MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA YOZGI
SOG'LOMLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH BO'YICHA
METODIK TAVSIYA
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA TA'LIM VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA
YOZGI SOG'LOMLASHTIRISH ISHLARINI
TASHKIL ETISH BO'YICHA METODIK TAVSIYA
“YOZ - O'TMOQDA SOZ!”
(QISQA MUDDATLI GURUH UCHUN)
Toshkent-2021
Ushbu metodik tavsiya maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagogik jamoasi uchun mo'ljallangan bo'lib, unda maktabgacha yoshdagi bolalarni yozgi sog'lomlashtirish, chiniqtirish, ularning salomatligini mustahkamlashning maqsad va vazifalari, ushbu davrni tashkil etuvchi pedagogik jamoa a'zolarining lavozim vazifalari, davr davomida o'tkazish tavsiya etilgan rivojlantirish markazlaridagi ta'limiy-tarbiyaviy jarayon va umumiy guruhlarda ishlash tafsiloti bayon etilgan.
Shuningdek, metodik tavsiyada yozgi tadbirlarni tashkil etishda hayot xavfsizligi asoslari, suv havzalaridan foydalanish, bolalarni sog'lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish bo'yicha tavsiyalar ham yoritilgan.
Mazkur qo'llanma maktabgacha ta' lim tashkilotlari pedagog xodimlari va ota- onalarga mo'ljallangan bo'lib, undan pedagog mutaxassislar ijodiy yondashgan holda ta'lim jarayonini mazmunan boyitishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |