Alohida e'tibor qaratiladi: bilim, ko'nikma va malakalarni takomillashtirish.
Til va nutq
Mavzu: “Mening orzularim” mavzusida suhbat
Maqsad: bolalargapni grammatik jihatdan to'g'ri tuzishga o'rganadilar.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid rasmlar, Bilmasvoyning xati.
Faoliyatning borishi: “Mening orzularim” mavzusiga oid rasmlarni tomosha qilish va o'z orzusi tasvirlangan rasmni tanlash.
Bilmasvoyning xati. Salom, bolalar. Men sizlarga o'z orzularimni yozmoqchiman. Yoz fasli ham kirib keldi. Quyosh nurlarini sochmoqda, atrof oppoq qor bilan qoplangan. Men do'stim Dangasavoy bilan cho'milishni yaxshi kuramiz, shuning uchun cho'milishni orzu qilyapman. Bilimdon esa cho'milishni yoqtirmaydi. Men uni bilaman, u yoz bo'yi chanada uchishni xohlaydi. Bolalar, bilasizlarmi, yana nimani orzu qilaman? Yoz faslida daraxtlarda olma, bodring, qulupnaylar pishadi. Daraxt ustiga chiqib olib ularni maza qilib terib eyishni orzu qilaman. Ayniqsa, menga yoz faslining yanvarb oyi yoqadi. Bolalar, sizlar ham o'z orzularingizni menga yozib yuboringlar.
Bilmasvoyning xatini muhokama qilish va undagi xatolarni topish.
O'z orzulari haqida o'rtoqlari bilan suhbatlashish.
Muhokama qilish va rag'batlantirish.
Qo'shimcha:gilamdagi yostiqchalar ustiga yotib orzu qilishni taklif etish mumkin.