Foydali qazilmalarni er osti usulida qazib olishda nobudgarchilik va sifatsizlanish asoslari


MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE



Yüklə 30,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.12.2023
ölçüsü30,17 Kb.
#198508
1   2   3
MMMS401

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 

Shaxta maydonini qazib olishda balans zaxiraning hammasi yer yuziga chiqarib 
berilmaydi, uning bir qismi yer ostida qolib ketadi. Foydali qazilma balans zaxirasining yer 
ostida qolib ketadigan qismi foydali qazilmaning nobudgarchiligi deyiladi. Nobudgarchilik 
miqdori foizlarda yoki yo‘qotilish koeffitsienti ko‘rinishida baholanadi. 
Yo‘qotilish koeffitsienti yo‘qotilgan foydali qazilma miqdorini balans zaxiraga nisbati 
orqali aniqlanadi. 
Foydali qazilmalar yo‘qotilishi uch guruhga ajratiladi. 
1. Muhofaza va to‘siq seliklarida qoldiriladigan umumshaxta yo‘qotilishi. 
Muhofaza seliklari kon ishlarining yer yuzida joylashgan sun’iy va tabiiy obyektlarga 
yoki kon ahimlariga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishni ta’minlaydi. To‘siq 
seliklari esa shaxta maydonidagi saqlanishi lozim bo‘lgan kon lahimlariga yer yuzidagi yoki 
yer osti suvlarini, shuningdek, gaz yoki loyqalarni qazib olingan bo‘shliq va tugatilgan kon 
lahimlari orqali sizib yoki yorib kirishidan saqlaydi. 
2. Kondagi geologik buzilishlar va gidrogeologik sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
yo‘qotilishlar. 
3. Ekspluatatsion yo‘qotilishlar. Ular quyidagilardan tashkil topadi: maydon bo‘yicha 
yo‘qotilish (tayyorlov lahimlari muhofaza seliklarning qazib olinmaydigan qismi, qazish 
bo‘shlig‘ida va qazish uchastkalari chegaralarida yo‘qotiladigan foydali qazilma); qatlam 
qalinligi bo‘yicha (qazish va tayyorlov lahimlari shifpi, asosi yoki qatlamni qavatlarga bo‘lib 
qazib olishda qavatlar orasida qoldiriladigan ko‘mir); kon ishlarini noto‘g‘ri olib borish 
natijasidagi yo‘qotilishlar (lahimlarning o‘pirilishi yoki suv bilan to‘lib qolishi natijasida 
qoldiriladigan seliklar); shaxta maydoni alohida qismlarini bir-biridan ajratish maqsadida 
qoldiriladigan yong‘inga qarshi seliklar; portlatish ishlari, tashish jarayonlari va shu kabi 
ishlarda sodir bo‘ladigan nobudgarchiliklar. [3; b.21]. 
Taxminiy hisoblashlar uchun qatlamning qalinligiga nisbatan ajratib olish 
koeffitsiyentining qiymatini quyidagi miqdorlarda qa’bul qilish tavsiya etiladi: 
yupqa qatlamlar uchun – 0,92–0,90; 
o‘rtacha qalinlikdagi qatlamlar uchun – 0,90–0,85; 
qalin qiyaroq qatlamlar uchun – 0,85–0,82; 
qalin tik qatlamlar uchun – 0,82–0,80. [3; b.23]. 
Kon bosimi – bu kon lahimi atrofini o‘rab turgan tog‘ jinslari massivida hosil bo‘lgan 
kuchlanish. 
Bu 
kuchlanish 
natijasida 
kon 
lahimi 
mustahkamlagichlarining 
deformatsiyalanishi yoki buzilishi, ship jinslarining cho‘kishi yoki buzilishi, lahim zaminining 
qavarishi, seliklarning burdalanishi, to‘ldirilgan massivning zichlanishi kabi jarayonlar sodir 
bo‘lishi shaklida namoyon bo‘ladi. 
Kon bosimining namoyon bo‘lish tavsifiga turli omillar ta’sir etadi. Bu omillar ikkita – 
geologik va kon-texnik – guruhlarga ajratiladi. Birinchi guruhga qatlam va tog‘ jinslarining 
fizik-mexanik xususiyatlari, qatlamning og‘ish burchagi, qalinligi va joylashish chuqurligi, 
konning suvdorlik darajasi, ship va zamin jinslarining tarkibi kabi omillar kiradi. Ikkinchi 
guruhga esa, lahimlarning o‘lchamlari, xizmat qilish muddati, tozalash kavjoylarining siljish 
tezligi, foydali qazilmani massivdan ajratib olish usuli, mustahkamlagichlar konstruksiyasi va 
tavsifi, kon bosimini boshqarish usullari kiradi. 
Biz shu vaqtga qadar bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari va fan-texnikaning hozirgi 
yutuqlarini tahlil qilish jarayonida quyidagilarni xulosa qildik. 



Yüklə 30,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin