Bosh mutaxassisning asosiy funksional vazifalari quyidagilardan iborat
Bosh mutaxassisning asosiy funksional vazifalari quyidagilardan iborat:
Filial pedagog xodimlari, talaba yoshlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ulami qiynayotgan tizimli muammolarni o‘rganadi, oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi;
korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘tkaziladigan o‘rganishlar, tekshirishlar, tahlillar hamda ishlab chiqiladigan takliflarda mutaxassislari jalb etishda ishtirok etadi korrupsiyaga qarshi o‘quv-uslubiy va metodik jihatdan, jumladan audio-video roliklar, foto hamda buklet va broshyura kabi materiallarni yaratishni yo‘lga qo‘yadi; oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa so‘|rovlarni tashkil etadi;
Bo‘lim boshlig‘i bo‘lmaganda, bosh mutaxassis faoliyatni muvofiqlashtirib boradi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.