Namangan davlat universiteti 4-kurs Strx-Fu20 guruh talabasi Turgunboyev Otajonning xalqaro munosabatlar va diplomatiya fanidan tayyorlagan slaydi
Franklar imperiyasi 843-yilda uchga bo‘linib ketganida, dastlab ularning hammasini Buyuk Karlning avlodlari boshqargan.
Lekin 919-yili Sharqiy Frank qirolligida (bo‘lajak Germaniya) mahalliy zodagonlar knyazlardan eng qudratlisi bo‘lgan Saksoniya gersogi Genrixni qirollikka saylaydilar.
Zodagonlar gersog Genrixga qirol etib saylanganligini bildirishmoqda
Natijada, franklarning karolinglar sulolasi o‘rniga mahalliy saksoniyaliklar sulolasi hokimyatga keladi. Shu tariqa yangi davlat – Germaniya qirolligi vujudga keladi.
Genrix I uzoqni ko‘zlab, aql bilan ish boshlab mamlakatni kuchaytirish yo‘lini tutadi.
Genrix I
Vengerlar bilan 9 yilga tinchlik sulhi tuzgan qirol mamlakat mudofaa qudratini yuklasaltirish maqsadida qator tadbirlarni amalga oshiradi.
Vengerlar bilan kurash. Genrix I ning o‘g‘li Otton I (936–973) davrida kuchli nemis otliq qo‘shini vujudga keldi. Uning asosini og‘ir qurollangan ritsarlar otliq qo‘shini tashkil etgan.
Burglarga tayangan yangi otliq qo‘shin ko‘magida Otton I vengerlar bilan hal qiluvchi jangga shaylanadi.
955-yilda Bavariyaning Lex daryosi bo‘yida bo‘lib o‘tgan og‘ir jangda vengerlar mag‘lub etiladi.
Yangi imperiya.
O‘zidan avval hech kim yenga olmagan dushmanni mag‘lub etgan Otton I o‘zini Yevropadagi eng kuchli qirol deb Hisoblay boshlaydi.
Otton I
962-yilda o‘z qo‘shini bilan Rimga kelgan Otton I ga papa Ioann XII imperatorlik tojini kiydiradi.
Muqaddas Rim imperiyasi imperatorlarining toji
German imperatorlari va cherkov.
X asrda Germaniya aholisi imperatorga nisbatan o‘z gersoglarining gapiga ko‘proq quloq solgan. Bunday vaziyatda Otton I va uning vorislari o‘ziga xos usul qo‘llaganlar.
Germaniyadagi yepiskop va abbatlarga yer-mulk, boyliklardan tashqari ko‘plab huquq va imtiyozlar beradi.
Imperatorning o‘zi esa kerakli odamni cherkov lavozimiga tayinlagan, zarur bo‘lsa yepiskoplarni va hatto, Rim papalarini hech qiyinchiliksiz almashtirgan.
Rim papalari
Otton I Rimda ko‘plab yepiskoplar ishtirokida o‘zi yoqtirmagan papalardan birining ustidan sud jarayonini uyushtirib, uni tahqirli holatda vazifasidan chetlatgan.