Academic Research, Uzbekistan 957 www.ares.uz mazmunini yangilash, umumiy amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni
sinovdan o’tkazish va pedagoglar tomonidan o’qitishning yangi usullari va shakllarini
o’rganish bilan bog’liq nazariy va amaliy masalalarni qizg’in muhokama qilishning
boshlanishi bo’ldi. Mahalliy maktabgacha ta’limda innovatsion jarayonlarni
rivojlantirish normativ va dasturiy-metodik hujjatlarda aks ettirilgan. Ushbu ishda
ta’limning barcha darajalari, metodologiya xizmati, ilm-fan va amaliyotning barcha
darajadagi mutaxassislar ishtirok etib, birlashtirilgan ta’lim maskani yaratildi.
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini hisoblanib, u
har tomonlama sog’lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga
tayyorlashda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida Respublikada
ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy
ustuvor yo’nalishlari darajasiga ko’tarildi. Biroq o’tkazilgan tahlillar maktabgacha
ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada
emasligini ko’rsatmoqda.
Jumladan, MTTda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, didaktik topshiriqlar
va ishlanmalar, bolalarni maktabga tayyorlash bo’yicha zamonaviy shakl va usullarni
ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada tahlil
qilinmaganligi hamda ular singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik,
jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo’naltirilgan maxsus
davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog
kadrlarning aksariyati ijodkor emasligi, ta’lim-tarbiya sifati monitoringi
yuritilmaganligi kabi faktorlarni keltirish mumkin.
Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy
va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha ta’lim
tashkilotlaridagi ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini baholash zamon
talablariga javob bermaydi. Ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi
bo’g’ini hisoblangan maktabgacha ta’limda jadal o’zgarishlar yuz bermoqda va ular
quyidagilarda namoyon bo’lmoqda: maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining
huquqiy-me’yoriy asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta’lim tashkilotlari
moliyaviy-xo’jalik faoliyatining yangi turlariga o’tmoqda; nodavlat maktabgacha
ta’lim tashkilotlari tarmog’i kengaymoqda; ta’limning ilg’or texnologiyalari joriy
etilmoqda; xodimlarning malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli
guruhlar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining muqobil shakllari joriy
etilmoqda. O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari zamonaviy tizimi
quyidagi jadvalda o’z aksini topgan.