Metodik tavsiya



Yüklə 354,88 Kb.
səhifə2/61
tarix02.01.2022
ölçüsü354,88 Kb.
#43857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
QISQA MUDDATLI GURUH

Mualliflar:

N.Umirzakova bosh mutaxassis

- O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi

M. Ishoqova

- MTMRMQTMOI, katta o'qituvchi

M.Fayzullaeva

- MTMRMQTMOI, katta o'qituvchi

S. Rahimova

- MTMRMQTMOI, katta o'qituvchi

H. Rizaeva

- Toshkent shahri MTB, metodist

M. Muhamadalieva metodist

- Toshkent shahri, Yunusobod tumani 288-MTT,

D. Muhammedova

- Toshkent shahri, Yunusobod tumani 301-MTT, direktor

Mundarija

So'z boshi 6

Yozgi sog'lomlashtirish davrining maqsad va vazifalari 7

Yozgi sog'lomlashtirish davrining maqsadlari: 7

Yozgi sog'lomlashtirish davrining vazifalari: 7

Maktabgacha ta'lim tashkilotining yozgi davrga tayyorligi mezonlari: 8

Yozgi sog'lomlashtirish davrida foydalaniladigan anjom va jihozlar: 8

Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarining yozgi sog'lomlashtirish davrini samarali tashkil etishdagi asosiy vazifalari 8

• Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori 8

Maktabgacha ta'lim tashkiloti tibbiy xodimlari 9

Maktabgacha ta'lim tashkiloti metodisti 9

• Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari 9

Maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbari 10

• Tarbiyachi yordamchilari 10

Yoz davrida sog'lomlashtirish tadbirlari shakllari 10

Yoz davrida bolalar bilan ta'limiy-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish va uni tashkil etish 12

Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishini rejalashtirish va tashkil etish 12

Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni rejalashtirish va tashkil etish. 12

Ijodiy rivojlanishni rejalashtirish va tashkil etish. 13

Yoz davrning muhim sanalari 22

Til va nutq 27

Fan va tabiat 27

Sanat 27


Qurish, konstruktsiyalash va matematika 27

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 28

San'at 28

Til va nutq 28

Til va nutq 29

Fan va tabiat 29

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 32

Til, nutq va savodxonlikka orgatish 32

San'at 32

Qurish, konstruktsiyalash va matematika 32

Fan va tabiat 33

San'at 33

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 33

Fan va tabiat 34

Sanat 34

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish 36

Fan va tabiat 36

San'at 36

Qurish, konstruktsiyalash va matematika 37

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 37

San'at 37

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 37

Fan va tabiat 38

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 40

Fan va tabiat 40

San'at 40

Qurish, konstruktsiyalash va matematika 41

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish 41

San'at 41

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish 41

Fan va tabiat 42

Sanat 42


Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish 44

Fan va tabiat 44

San'at 44

Qurish, konstruktsiyalash va matematika 45

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 45

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 45

Fan va tabiat 46

Sanat 46


Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish 48

San'at 48

Fan va tabiat 48

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 48

Sanat 49

San'at 49

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish 51

Fan va tabiat 51

San'at 51

San'at 51

Qurish, konstruktsiyalash va matematika 52

Syujetli-rolli o'yinlarva sahnalashtirish 52

San'at: 53

Fan va tabiat 53

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish 55

Fan va tabiat 55

Fan va tabiat 55

Qurish-yasash va matematika 56

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 56

Sanat 57


Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 57

San'at 57

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish 61

Fan va tabiat 61

San'at 61

Qurish, konstruktsiyalash va matematika 62

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 62

San'at 62

Til va nutq 62

Fan va tabiat 63

Sanat 63

San'at 66

Qurish, konstruktsiyalash va matematika 66

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 67

San'at 67

San'at 67

Fan va tabiat 67

Til, nutq va savodxonlikka orgatish 68

Fan va tabiat 71

San'at 71

Qurish, konstruktsiyalash va matematika 71

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish 72

Qurish, konstruktsiyalash va matematika 72

Fan va tabiat 73

Sanat 73

Til va nutq 76

San'at 76

Qurish-yasash, konstruktsiyalash va matematika 77

San'at 77

Qurish, konstruktsiyalash va matematika 78

Fan va tabiat 78

San'at 78



maydonchalarining namunalari

  1. ilova. Tarbiyachining yozgi sog'lomlashtirish davri uchun shaxsiy ish 230 rejasi (ish jurnali)


So'z boshi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi Farmoni, bilan birga tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishnmg beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida qator vazifalarni belgilab berdi.

Belgilangan vazifalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni sog'lom, jismoniy barkamol va har tomonlama rivojlanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishini inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog'lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini samarali tashkil etilishiga alohida e'tibor berish zarur.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni sog'lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish yozgi sog'lomlashtirish davri (iyun-avgust)da amalga oshiriladi. Aynan, yoz faslida bolalarning ochiq havoda ko'proq sayr qilishlari, tanasini chiniqtirish, harakatda bo'lish va salomatligini mustahkamlash uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qulay va zaruriy shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, yozda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o'tkaziladigan barcha tadbirlarni yengillashtirish, qiziqarli va yorqin o'tishini ta'minlash, charchoqyozdi mashqlar, turli ko'ngilochar tadbirlarni muntazam uyushtirish, kichik sayrlarni tashkillashtirish, ijodiy va amaliy ishlarni bajartirish, suv muolajalarini o'rinli qo'llash va alohida belgilangan kun tartibiga qat'iy amal qilish tavsiya etiladi.

Yozgi davrda o'quv yili davomida olib borilgan rivojlantirish markazlari va umumiy guruhlardagi ta' limiy-tarbiyaviy faoliyat davom ettiriladi, ya'ni davrga mos berilgan oy va lialtalar mavzulari asosida har kuni ta'limiy faoliyat tashkil etiladi. Bunda yosh guruhlaridagi bolalarning rivojlantirish markazlari (Qurish-yasash va matematika; syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish; til va nutq; fan va tabiat; san'at)dagi erkin faoliyatlari hamda umumiy guruh (frontal)larda (musiqa, nutq o'stirish, jismoniy tarbiya, badiiy adabiyot, elementar matematika, ikkinchi tilni o'rganish) mashg'ulotlarini olib borish tasviya etiladi. Quyida ushbu jarayonni tashkil etish bo'yicha mavzuli rejalashtirish taqdim etilgan. Pedagoglarning ushbu namunaviy rejalashtirishdan tashkilot imkoniyati, yosh guruhining shart-sharoiti va albatta, bolalarning yosh xususiyatlari, qobiliyati va ehtiyojlaridan kelib chiqib ijodiy yondashgan holda tashkil etish tavsiya etiladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotining yozgi sog'lomlashtirish davrida amalga oshiriladigan tashkiliy, metodik, sog'lomlashtirish hamda nazoratga doir chora- tadbirlar rejasi tashkilotning navbatdagi pedagogik kengashida tasdiqlanadi. Tashkilotning yozgi sog'lomlashtirish davri ish rejasida ta'limiy-tarbiyaviy ishlar, sog'lomlashtirish-chiniqtirish ishlari, tashkiliy ishlar (obodonlashtirish, moddiy- texnik bazani boyitish) hamkorlik ishlari, sport va ko'ngilochar tadbirlari belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Ish reja namunasi ilovada havola qilingan.

Yozgi sog'lomlashtirish davri boshida “Bolalar xavfsizligi va sog'lig'ini muhofaza qilish” yo'riqnomasi bilan barcha pedagog xodimlarini tanishtiriladi hamda tashkilotning metodisti, hamshirasi, jismoniy tarbiya yo'riqchisining yozgi davrda amalga oshiradigan vazifalari aniq belgilab beriladi.

Yozgi sog'lomlashtirish tadbirlari samarali o'tkazilishi maktabgacha ta'lim tashkiloti jamoasining o'z vaqtida va puxta tayyorgarlik ko'rishiga bog'liqdir.

Bu davrda bolalarning sog'ligini mustahkamlash uchun bor imkoniyatlardan foydalanib maydonchalarni tayyorlash, barcha tadbirlarni har bir bolani yaxshi rivojlanishi va ularni chiniqtirishga qaratish lozim.

Yozgi sog'lomlashtirish davrining maqsad va vazifalari

Bugungi kunda ekologik vaziyatning yomonlashuvi yoshlarning, xususan, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning sog'lig'i, jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada sog'liqni saqlash, umumiy rivojlanish va profilaktik vazifalarni hal qilishda sog'liqni himoyalash texnologiyalari, ularni optimal va oqilona tashkil etilishidan faol foydalanish kerak bo'ladi.

Bunday vazifalarni amalga oshirishning eng samarali shakllaridan biri yoz faslidir. Yoz- bolalar juda ko'p yurish, chopish va sakrashi mumkin bo'lgan ajoyib va unumdor vaqt.

Yozgi sog'lomlashtirish davrining maqsadlari:

-salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash;



  • bolalarning shikastlanishi va kasallanishini oldini olish;

  • yozgi davrda maktabgacha yoshdagi bolalarning harakatlanish faolligini, xissiy va kognitiv rivojlanishini ta'minlash;

-bolalarning bilim, ko'nikma va malakalarini mustahkamlashga yo'naltirilgan ta'limiy-tarbiyaviy jarayonning samarali shakl va usullaridan foydalanish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish.

Yozgi sog'lomlashtirish davrining vazifalari:



  • bolalarning salomatligini mustahkamlash;

-tabiiy omillardan keng foydalanish hisobiga bolalarni sog'lomlashtirish va jismoniy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini amalga oshirish: havo, quyosh, suv;

  • o'quv yili davomida olingan BKMni mustahkamlashga qaratilgan ta'limiy- tarbiyaviy jarayonni tashkil etish;

  • sog'lom turmush tarzi va bilimga bo'lgan qiziqishni rivojlantirish;

  • xavfsiz xatti-harakat ko'nikmalarini takomillashtirish;

  • tabiat qo'yni (gulzor, bog', tajriba maydonchasi)da mehnatni tashkil etish, bilish faoliyati, turli xil ta'limiy va harakatli o'yinlarni tashkil etish, amaliy kuzatish, tajriba-eksperimentlar, samarali ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun tabiiy muhit (sharoit)dan foydalanish;

  • ota-onalar o'rtasida tarbiya va sog'lomlashtirish masalalari bo'yicha pedagogik va sanitariya-targ'ibot ishlarini amalga oshirish, yozgi davrda ularni bolalar bilan birgalikdagi tadbirlarga jalb qilish.

Yozgi sog'lomlashtirish davrida kattalarning asosiy vazifasi o' sib borayotgan organizmning dam olish, ijodiy faoliyat va harakatga bo'lgan ehtiyojini to'liq qondirishdir.


Yüklə 354,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin