Metodik tavsiya


Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish



Yüklə 354,88 Kb.
səhifə8/61
tarix02.01.2022
ölçüsü354,88 Kb.
#43857
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
QISQA MUDDATLI GURUH

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish







“Tug'ilgan kunda” ta'limiy o'yin







Kerakli anjomlar

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish




Bolalar bayrami kuni







Mening orzularim mavzusida suhbat

Kerakli anjomlar

Fan va tabiat




Quvnoq sharchalar







Do'stim uchun hadya

Kerakli anjomlar

San'at




Rasm:

Biz baxtiyor bolalarmiz



Applikatsiya:

Bayram sovg'asi






Loy ishi: Kichkintoylar uchun o'yinchoqlar

Kerakli anjomlar

Umumiy guruh bo'lib ishlash

1.Nutq o'stirish: Bolalar bayrami tadbiri 2.Ikkinchi tilga o'rgatish







1.Badiiy adabiyot viktorina. 2.Savodxonlikka o'rgatish




Kerakli anjomlar

IYUN.BIRINCHI HAFTA

BAXTLI BOLALIK

Til va nutq



Mavzu: Bolalar bayrami kuni

Maqsad: bolalar rasm mazmunini so'zlab beradilar.

Kerakli jihozlar: mavzuga oid rasm.

Faoliyatning borishi:

  1. “Bolalar bayrami kuni” mavzusidagi rasmlarni ko'rish.

  2. Rasm mazmunini so'zlab berish.

  3. 1-Iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ni qanday o'tkazganligi haqida suhbat. Qo'shimcha:bolalar bayrami kuniga bag'ishlangan she'rlarni yoddan aytib berish.

Alohida e'tibor qaratiladi: bolalar monologik nutqi.

Fan va tabiat



Mavzu: Quvnoq pufaklar

Maqsad: Bolalar havoning xususiyatlariga oid amaliy tajribalar o'tkazadilar.

Kerakli jihozlar: sellofan paket, paxta yoki pat, pufak.

Faoliyatning borishi:

  1. Sellofan paketga havo to'ldirish va uni mahkamlash.

  2. Pufakni shishirish va uni b og'lash.

  3. Havoning hosil bo'lishi va bir joyda to'planish jarayonini tahlil qilish.

  4. Sellofan paket va pufakning og'zini bo'shatish jarayonida yengil jism yordamida (paxta yoki pat) sellofan paket yoki pufakdan chiqayotgan havoning bosimini kuzatish.

  5. Amaliy tajribani tahlil qilish.

Qo'shimcha: havoning ko'z bilan ko'rib, qo'l bilan ushlab bo'lmasligi, havo yana nimalar uchun zarurligi, havo bo'lmasa sayyoramizda nimalar sodir bo'lishi mumkinligi haqida qo'shimcha ma'lumotlar berish.

Alohida e'tibor qaratiladi: bolaning mavzu borasida qanday fikrga, bilimga ega bo'lganligi, mavzuni to'g'ri tahlil qila olishi.

Sanat



Mavzu: Biz baxtiyor bolalarmiz

Maqsad: bolalar bayram taassurotlarini qog'ozda aks ettirishga harakat qiladilar.

Kerakli jihozlar: bo'yoqlar, mo'yqalam, qog'oz, mavzuga oid rasmlar, namuna, suv idishi, salfetka

Faoliyatning borishi:

  1. Mavzuga oid rasmlarni kuzatish.

  2. Namunani tahlil qilish.

  3. Ishni rejalashtirish.

  4. Kerakli anjomlarni tanlash.

  5. Ijodiy faoliyat.

  6. Ijodiy ishlar ko'rgazmasi.

Qo'shimcha: “Baxtli bolalikka sayohat” mavzusida jamoa ishi.

Qurish, konstruktsiyalash va matematika



Mavzu: Bolalar maydonchasini quramiz

Maqsad: bolalar turli hajmli shakllardan: kubik, silindr, g'isht, piramidadan bolalar maydonchasi konstruktsiyasini quradilar, predmetlar joylashuvini tahlil qilib, ularni katta-kichikligiga qarab taqqoslaydilar.

Kerakli jihozlar: kubiklar, geometrik shakllar, lego, arg'imchoq uchun kerakli qismlar.

Faoliyatning borishi:

  1. “Bolalar maydonchasi” mavzusidagi rasmlarni ko'rish.

  2. Ishni rejalashtirish.

  3. Bolalar maydonchasining qurish va uni mayda o'yinchoqlar bilan to'ldirish.

  4. Bolalar maydonchasidagi predmetlar joylashuvi tahlili.

Qo'shimcha: bolalar maydonchasiga oid bolalar adabiyoti namunalari.


Yüklə 354,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin