O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI "ARXEOLOGIYA VA BUXORO TARIXI" KAFEDRASI "Ro'yxatga olindi" "Arxeologiya va Buxoro tarixi" kafedrasi _____________________________ "___" ____________________ 2023y
“Tarixiy o’lkashunoslik” fanidan
“O’zbekiston toponomikasiga oid atamalarning yozma manbalarda qayd etilishi” mavzusidagi
Kurs ishi BAJARDI: 60220300– Tarix
(mamlakatlar va yo’nalishlar bo‘yicha),
5-3 Tar 21guruhi talabasi
____________________________
ILMIY RAHBAR:
“Arxeologiya va Buxoro tarixi” kafedrasi
o’qituvchisi
__________________________________
Buxoro - 2023
MAVZU: O`ZBEKISTON TOPONOMIKASIGA OID ATAMALARNING YOZMA MANBALARDA QAYD ETILISHI. REJA: KIRISH I BOB.O`zbekiston toponomikasi . 1.1 O`zbekistonda toponimikaning shakllanishi
1.2 O`zbekiston toponimlarining ba`zi grammatik xususiyatlari. ”Devonu lug`otit turk” asarida toponimlar.
II BOB. O`zbekiston toponomik atamalarining yozma manbalarda qayd etilishi 2.1 O`zbekiston toponimlarining o`rganilishi tarixi
2.2 Yozma yodgorliklarning toponomik tahlili.”Hudud ul-olam”, ”Buxoro tarixi” asarlari misolida.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilovalar
KIRISH Mavzuning dolzarbligi:
Joylarga qo‘yilgan nomlar, ya’ni toponimlar bugungi kunda ham ma’naviy meros, ham madaniy boylik, ham tilimizning qadimiy xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan ko‘hna tarixiy yodgorliklardan biri sanaladi: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi” Bugungi mustaqillik davrida yoshlarni ona-vatanga muhabbat, ilm-fanga qiziqish ruhida tarbiyalashda nomlarning, xususan, toponimlarning roli benihoya kattadir. Sababi, ijtimoiy-siyosiy sohadagi har bir yangilik va o‘zgarish kishilarning, yoshlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib turadi. Bu esa o‘z-o‘zidan nomlarga va yana ham aniqrog‘i, toponimlar masalasiga e’tibor qaratish zarur ekanligini eslatib turadi. Bu – yoshlarimizni vatanparvar hamda milliy qadriyat va urf-odatlarimizga sadoqat ruhida, shuningdek, ilm-fanga ishtiyoq va qiziqish tarbiyalashda toponimlarning ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev “Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala”, deb bekorga aytmagan.