Oliy maktablar Oliy maktablar fransuz ta‘lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. U davlat tizimidagi oliy universitet ta‘limiga zid hisoblanadi va xalqaro miqyosda qiyosiy tasnifga kirmaydi. Fransiyada oliy maktabda o‘qish universitetda o‘qishdan ortiq hisoblanadi.Universitetlarga imtihonsiz qabul qilinadi.Oliy maktabga esa katta konkurs asosida murakkab kirish imtihonlarini topshirish zarurdir.
Oliy maktablarga kirish qanchalik qiyin bo‘lsa, kasbiy istiqbollar shunchalik yaxshi bo‘ladi. Bitiruvchilarni to‘liq ish bilan ta‘minlash kafolatlanadi, eng zo‘r ishchi o‘rinlarga joylashadi.
Sorbonna ─ Fransiyaning eng qadimgi va mashhur universiteti.
Sorbonnaning tarixi 1215-yildan boshlanadi. Bu vaqtda Senaning chap tomonida joylashgan cherkov kollejlari Parij universiteti degan umumiy nom ostida birlashtirilgan edi. 40 yil o‘tgach qirol Sorbon tashabbusi ostida universitet qoshida kollej ochildi va u yerda kambag‘al aholi tahsil oldi. 1968 yil universitet bir necha avtonom institutlarga bo‘lib tashlandi:
1. Panteon Sorbonna ─ bu yerda 40 ming student ta‘lim oladi. Bu erda huquq, iqtisod, san‘at va arxeologiya tarixi, geografiya, tarix, falsafa, matematika, informatika, boshqaruv va menejment bo‘yicha diplom beriladi.
2. Yangi Sorbonna ─ Sorbonna ko‘chasida joylashgan bo‘lib, gumanitar yo‘nalishi va nisbatan kichkinaligi bilan ajralib turadi. Bu erda 20 mingga yaqin talaba fransuz va lotin tillari hamda adabiyoti, nemis tili, ispanshunoslik, sharqshunoslik, Arabshunoslik yo‘nalishlaridan tahsil oladilar.
3. Rene Dekart nomli universitet /Strasburg Universiteti/ Strasburg Universiteti Fransiyaning tarixiy universitetlaridan biri.Unga 1621 yil asos solingan.Fransiya ─ Prussiya urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng universitet Kayzer Vilgelm nomiga o‘tgan. 1918 yil esa yana o‘z nomiga qaytgan. 1970 yillarda Strasburg 3 qismga bo‘lingan:
1. L.Paster nomidagi Strasburg universiteti ─ o‘z ichiga tibbiy, aniq va tabiiy, yer haqidagi ta‘limot fakultetlarini, matematika
bo‘limini, fizika institutini, Yer fizikasi, kimyo, fiziologiya va bioximiya, botanika, zoologiya, umumiy biologiya, geologiya, geofizika fakultetlarini va 2 ta kollejni oladi.
2007 yil 15 yanvar kuni Universitetga 1847 talaba qabul qilindi.Shulardan 3000 tasi chet ellikdir.
2. Mark Blox nomidagi 2 ─ Strasburg Universiteti ─ 10 ta fakultetni o‘z ichiga qamrab olgan. Bular: san‘at, tarixiy fanlar, gumanitar fanlar, filologiya, lingvistika, falsafa, ijtimoiy fanlar, sport ta‘limi, katolik va pravoslav teologiyasi. Bu yerda 13000 ga yaqin student o‘qib, 25 % i ajnabiylardir.
3. Robert Shuman nomidagi 3 ─ Strasburg Universiteti ─ 160 ta mutaxassislik bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi. 10000 ta‘lim oluvchilar bo‘lib, 1500 chet el talabalaridir.