Academic Research, Uzbekistan 956 www.ares.uz are given. Five universal elements of the management system based on the principles
of quality management are substantiated and analyzed to determine whether these
elements are specific to any organization.
Keywords: Education, social management, globalization, management,
coordination, specialist, human resources, higher education, process, culture, concept,
division of labor.
KIRISH Shiddat bilan o’zgarib borayotgan dunyoda yashay oladigan yoshlarni
tayyorlash uchun asosiy vazifasini muayyan miqdordagi bilimlarni berishdan iborat
deb hisoblaydigan an’anaviy ta’lim yo’sini mutlaqo yetarli emas. Chunki ilm-fan va
texnika shu darajada rivojlandiki, endi odam biror fandagi eng asosiy tushunchalarni
ham xotirasida saqlab qola olmaydi. Buning ustiga, tinimsiz o’zgarishlardan iborat
bo’lib qolgan hayotga mustaqil qadam qo’yayotgan yoshlar ana shunday
o’zgarishlarga ham intellektual, ham ma’naviy jihatdan tayyor bo’lmasa, raqobatlar
kurashidan iborat dunyoda o’z o’rnini topolmasligi mumkin. Hozirgi kunda ta’lim
tizimida boy tajribalar yig’ilgan. Chunonchi, ishbilarmonlik o’yinlari, kompyuterli
o’qitish, individuallashtirilgan o’qitish, insonparvarlik, hamkorlik, shaxsni erkin
tarbiyalash va h.zo. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda
amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me’yoriy hujjatlar, o’quv-
metodik adabiyotlar, o’quv metodik majmualarni ishlab chiqish, ilg’or xorijiy tajriba
asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy
menejment va pedagogik texnologiyalar bo’yicha sohaga oid bilim va ko’nikmalarni
shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda. Shu bois
mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan
farmon va qarorlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-
2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ2707-sonli, “Maktabgacha ta’lim tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017-yil 9- sentyabrdagi PQ-
3261-son qarorlari, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017- yil 30- sentyabrdagi PF-5198 sonli Farmoyishi
shular jumlasidandir.
“Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi”ning paydo bo’lishi maktabgacha ta’lim