Fransiyada ta’lim siyosatining olib borilishi



Yüklə 23,02 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2022
ölçüsü23,02 Kb.
#76383
1   2   3   4
FRANSIYADA TA’LIM SIYOSATINING OLIB BORILISHI

O’rta ta’lim
O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga o‘tadilar. O‘rta ta‘lim kollej va litseylarda amalga oshiriladi. Kollejda o‘qish majburiy ta‘lim bo‘lib, 4 yil davom etadi va 3ta siklga bo‘linadi.
1. Moslashuv sikliga 6-sinf kiradi. Bu sinfga boshlang‘ich sinf bitiruvchilari imtihonsiz qabul qilinadi.Bu sinfda o‘quvchilar chet tilini tanlaydilar, mustaqil o‘qishga o‘rganadilar.
2. Markaziy sikl.
Markaziy sikl 5-4-sinflarni o‘z ichiga oladi.Bu siklning maqsadi boshlang‘ich sinfda olgan bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirishdir.5-sinfda lotin tilini fakultativ fan sifatida o‘rgana boshlaydi, 4-sinfda ikkinchi chet tilini tanlaydi.
3. Kasbiy yo‘naltirish sikli
Bunga 3-sinf kiradi.Umumiy ta‘lim, texnik yoki kasbiy yo‘nalishni tanlashga tayyorlaydi. Qadim yunon tilini o‘rganadi.Bu sikl oxirida o‘quvchilar milliy imtihon topshiradi va kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha guvohnoma oladilar. 3-sinfoxiridao‘quvchilarumumiyyokitexnologiklitseyning 2-sinfigaqabulqilin yoxud kasbiy litseylarga hujjat topshiradilar.
Litseylar
Umumiy litsey. Bu litseyni bitiruv imtihonlaridan keyin oliy ta‘limga hujjat topshirish huquqi beriladi.
Texnologik litsey. Bu litseyni bitirayotgan o‘quvchilar texnologik universitetlarda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish uchun imtihon topshiradi.

Har ikkalasida o‘qish 3 yil davom etadi.


Kasbiy litseylar. Bu litseylarda o‘qish 2 yil davom etadi.O‘qish oxirida kasbiy tayyorgarligi haqida guvohnoma va kasbiy layoqati haqida sertifikat beriladi.

O‘rta ta‘lim ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo‘lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5, 4 o‘rta, 3-sinf esa katta sinf hisoblanadi. Demak, sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi.


Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o‘rgatidi: fransuz tili va adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari), tarix, Fransiya geografiyasi, matematika, tabiiy fanlar.
Shunday qilib, 6-5-sinflarumumiy o‘rta ta‘lim beradi: 4-3-sinflarda o‘quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi.
Birinchi bosqich yakunlangach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha guvohnoma oladilar.
Bundan keyin o‘quvning ikkinchi bosqichi boshlanadi.Bu bosqichda o‘quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta‘lim oladilar. O‘qish 3 yil davom etib 2-sinf kichik, 1-sinf o‘rta va yakunlovchi sinflarga bo‘linadi.
O‘quvchilar umumiy ta‘lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so‘ng bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bo‘lganlargina oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqini qo‘lga kirit o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha guvohnoma oladilar. .
Umumiy ta‘lim yo‘nalishidagi uch yillik ta‘lim litseylarida quyidagi fanlar o‘qitiladi: adabiyot tarixi, ona tili va adabiyoti, lotin tili, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari bo‘lishi mumkin), tarix, geografiya, Fransiya ekonomikasi.
Xuddi shu 3 yillik bosqichli texnik litseylarda uning yo‘nalishlariga qarab matematika, fizika, ximiya hamda boshqa tabiiy fanlar o‘qitiladi.Shunisi diqqatga sazovorki, o‘quvchining bu bosqichda chet tillarni o‘rganishiga katta e‘tibor beriladi.Talab, o‘qishni tugatgach, o‘quvchilar kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart.
O‘quvning bu bosqichini guvohnoma bilan tugallagan o‘quvchilar oliy maktab sanalmish institutlar va universitetlarga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Lekin hamma oliygohlarga ham imtihonsiz kirib bo‘lmaydi. Talabalar oliy pedagogika instituti, politexnika instituti, oliy ma‘muriy maktablarga kirish imtihonlari bilan qabul qilinadilar, ularning shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko‘riladi.
Oliy ta‘limga faqatgina bakalavriat litseyini tugatgan talabalar qabul qilinadi
Fransiyadagi oliy ta‘lim 2 turga ajratiladi:
universitet;
─ oliy maktab.
Davlatdagi 79 ta universitetning asosiy qismi ko‘p yo‘nalishli, ammo ba‘zilari bir yoki ikki mutaxassislik bo‘yicha o‘qitadi. (Parij II: huquq va iqtisodiyot)
Fransuz ta‘lim tizimi davom etishiga ko‘ra:
Qisqa muddatli ─ 2 yil davom etadi. Bunday o‘qishlarga dose bo‘yicha qabul qilinadi, chunki ish joylari kam, xohlovchilar esa ko‘p. Qisqa muddatli ta‘limning maqsadi ─ oz vaqt oralig‘ida kasbiy bilimlarga ega bo‘lish va ishga joylashishdir.
Uzoq muddatli ─ bakalavrlarning yarmi universitetlarda o‘qiydi, ammo 40%i bir yil ichida u yerni tark etadi. U 3 bosqichdan iborat:
• 1. 2 yil davom etib, umumiy ta‘lim bo‘yicha universitet diplomi qo‘lga kiritiladi.
• 2. 1 yil davom etib, litsenziya olinadi. Shuningdek, metris (ixtisoslashish) yana, 1 yil.
• 3. O‘z ichiga ta‘lim hamda amaliyotni oladi va 1 yil davom etadi.



Yüklə 23,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin