Fransiya ta’lim tizimi


-6 yoshlilar maktabga tayyorlov guruhi bo‘lib, ularga Fransiyada 100 foiz shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun



Yüklə 321,53 Kb.
səhifə2/5
tarix20.12.2023
ölçüsü321,53 Kb.
#187395
1   2   3   4   5
chet tili ta\'lim tizimi MUSTAQIL ISH

5-6 yoshlilar maktabga tayyorlov guruhi bo‘lib, ularga Fransiyada 100 foiz shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun
alohida dastur va darsliklar mavjud.
Maktabgacha ta’lim tizimi bolalar yoshiga qarab bir nechta turga bo’linadi bular:
kichik guruh 2 yoshdan 4 yoshgacha
o‘rta guruh 4 yoshdan 5 yoshgacha
katta guruh 5 yoshdan 6 yoshgacha

Boshlang’ich ta’lim

Fransiya boshlang‘ich ta‘lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilingan. Boshlang‘ich maktablar fuqarolarning qanday millatga, mamlakat fuqaroligiga mansub bo‘lishidan qat‘iy nazar, majburiy va bepuldir.

Boshlang‘ich ta‘lim 6 yoshdan boshlanib, 5 yil davom etadi.

 1-sinf ―tayyorlov sinfi deb ataladi;

 2-3-sinflar ―elementar sinf;

 4-5-sinf ―o‘rta sinflar deb ataladi.

Boshlang‘ich maktab bosqichiga qo‘yilgan asosiy talab o‘quvchilarga ifodali o‘qish, yozish, hisoblash malakasini berishdan iborat.

Boshlang‘ich maktabda dars jadvali va kun tartibini to‘g‘ri, odilona tuzishga katta ahamiyat beriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ta‘lim vazirligi “ o‘quvchi tabeli” joriy etgan. Bu tabel orqali maktab va uning pedagogik jamoasi, hamda xodimlari ota - onalar bilan uzluksiz aloqada bo‘lib turadilar. Fransuz maktablarida nafosat ta‘limiga alohida ahamiyat beriladi. Bunday ta‘lim uch tarkibdan iborat: musiqa, tasviriy san‘at, sport. Musiqa darslarida o‘quvchilarga badiiy so‘zlash, kuylash, raqsga tushish o‘rgatadi. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf kursida o‘quvchi eng ommalashgan musiqa asboblaridan birini chala oladigan bo‘lmog‘i kerak. Tasviriy san‘atda esa qiyish-yopishtirish, modellar yasash, surat solish, rang tanlash masalalari asosiy o‘rinni egallaydi. Sport ham ta‘limning shu jabhasiga kirib, bolalar bunda yugurish, sakrash, emaklash, turli shakllarda yurish kabi mashqlarni bajaradilar. Sport mashg‘ulotlari va musobaqalari jarayonida bolalarni o‘zini idora eta olishi, bir-birini qo‘llabquvvatlashi, do‘stlik va hamjihatlilikni tarbiyalashga asosiy e‘tibor qaratiladi.


Yüklə 321,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin