№4 2022
61
BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA`LIMDAN
FOYDALANISHNING METODIK XUSUSIYATLARI
Nurmatova Saodat Bazarovna
Samarqand viloyati Jomboy tumani 23-IDUM boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7248939
Annotatsiya: Integratsiya – o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashga yangi
yondoshuvi, boshlang’ich sinflarda integratsiyalangan ta`limni amalga oshirish
metodikasi va integratsiyalashgan darslarni amaliyotda qo‘llash haqida ma’lumot
berish.
Kalit so‘zlar: integratsiya, integratsiyalashgan ta’lim, metodika, boshlang’ich
ta’limda integratsiya.
Boshlang’ich sinflarda integratsiyalangan ta`limni amalga oshirish metodikasi
Integratsiya,integratsiyalash jarayonlari zamonaviy maktabga kirib kelib,faqat uning
mazmunini emas,balki kichik maktab o‘quvchilarini ekologik ta`limining tashkiliy
shakl va uslublariga ham faol kirib boryapti. O‘qituvchi bilim olish jarayonini
shunday tashkil etish kerakki, unda öquvchilar köproq mustaqil izlanishlari, o‘z
harakat va faoliyatlarining oqibatlarini oldindan bilishga örganishlari, bahs-
munozaralarda ishtirok etishlari, tabiiy va ijtimoiy muhitni yakunlashlari
kerak.Shuning uchun öqish vaqtining yarmini öquvchilar tabiat va ijtimoiy muhitda
ötkazishlari, amaliy-ijodiy va tekshirish ishlari olib borishlari kerak. Bu vazifani
ta`limning turli shakllarida bajarish mumkin:kuzatishlar, tajriba va sinovlar
ötkazish,san`at asarlarini qayta tiklash,modellashtirish, ijtimoiy muhitdagi öz harakat
va faoliyatlarini natijasini köra bilish, kitob bilan ishlash.
O‘qituvchi dars samaradorligini oshiruvchi, matematika, rus tili,öqish,
tabiatshunoslik fanlarini öqitishning turli-tuman shakllariga ega har bir dars
o‘quvchiga ilmiy bilim, tasavvur va tushunchalarning ma’lum bir yig’indisini berishi,
hamda tarbiyalash va rivojlantirishi kerak. Dasturdagi materialni ular dars davomida
o‘zlashtirishlari kerak. Bu o‘quvchilarning o‘quv mashg’ulotlari bilan ortiqcha
yuklanmasligining muhim shartidir, chunki yaxshi o‘zlashtirilgan dars uy vazifasini
bajarish uchun ketadigan vaqtni ancha qisqartiradi. Bu holatda asosiy prinsip : kichik
maktab o‘quvchilarining eng muhim vazifasi – o‘qish, mustahkam bilim olish,
darsdagi vazifa esa o‘qituvchi boshchiligidagi mehnat. Darsga tayyorlanar
ekan,o‘qituvchi birinchi navbatda uning maqsadini anglaydi va shu asosida darsning
mazmuni tanlanadi, asosiy savollar belgilanadi. Bunda o‘qituvchi faqat darslik
matnini gapirib berish bilan cheklanmasligi kerak. O‘quvchilarni qo‘shimcha material
bilan ko‘mib tashlamagan holda, ularga kitobda yo‘q misollarni ham berib borishi
Dostları ilə paylaş: |