-ma'muriy-xojalik ishlari: xo'jalik mudiri bilan birgalikda hududni obodonlashtirish(yashil maydonchalar, gulzor, qum yashiklarni to'ldirish, ayvoncha va uning hududini ta'mirlash, ularni bo'yash, daraxt va butalarga shakl berish) ishlarni amalga oshirish;
-SanPiN talablariga mos jismoniy tarbiya va o'yin maydonchasini jihozlash;
-yer maydonlarini sug'orish, hovliga suv sepish uchun suv bilan ta'minlash;
-ta'lim -tarbiya jarayonini tashkil etish: tashkilot metodisti va pedagog (jismoniy tarbiya yo'riqchisi, musiqa rahbari va psixolog)lar, tarbiyachilar bilan ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etilishiga rahbarlik qilish;
-maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi asosida ta'lim -tarbiya berish jarayonini davom ettirishda uslubiy maslahat va ko'rsatmalar berish;
-tashkilotda tashkil etilgan yozgi sog'lomlashtirish davridagi barcha chiniqtirish tadbirlari, ovqatlantirish va ta'lim-tarbiya jarayonini nazoratga olish.
-tibbiy ishlarni tashkil etilishi: tibbiy xonani birinchi yordam dori-darmon vositalari bilan to'liq ta'minlash, taomnomalarni davrga mos tuzilishi, bolalarni sog'lomlashtirish va chiniqtirish tadbirlarini tashkil etilishiga rahbarlik qilish.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti tibbiy xodimlari
-tibbiyot xonasida izolyatorni doimiy tayyor bo'lishini ta'minlash;
-birinchi yordam dori-darmon vositalarini saqlanish va yaroqlilik muddatini hisobga olish;
-bolalarda uchraydigan yengil jarohatlanish holatlarini oldini olish bo'yicha tavsiyalar berish, bunday holatlar ro'y berganda birinchi yordam ko'rsatish;
-bolalar rivojlanishi bo'yicha antropometrik ko'rsatkichlarni har oyning 5- sanasiga qadar belgilash;
-hayot va salomatlikni muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish bo'yicha ko'rsatma berish;
-chiniqtirishning tashkil etilishini nazorat qilish bo'yicha tavsiyalar berish;
-guruh, yotoqxona va yuvinish xonalari, suv havzasi, ayvoncha va o'yin maydonchalarining sanitar holatlarini nazoratga olish;
-tashkilotda kun tartibiga qat'iy rioya qilinishini nazoratga olish;
-har bir guruhda bolalar uchun ichimlik (qaynatilgan suv) bilan ta'minlanishini doimiy nazoratga olish;
-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tibbiy kartalarini to'liq yuritilishini ta'minlash;
-tashkilotda o'tkazilgan tibbiy ko'rik asosida aniqlangan tez kasallikga chalinuvchi bolalar bilan sog'lomlashtirish ishlarini tashkil etish;
-bolalarni sog'lomlashtirish, hayotini muhofaza qilish, gigiyena qoidalariga rioya qilish bo'yicha ota-onalarga maslahat-tavsiyalar berish;
-tashkilotda “Salomatlik burchagi”ni tashkil etish va unda ota-onalar uchun tavsiya va maslahatlarni berib borish;
-bolalar bilan o'tkaziladigan tadbirlarda mas'ul shaxs sifatida ishtirok etadi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti metodisti
-ota-onalar uchun ko'rgazmali ma'lumotlar tayyorlash;
-tarbiyachi pedagoglarning ish hujjatlarini nazorat qilish;
-davr tadbirlari ijrosini tegishli tarzda nazoratga olish;
-tashkilot pedagoglariga yozgi sog'lomlashtirish davrini tashkil etish borasida maslahat-tavsiyalar uyushtish;
-o'tkazilgan tadbirlar hisobotini tuman maktabgacha ta'lim bo'limlariga hisobotini taqdim qilish;
-yozgi dam olish davrida bolalar bilan ta'lim jarayonini rejalashtirish bo'yicha tavsiya, ko'rsatmalar tayyorlash;
-bolalarni sog'lomlashtirish va chiniqtirish yuzasidan ota-onalarga maslahatlar berish.
• Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari
-guruh bolalarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan tarzda yozgi sog'lomlashtirish davri uchun ish rejani tuzish;
-ertalabki qabul va badantarbiya mashqlarini ochiq havoda o'tkazish;
-maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi asosida bolalarning olgan bilim, ko'nikma va malakalarini mustahkamlash bo'yicha rejalarni amalga oshirish;
-oylik, haftalik mavzular bo'yicha rivojlantiruvchi markazlarni jihozlash va mavzuli rejalashtirish asosida ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatni olib borish;
-ta'limiy-tarbiyaviy jarayon va chiniqtirish tadbirlarini samarali tashkil etish;
-yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda jihozlash va bezatish ishlarini olib borish;
-hamshira bilan birgalikda bolalar rivojlanishi antropometrik ko'rsatkichlarni belgilash;
-yer maydonchalari va o'yin maydonchalarida bolalar mehnati va o'yin faoliyatini to'g'ri tashkil etish;
-yozgi davr kun tartibiga rioya qilish va bolalarni ichimlik suvi bilan ta'minlash;
-ota-onalar uchun oilada bolalarni chiniqtirish bo'yicha kerakli maslahat va tavsiyalar berish;
-bola hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish yo'riqnomasiga rioya etish;
-ochiq havoda bolalar hayoti xavfsizligini ta'minlash;
Maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbari
-yozgi dam olish davrining maqsad va vazifalari hamda bolalarning ochiq havoda bo'lish vaqtlarini hisobga olib o'z faoliyatini rejalashtirish;
-ko'ngilochar tadbir, bayram va hordiqlarni rejalashtirish va ularni o'tkazish.
-oylik va haftalik mavzularga oid qiziqarli uchrashuvlarni tashkil etish.
-yozgi sog'lomlashtirish davrida ta'lim jarayonini mavzuli rejalashtirish asosida umumiy guruhlarda musiqa mashg'ulotlarini olib borish.
|