mashg„ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim,
ko„nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. “Baliq skeleti”
texnologiyasi Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib,
bunda o„quvchilar o„rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga
harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga
yechilishi kerak bo„lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish
yo„llari yozib boriladi. Masalan, yo„l harakati darslarida “Yo„l qoidalari”
mavzusida “Svetofor nima uchun kerak?” muammosi qo„yilsa, bolalar o„z fikrlari
bilan baliq sklitini boyitib boradilar. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim
to„g„risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ” yosh avlodni
tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo„nalishlarini belgilab berdi. “ Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi ” da ta‟limni tubdan isloh qilishning asosiy yo„nalishlari
ko„rsatib berildi. Unda “ Uzluksiz ta‟lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma‟naviy boy shaxs
shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun
zarur shart – sharoitlar yaratadi”, deb ko„rsatilgan. Shuningdek, dasturda : “Ta‟lim
berishning ilg„or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o„quv – uslubiy
majmualarini yaratish va o„quv – tarbiya jarayonini didaktik jihatdan
ta‟minlash ”
umumiy o„rta ta‟limning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi.
Darhaqiqat, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogic texnologiyalar
ta‟lim jarayonining unumdorligini oshiradi. Bugungi davr axborot uzatish hajmi va
tezligi jihatlaridan chegaralanmagan butunjahon axborot tarmog„idan faol
foydalanishi bilan xarakterlanadi. Multimedialardan va animatsiyalardan keng
foydalanish o„quvchilarni darslarga bo„lgan qiziqishi va bilim saviyasini oshiradi.
O„quvchilarga kompetensiyalarni har bir dars ko„lamida puxta singdirib
borishimiz kerak. Bunda biz o„qitishda yangi ped texnologiyalardan,innovatsion
g„oyalardan, interfaol uslublar vakreativ yondashuvlardan o„rinli ravishda o„z
vaqtida foydalana bilishimiz lozim. O„quvchilar biz yaratgan innovatsiyalar
orqali yetarli bilim egallaydi,deb o„ylayman. Men o„z ish faoliyatim davomida
ko„pgina innovatsion g„oyalardan,turli xil didaktik o„yin mashqlardan keng
ko„lamda foydalanaman. Oddiygina yaratgan o„yin mashqimiz ham o„quvchi