II BOB. O`zbekiston toponomik atamalari manbalarda. 2.1 O`zbekiston toponimlarining o`rganilishi haqida. O‘rta Osiyo va uning geografik nomlari to‘g‘risidagi eng qadimgi ma’lumotlar miloddan avvalgi VI-V asrlarda yunon olimlari asarlarida uchraydi. «Tarix fani otasi» deb nom olgan Gerodot (miloddan avvalgi 485-425 yillar) Girkand (Kaspiy) dengizidan sharq tomondagi hududni «bepoyon tekislikdan iborat» deb atagan, Araks daryosini (Amudaryoni) tilga olgan. Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn)ning bostirib kelishi (miloddan avvalgi 334-325 yillar), shuningdek savdo aloqalarining avj olishi qadimgi dunyo olimlarining geografik tasavvurlarini kengaytirishga imkon berdi. Aleksandr Baqtriya bilan Sug'diyonada sakkizta shahar, boshqa bir ma’lumotlarga ko‘ra o‘nta shahar qurgan, shulardan Aleksandriya deb atagan (masalan, Aleksandriya Esxata «Chekka Aleksandriya»,hozirgi Bekobod shahri yaqinida), Kiropol (Tojikiston Respublikasidagi Shahriston dovoni yaqinidagi Shahriston qishlog‘i o‘rnida bo'lgan degan fikr bor). Shu bilan birga fotih bir qancha shaharlami, jumladan Marakandni (Samarqandni) vayron qilgan. Aleksandr Makedonskiyning buyrug'i bilan yozib borilgan mukammal kundaliklar ham, uning urushlari tarixiga oid birinchi manbalar ham bizgacha yetib kelmagani boic geografik ma’lumotlarda ko‘p narsalar noma’lum bo'lib qolayotir. O‘rta Osiyoning, jumladan O'zbekistonning daryolari, tabiiy geografiyasi, shaharlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar miloddan avvalgi I asrga kelganda aniq bir tus oladi. Masalan, qadimgi yunon geografi va tarixchisi, 17 jildlik «Geografiya» asarining muallifi Strabon (miloddan avvalgi 64-63-23-24 yillar), tarixchi va yozuvchi, 7 jildlik Aleksandr Makedonskiy yurishlari tarixi muallifi Flaviy Arrian (95-175 yillar), 10 jildlik «Aleksandr Makedonskiy tarixi»6ni yozgan Ruf Kurtsiy (I asr), Yaksart (Sirdaryo), Politimet (Zarafshon) haqida ma’lumotlar berganlar. Arrian Sirdaryo bo‘yida sug'diylarning Vasileyya shahrini tilga olgan. Astronom Klavdiy Ptolemey (taxminan 90-160 yillar) O‘rta Osiyo geografiyasi haqida keng ma’lumotlar berib o‘lka hududlarini, daryolari, shaharlarini tasvirlab yozgan. Shunday qilib, antik dunyo olimlarining asarlarida O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonda bir qancha nomlar, chunonchi Girkand dengizi, Araks (Amudaryo), Oks (Oksos-Amudaryo), Xorasmiya (Xorazm) shahri, Qang‘ (Kangxa,Qanguy) davlati, Yaksart (Sirdaryoning eng qadimiy maxalliy nomi), Marakand (Samarqand), Politimet (Zarafshon) va boshqalar tilga olingan. Milodning VII asridan e’tiboran arab xalifaligi mamlakatlarida ham fan rivojlana boshladi. Arablar bosib olgan O‘rta Osiyo ham ana shu xalifalik tarkibida edi. O‘rta Osiyodagi, avvalgi mustaqil bo'lgan mamlakatlar o‘sha vaqtda o‘z yozuviga ega yuksak madaniyatli davlatlar edi. Ularda ta’lim tizimi, sug‘orma dexqonchilik rivojlangan, yirik shaharlarda boy kutubxonalar bo'lgan. O‘rta asrlarda Turkistonda buyuk olimlar ijod qilganlar va jahon fanini, jumladan toponimikani rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. Masalan, Beruniyning geografik va toponimik merosi «At-tafxim», «Hindiston tarixi», «Al-osorul boqiya», «Qonuni Ma’sudi» asarlarida keltirilgan. Olim xorazmliklarda Vaxsh suvlami, jumladan Jayxun daiyosini nazorat qilib turgan malak nomi ekanligini aytgan. Demak, Amudaryoning o‘ng irmog‘i bo`lgan Vaxsh, Surxondaryo viloyatidagi Vaxshivor, Vaxshivordara kabi toponimlar o‘sha suv parisi nomi in’ikosidir. «Geodeziya» asarida Beruniy o‘sha vaqtdagi Sariqamish ko‘lini Xiz tengizi, ya’ni «Qiz dengizi» deb atagan. Olim toponimika qonuniyatlariga oid bir qancha fikrlar bildirgan, masalan, yunonlar va arablar turkiy so'zlarni buzib o‘z tillariga moslab talaffuz qilganliklari oqibatida bir qancha so‘zlarning ma’nosi o‘zgarib ketganini, (masalan, turkiycha tosh so‘zini arablar shosh deb talaffuz qilishlarini) aytadi. Beruniy o‘zining «Saydana» asarida 400 dan ortiq qishloq, tog‘, daryo, shahar va orollar, «Qonuni Ma’sudi» kitobida 600 dan ortiq joy nomlarini tilga olgan. Shundan 85 tasi O‘rta Osiyo va Xurosonga tegishlidir. O‘rta asrlardagi barcha tarixiy, geografik va lingvistik asarlar orasida toponimika uchun hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan asar, bu Mahmud Qoshg`ariymng uch jildli «Devonu lug‘otit turk» kitobidir. O‘zbekistonning tarixiy toponimiyasi uchun yana bir o‘ta qimmatli asarlaridan biri Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobi sanaladi. Kitob 934-944 yillarda arab tilida yozilgan. 1128-1129 yillarda forschaga qisqartirib tarjima qilingan, noma’lum muallif kitobga mo‘g‘ullar bosqinchiligigacha bo`lgan voqealami qo‘shgan. Kitob o‘zbekchaga tarjima qilingan (Toshkent, 1966). Bu asarda O‘rta Osiyoning VIII-XII asrlardagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti yoritilgan. Shu bilan birga eski Buxoro va uning yaqinidagi bo`lib bir necha yuz geografik nom tilga olingan. Shunisi qiziqki, X-XI asrlardagi ko‘pgina geografik nomlar hozirgacha saqlanib qolgan. Shulardan Nur (hozirgi Nurota), G‘ijduvon, Romitan, Shopurkom, Karmana qadimiy nomlardir. Varaxsha (Faraxsha), Poykand Buxorodan ham keksa shaharlardir, deb yozadi Narshaxiy. Tarixchining ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoroning Numijkat, Bumiskat, Madinat-us-sufriya («Mis shahri»), Madinat-tujjor («Savdogarlar shahri»), Foxira degan nomlari bo`lgan. Shopurkom arig‘i (hozir qishloq ham) Eron shahzodasi Shopurning nomi bilan atalgan ekan. Shopur buxorxudotdan (Buxoro hokimidan) yer olib, qasr qurgan va Vardona qishlog‘ini barpo qilib, ariq qazib keltirgan. Shopurkom-«Shopur arig`i» demak. Shopur ismi o‘z navbatida ikki so'zdan iborat: shox, pur-o‘g‘il, shahzoda. Kom atamasi qadimdan Buxoro atrofida iste’molda bo‘lgan va hozir ham anchagina geografik nomlar tarkibida uchraydi: Komi Zar, Komi Akka (Zarafshonning bir nomi), Haramkom va hokazo. O‘zbekiston joy nomlarining o'rganilishiga «arab geograflari» nomi bilan mashhur olimlar katta hissa qo‘slogan. Shu narsa e’tiboga sazovorki, yangi qo‘shib olingan hududlarning ma’muriy tuzilishini oi'niga qo‘yish munosabati bilan «Soliq daftarlari-«Kitob al-xaraj» va «Yilnomalar» paydo bo’lgan. Bunday nomalarda viloyatlar va aholi punktlari, dexqonchilik va kasb-hunar mahsulotlari, bekatlar, ular orasidagi masofa, aloqa sharoiti ko‘rsatib qo‘yilar edi. Asli eronlik boigan arab geografi Abulqosim Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Xurdodbexning (XI asr) «Kitob al-masolik va mamolik»-«Yilnomalar va mamlakatnomalar»kitobi shunday geografik asarlarning dastlabkisi edi. Bunday ma’muriy-statistik yo‘nalish Al-Yaqubiyning «Kitob albuldon» («Mamlakatlar kitobi»), Ibn Ja’far Qudamaning «Soliqnoma» («Xaraj kitobi”)7 asarlarida o‘z rivojini topdi. Arab geografiyasi ayniqsa X asrda keng rivojlandi. Ibn Rusta (Abu Ali Axmad ibn Umar) geograflar orasida alohida o‘rin tutadi. Uning «Kitob al-alak an-nafisa» («Durdonalar kitobi») asarida O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonga bag’ishlangan qismi Vatanimiz toponimikasi uchun juda muhim. Ibn Rusta, chunonchi, Buttam tog’laridan oqib keladigan Qumrud va Xovarrud daryolarini Romid (hozirgi Kofirnihon) daryosining irmoqlari deb ataydi. Akademik V.V.Bartoldning fikricha, bu daryolar hozirgi Surxondaryoning Qoradaryo, To‘polondaryo, Sangardakdaryo nomli irmoqlari bo’lishi kerak, Buttam tog’lari esa Birinchi Buttam (Hisor tizmasi), O‘rta Buttam (Zarafshon tizmasi) va Tashqi Buttam (Turkiston tizmasi) tog’laridan iborat bo’lgan. X asrda Istaxriy (Abu Isxoq Ibrohim ibn Muhammad al-Farisiyning «Kitob al-masolik va al-mamolik» asari (930-933yillar) arab geografiyasining katta yutug’i edi. Keyinchalik (976-977yillar) Movarounnahrga sayohat qilib, uni tasvirlab yozgan ibn Havqal Istarxiy asarini yanada to’ldirdi. Masalan, ibn Havqalning guvohlik berishicha, Sag‘onrud (Chag‘onrud), ya’ni Surxondaryo Termiz shahridan pastroqda Amudaryoga quyilgan. Xalifalik tarkibidagi o‘lkalar, jumladan Movarounnahr geografiyasi, tarixi, iqtisodiyoti, madaniyati, jumladan toponimiyasi haqida Muqaddasiy (Shamsiddin Abu Abdallox Muhammad ibn Ahmad) ayniqsa to'liq ma’lumot bergan. Muqaddasiy ma’lumotlariga ko‘ra, Chag‘oniyonda (Surxondaryo vodiysida) 16000 ga yaqin qishloq bo‘lgan. Sayyoh Farg‘onada Axsikat, O‘zgand, O‘sh, Qubo (Quva), Marg‘inon, Rishton, Koson, Bob(Pop), Asht, Andukon (Andijon), Xuqand (Qo‘qon) kabi 40 ta shahar hamda jome masjidli qishloqni sanab o‘tadi. Muqaddasiy va boshqa arab geograflarining asarlarida nomlari hozirgacha saqlanib qolgan toponimlar tilga olingan: Zomin, Jizzax, Sobot, Xovos, Kurkat, Samg‘ar, Xo‘jand va boshqalar. Bu kabi ma’lumotlar Vatanimiz toponimiyasining qadimiy ekanligini ko‘rsatadi. Axsikat, Samarqand, Farg‘ona, Choch (Toshkent) kabi nomlar VIII asrga oid sug'd hujjatlarida va undan ham oldin, Andigon (Andijon), Zomin, Isfara, Ishtixon, Karmana, Kesh (Shahrisabz), Marg‘inon (Marg'ilon), Miyonqol, Miyonrudon («ikki suv orasi»)-Norin bilan Qoradaryo oralig‘i, Narpay, Naxshab (Qarshi), Parak (Chirchiq), Barsket (Parkent), Biskat (Piskent), Biskom (Piskom), Pishag‘ar, Bob (Pop), Rishton, Sobot, Soyliq, Tavovis, Usrushona, Farg‘ona, Forob, Xotunkat, Jadg‘al(Chotqol), Chag‘oniyon (Surxondaryo vodiysi), Chinachkat-Jinanjkat (Chinoz), Shovdor, Qalqonqud, Quva, Qurshob (Xurshob), Xuqand (Qo‘qon), G’ijduvon, Xuzor (G‘uzor), Hazorasp kabi nomlar IX-X asrlar manbalarida arab geograflarining asarlarida, «Hudud al olam»da, Narshaxiyning «Buxoro tarixi»da tilga olingan. XIII asrda ijod qilgan Yoqut (Yoqut ibn Abdulloh ar-Rumi al Hamaviy)8 «Mu’jam al-buldon» nomli ko‘p jildli lug‘atida geografiyaga oid barcha ma’lumotlami jamlab katta toponimik meros qoldirgan. Yoqut O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonning ma’lum va mashhur Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Zomin, Naxshab (Nasaf-Qarshi), Farg‘ona, Uzkand (Yuzkand-O‘zgant), Axsikat, Xuqand (Qo‘qon), Xo‘jand, O‘sh, Dabusiya, Shosh (Toshkent), Usrushona, Farob, Termiz, Asfijob-Isfijob kabi shahar va qishloqlari haqida mukammal ma’lumot qoldirgan. Yoqut geografik nomlami hozirgi ilmiy til bilan aytganda topoformantlarga qarab tasnif qilgan. Masalan, obod so‘ziga kelganda shuni aytish kerakki, deydi Yoqut, bu unsur shaharlar, qishloqlar va viloyatlar nomlari tarkibida ko‘p uchraydi: Asadobod, Rustamobod, Husnobod kabi. Asad kishing ismi, obod esa forscha «aholi punkti» degan ma’noni bildiradi, demak, Asadobod «Asad shahri yoki qishlog’i» demakdir. Umuman olganda, arab geograflari asarlarida respublikamiz toponimiyasi haqida ko‘plab ma’lumot topsa bo’ladi. Turkiy tarixiy va lisoniy manbalardan toponimika uchun eng ahamiyatlilan sifatida Mahmud Qoshg`ariyning «Devonu lug‘otit turk» va Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarlarini alohida tilga olish mumkin. «Devonu lug‘otit turk»ning toponimika fani uchun ahamiyati shundaki, asarda 200 ga yaqin turkiy toponimlar (olayig‘och, Badalart, Qargalik), ko‘plab etnonimlar-o‘sha vaqtdagi turkiy qabilalarning nomlari (yag‘ma, chigil, sug‘dak «sug'diylar») va ularning geografiyasi, bir necha o‘nlab qadimiy turkiy ismlar (Bektur, Arslontegin, Turumtoy), ko‘plab geografik atamalar (art, dovon, yozyozi «dasht», balki «shahar»), shuningdek o‘simlik va hayvonlaming qadimiy turkiy nomlari (avya behi, so‘kso‘k-«saksovul», qazin-qayin, yag'an, qoz-g‘oz, chabaq — mayda baliq keltirilgan. «Devonu lugoi-it turk»ning uchta jildida keltirilgan boy toponimik materiallar joy nomlarining etimologiyasini tadqiq qilishda, toponimlarning qadim fonetik shakllarini aniqlashda o‘ta qimmatli manbalar bo’lib xizmat qiladi. (Bu asar haqida yanada ko’proq ma’lumot olish uchun I bobga qarang). Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarida tarix, etnograliya, geografiyaga oid qimmatli ma’lumotlardan tashqari, toponimika sohosida ham boy materiallar keltirilgan. «Bobumoma»ning bu boradagi ahamiyati shundaki, undan toponimlarning qadimiy shakllarini bilib olish mumkin: Dizak -Jizzax, Ko‘hak-Zarafshon, Sayxun, Xo'jand suyi yoki Sir suyi Sirdaryo, Chir-Chirchiq va hokazo. Bobur tilga olgan ko‘plab geografik atamalar toponimlarning kelib chiqishini aniqlashda va o‘zbekcha ilmiy terminologiyani ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega, masalan: band-to‘g‘on yoki «bekat», jazoir-orol, jangal-o‘rmon, tangi-tor dara quruq qo‘l yoki suvsiz qo‘l-soylik, parcha tog‘-qoldiq tog, tagob-o‘zan, tuz-tekislik, to'qay-daryo muyulishi, ushoq tog‘lar-past tog’lar, yayloq-yaylov, obgir-botqoqlik, kо‘tal-dovon, qasaba-shaharcha, pushta-tepalik, qo'ruq-qo'riqxona,uchma,tik yonbag‘ir, yoz-bahor, yozi-dala, obshor-sharshara va boshqalar. Keyingi ikki asr davomidagi tarixiy, lingvistik, geografik asarlardan O‘zbekiston toponimikasiga oid ko‘plab materiallar topish mumkin. O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston toponimikasiga oid dastlabki asarlardan biri vengriyalik olim Arminiy Vamberining (1832-1913)9 O‘rta Osiyoga maxfiy sayohati mahsuli bo’lmish «Markaziy Osiyoning geografik nomlari» (nemis tilida) deb atalgan asaridir. Asarning lug‘at qismida 600 ga yaqin geografik nom va atama alifbo tartibida berilgan. Bu esa o‘sha davr uchun katta yutuq edi. Biroq geografik nomlar izohlarida xatoliklar ham uchraydi. Masalan, Jizzax-«issiq», Andijon-ont, qasam va jon, jonday inoqlik, Sariosiyo-«sariq tegirmon», Sirdaryo-«jildirab oqadigan» degan ma’noni bildiradi deb yozgan. Rus sharqshunoslaridan N.V.Xanikov, L.N.Sobolev, N.F.Sitnyakovskiy, V.L.Vyatkin asarlarida bir qancha ma’lumotlar O‘zbekiston toponimikasiga bag‘ishlangan. Masalan, N.V.Xanikovning «Buxoro xonligi tasviri» (Xanikov N. Opisanie Buxarskogo xanstva, 1843) asarida o‘sha davrda iste’molda bo‘lgan otaliq, qo ‘rchi, tunqotar, shig‘ovul kabi ko‘plab ijtimoiy-siyosiy atamalar tilga olinganki, ular hozirgi vaqtda bir qancha toponimlaming ma’nosini tushunib olish uchun kalit bo’lib xizmat qiladi. Kitobda 92 o‘zbek qavmlarining dastlabki ro‘yxati keltirilgan. L.N.Sobolevning «Zarafshon okrugi haqida geografik va statistik ma’lumotlar» (Sobolev L.N.Geograficheskie istatisticheskie svedeniya о Zeravshanskom okruge.1874) kitobida Zarafshon vodiysidagi qishloq, shaharlarning ro‘yxati berilgan. Unda qishloqning qaysi ariqdan suv ichishi va aholisining qaysi qabila yoki urug‘ vakillari ekanligi ham aytib o'tilgan. Chor armiyasining ofitseri N.F.Sptnyakovskiyning Zarafshon vodiysiga bag’ishlangan tarixiy-geografik asarida (Sitnyakovskiy N.F. Zametki о Buxarskoy chasti dolino Zeravshana.) Narshaxiyning «Buxoro tarixi»da (X asr) tilga olingan ko‘pgina ariqlar hamon o‘sha eski nomlari bilan atalishi qayd etilgan. Kitobga Zarafshon vodiysidagi bir necha yuz ariq, shahar va qishloq nomlarining ro‘yxati ilova qilingan. Bu esa toponimika fani uchun qimmatli boy tarixiy-geografik material bo’lib xizmat qiladi. O‘zbekistonning tarixiy geografiyasini, jumladan toponimiyasini o'rganishda inqilobdan oldin va sovet davrida ijod qilgan tarixchilar orasida V.L.Vyatkin alohida o‘rin tutadi. Olimning Samarqand va Toshkent viloyatlariga bag‘ishlangan va vaqf hujjatlari asosida yozilgan tarixiy-geografik asarlarida ko‘pgina toponimlarning kelib chiqishi haqida so‘z boradi. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida ijod qilgan rus sharqshunoslari orasida O‘rta Osiyoning, jumladan O‘zbekistonning tarixiy geografiyasini va toponimikasini o‘rganishda akademik V.V.Bartold ijodi alohida o‘rin tutadi. Bartold asarlarida O‘zbekistondagi yuzlab tarixiy geografik nomlar tilga olingan, bir qancha toponimlarning etimologiyasi keltirilgan, olim, masalan, Bag‘dod shahri (Iroq) nomini «Xudo in’omi» deb izohlagan. Chunki qadimgi eroniy tillarda, jumladan sug‘d tilida bog (fag-bag) «xudo», «yaratuvchi» degan ma’noni ham bildirgan. Birgina shu misol vaqt o‘tishi bilan atamalaming ma’nosi o‘zgarib turishini ko'rsatadi. Yana bir misol. Ilk o‘rta asrlarda dehqon (dehigon) deganda «zamindor», «katta yer-mulkka ega bo‘lgan boy» tushunilgan. V.V.Bartold asarlarining 9 jildli har birida (Moskva, 1963-1977) berun, vaqf, varg‘, vixara, diz, qarshi, rabod, rabot, rustaq, to‘rtko‘l, chorsu, shahriston, hisor, o‘rchin kabi yuzlab qadimiy geografik, tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy atamalar tilga olittgan va imkon qadar zohlangan. O‘zbekiston toponimiyasini tadqiq qilish bilan shug‘ullanadigan har bir mutaxassis M.S.Andreev, S.P.Tolstov, Ya.G‘.G‘ulomov, B.A.Ahmedov, A.R. M uxam m adjonov, M. Ye. M asson, O.D.Chexovich, A.A. Semenov, O.A.Suxareva kabi olimlarning tarixiy-geografik asarlaridan O‘zbekiston toponimlarining ma’nosi, kelib chiqishi haqida talay materiallar topadi. O‘zbekiston toponimiyasini o‘rganishda geograflar ham katta hissa qo‘shganlar. Professsor N.G.Mallitskiyning ayrim atamalar to‘g‘risidagi maqolasi, xususan Toshkentning mahallalari va mavzelari nomlari haqidagi asari toponimika uchun qimmatli materiallardir. O‘zbekistonda toponimika fanining va geografik atamashunoslikning rivojlanishida professor H.H.Hasanovning xizmatlari katta. Olimning «Geografik nomlari imlosi» (1962) « O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan» (1965) «Geografik nomlar siri» (1985), «Yer tili» (1977), «Geografiya atamalari lug‘ati»(1966)10, «O‘rta Osiyolik geograf va sayyohlar» (1964), «Sayyoh olimlar» (1981) kabi asarlarida, ko‘plab risolalari va maqolalarida O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda joy nomlarini o'rganishga qadimdan ahamiyat berib kelinganni qayd qilingan. Ayrim toponimlarning etimologiyasi aniqlangan. Olim tarixiy, geografik nomlarni izohladi, dunyodagi ko'plab nomlaming hozirgi o‘zbek tilida yozilishi (transkripsiyasi) qonuniyatlarini ishlab chiqdi, eski o‘zbek geografik terminologiyasini zamonaviy, ilmiy terminologiya asosida qayta ishladi: Masalan, uqiyonus-okean, ota-orol, yonartog‘-vulkan, ko'rfaz-qo‘ltiq, jug'rofiya-geografiya kabi. Tilshunos toponimistlardan professorlar T.Nafasov, Z.Do'simov, dotsent N.Oxunov O‘zbekistonda toponimikaning rivojlanishiga, toponimlarning nominatsion (nomlanish) qonunlarini ochib berishga salmoqli hissa qo‘shdi va ko‘plab joy nomlarining etimologiyasini aniqlab berdilar. O‘zbekistonda toponimika fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan biri T.Nafasov O‘zbekistonda birinchi bo‘lib toponimikadan nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Keyinchalik sohaga oid bir qancha risola, maqolalar chop etdi. Uning «O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati»da (1988) asosan Janubiy O‘zbekistondagi mikrotoponimlar etimologiyasi yoritilgan. Shu bilan birga mintaqadagi Boysun, Kesh, Chag'oniyon, Qarshi kabi ba’zi tarixini toponimlarga ham etimologik izoh berilgan. Z.Do‘simov Xorazm toponimiyasini o'rganib joy nomlarining tarixi va etimologiyasi, ularning lingvistik xususiyatlari, modellari va tiplarini aniqlash sohasida ishladi. «Xorazm toponimlari» monografiyasida (1985) Xorazm toponimlarining shakllanishi va ularning taraqqiyot bosqichlarini tadqiq qildi.
2.2 Ayrim yozma yodgorliklarning toponomik tahlili. Har qanday fan o‘z-o‘zidan birdan paydo bo‘lmaydi. Buning uchun jamiyatda tegishli talab-ehtiyoj vujudga kelishi, zaruriy ilmiy poydevor yaratilishi shart. Ana shunday mustahkam poydevor bu bebaho ilmiy asarlar, yozma yodgorliklar. Bir necha asr davomida toponimlar ko'plab tarixiy, lingvistik, geografik asarlar yaratilgan, geografik nomlarni kompleks o'rganishga sharoit hozirlangan. Toponimikaning mustaqil fan sifatida oyoqqa turishiga imkon bergan son-sanoqsiz manbalardan ba’zi birlari haqidagina to'xtalib, ularning toponimika uchun ahamiyatiga urg‘u berish maqsadga muvofiqdir. Chunonchi bundan 10 asr oldin o‘rta osiyolik olimlar tomonidan yozib qoldirilgan bebaho asarlar-jahon geografiyasi hisoblangan «Hudud ul-olam», Narshaxiyning «Buxoro tarixi», M ahmud Qoshg`ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asarlari toponimiya jihatidan o'rganildi. O‘rta Osiyoda memorial asarlaming durdonasi hisoblangan «Bobumoma»ga toponimik sharh berildi. Yuqorida tilga olingan ana shu asarlaming toponimik mohiyatlari haqida tasawurga ega bo‘lmasdan turib O‘zbekiston toponimiyasini o‘rganish ko‘ngildagidek samara bermaydi. Geografik nomlar kishilaming e’tiborini qadim zamondanoq, jalb qilib kelgan. Yunon tarixchisi Gerodot o‘z asarlarida mamlakatlar, shaharlar, dengizlar, daryolar nomlarining ma’nosini tushuntirib berishga harakat qilgan. Antik dunyo mualliflari geografik nomlami asosan etimologik jihatdan izohlagan. Biroq geografik nomlami, ulaming kelib chiqishi va tarixini ilmiy asosda o‘rganish, ulami tasnif qilish nisbatan yaqin vaqtlardan boshlangan. Nemis geografi A. Gumbold bu sohada ancha xizmat qilgan dastlabki olimdir. Rossiyada ilmiy toponimika asoschisi deb A.X. Vostokovni aytish mumkin. 1812-yilda Peterburg shahrida «Петербургский вестник»11 to‘plamining navbatdagi 1-sonida u bunday deb yozgan edi: «Yunon va lotin tarixchilarining asarlarida uchraydigan bir qancha atoqli otlarni hisobga olmaganda, Vatanimizning qadimgi dunyo tarixiga oid ilurustroq yodgorlik qolmagan. Bu atoqli otlar ham boshqa til vakillari tomonidan juda buzib yozilgan. Ana shu nomlarga qarab biron ilmiy xulosa chiqarish amrimahol. Lekin juda ishonchli yodgorliklar bor. Bu yodgoiiiklar mamlakatlar, o‘lkalar, shaharlar, daryolar, ko‘llar va boshqa joylaming nomlaridir. Shu narsa e’tiborga sazovorki, deb davom etadi muallif, loylarga berilgan nomlar dastlab ana shu nomlami qo‘ygan xalq yo‘q bo’lib ketgandan keyin ham ko‘pincha bir necha ming yilgacha yashayveradi». Professor E.M.Murzayev fikricha, shimoliy yarim shaming muzlik bosmagan janubiy kengliklarida dastlabki toponimlar bir necha o‘n, va hatto yuz ming yil oldin paydo boia boshlagan. A.X.Vostokovning quyidagi ilmiy xulosasiga e’tibor bering:«Наг qanday mamlakatda daryolar, ko'llar va tabiiy geografik obyektlaming nomlari shaharlar, o‘lkalarning nomlariga ko'ra qadimiyroqdir, chunki shaharlar qurilmasdan ko‘p zamonlar oldin ibtidoiy kishilar suv bo‘ylarida kichik-kichik guruh bo‘lib yashay boshlaganlar va bu suvlarga o‘z tillarida nom berganlar. Rossiyada ham xuddi shunday bo'lgan. Demak, ana shu tabiiy geografik obyektlaming nomlariga qarab Rossiyada dastlab qanday qabilalar yashagani to‘g‘risida haqiqatga yaqin xulosalar chiqarib bo’lmasmikin? U geografik nomlarni old yoki oxirgi qo‘shimchalarining o‘xshashligiga qarab, bir necha guruhga bo‘ladi, ya’ni u toponimlami formantlarga qarab o‘rganadi. Chunonchi, olim don guruhiga Don, Dvina, Dunay, Dnepr, Dnestr daryolarini kiritadi. Keyinchalik olimlar don so‘zi eron tillari guruhida gaplashgan xalqlaming tillarida (A.Abayev ma’lumotlariga qaraganda esa, hozirgi osetin tilida ham) «daryo» (suv) degan ma’noni anglatishini aniqladilar. Keyinchalik olimlar daryo nomlari tarkibidagi suffikslar (qo‘shimchalar) asosida ilmiy tadqiqotlar olib borib, katta kashfiyotlar qilishdilar. Chunonchi, akademik A.M.Shyogren Shimoliy Rossiyadagi joylarga ruslardan oldin ugor-fin xalqlari nom bergan degan xulosaga keldi. Taniqli toponimist professor A.K. Matveyev esa Shimoliy Rossiya shevalari leksikastni chuqur o‘rganib, bu yerda chud, perm, vepslar kabi ugor-fin qabilalaridan oldin tungus-manchjur xalqlari vakillari yashagan degan fikrga keldi. Tomsk pedagogika institutining professori A.P.Dulzon toponimik ma’lumotlar asosida ket xalqi yashagan joylami aniqladi. Shunday qilib, A.X.Vostokov Rossiyada ilmiy toponimikaga birinchi bo'lib yo‘l ochgan edi. Lekin keyinchalik toponimistlar Vostokov yo‘lidan bormadi. Shuning uchun ham tarixchi toponimist A.I.Popov XIX asrda hamda XX asming boshlarida Rossiyada olib borilgan toponimik hamda tarixiy-geografik tadqiqotlami qoniqarli deb bo'lmaydi degan edi. 1907-yilda A.F.Orlovning «Rossiyadagi va g‘arbiy Yevropadagi ba’zi bir daryolar, shaharlar, qabilalar va joy nomlarining kelib chiqishi» nomli monografiyasi chop etilgan. A.F.Orlov Rossiya hamda g‘arbiy Yevropadagi nihoyatda ko‘p toponimlami tahlil qiladi va o‘z bilganicha, ulaming etimologiyasini aniqlaydi. Masalan, Shuya va Desna nomlarini ba’zi tadqiqotchilar (chunortchi, K.S.Gorbachevich) shuya-«o‘ng (tomon)», desna,-«chap (tomon)» so'zlaridan kelib chiqqan deydilar. Shuningdek, Qozon shahri nomi to‘g‘risidagi fikr ham diqqatga sazovor. Rivoyatlarga ko‘ra Botiyxonning xizmatchilari ovqat tayyorlayotganida qo‘qqisdan suvga qozon tushib ketgan va shundan beri bu soy Qozon deb atalar ekan. A.F.Orlov Qozon (Kazanka) degan to'rtta soyni sanab o‘tadi va shahar mo‘g‘ullar kelmasdan xiyla oldin ham bo‘lgan va albatta, Qozon daryosi nomi bilan atalgan, deya xulosa chiqaradi. To‘g‘ri, Qozon chuqur joyda bo‘lganidan shunday nom olgan degan fikr ham bor. Chunonchi, Bolgariyadagi Qazanlik soyligi ana shunday chuqur joy. A.F.Orlovning quyidagi fikrlari toponimik tadqiqotlar uchun juda muhim. Uning ta’kidlashicha, Rossiyada nomi ruscha bo'lgan daryolar yo‘q (gap eng yirik daryolar ustida borayotir), shunirtgdek, nemislarda ham nomi nemischa daryolar, slavyanlarda nomi slavyancha daryolar, fransuzlarda nomi fransuzcha daryolar, italyanlarda nomi italyancha bo‘lgan daryolar yo‘q. Haqiqatan ham shunday. Amu, Sir, Volga, Ob, Lena kabi yirik daryolarning nomlari to‘g‘risida o‘nlab va hatto yuzlab fikrlar bo‘lsa ham, bu faraz hamon uzil-kesil hal qilingan deb bo‘lmaydi. Yana shu narsa diqqatga sazovorki, jalb qiladi. Hozir ham Osiyo—asu «yorug‘lik» (sharh), Yevropa esa ereb «qorong‘ulik» (g‘arb) so‘zlaridan kelib chiqqan deyishadi. A.F.Orlov12 esa qadim zamonda yunonlar Yevropa deb Yunonistonning materikdagi qismini aytishgan, Osiyo deganda Egey dengizidagi orollarni tushunishgan, deya xulosa chiqaradi va Yevropa qit’asi Gretsiyadagi Peney daryosining irmog‘i Yevropa daryosi nomi bilan atalgan bo'lsa kerak deydi. To‘g‘ri, A.F.Orlov daryolarning nomlariga haddan tashqari ortiqcha baho beradi va ingliz, bulg'or, bur, german, nemis, polyak, pruss xalqlari Angel, Bur, Volga, Gera, Nemts, Poltsa, Rus daryolari nomlari bilan atalgan deydi. A.F.Orlovning fikriga hamma vaqt ham qo‘shilib bo'lavermaydi, albatta. 1917-yil to'ntarilishidan so'ng toponimikaga bo'lgan qiziqish orta bordi. Urushdan oldingi yillarda bu sohada Rossiyadagi yirik olimlar A.I.Sobolevskiy, V.V.Bartold, L.S.Berg, S.B.Veselovskiy, professorlar V.P.Semenov-Tyan-Shanskiy, V.B.Shostakovich va boshqalar katta ilmiy ishlar olib bordi. Chunonchi, akademik A.I. Sobolevskiyning «Русско-скифские этюды», «Названия рек и озер русского Севера» kabi asarlari alohida o‘rin tutadi. 1926-yilda V.B.Shostakovichning «Sibir daryolari nomlarining tarixiy etnografik ahamiyati» degan asari bosilib chiqdi (Историкоэтнографическое значение названий рек Сибири»-Известия Восточно-Сибирского отделения РГО, Иркутск,1926).V.B.Shostakovich ham A.X.Vostokov va A.F.Orlov izidan borib Sibirning bir necha daryo havzasidagi gidronimlarni o‘xshashligiga qarab 30 ta guruhga bo‘ldi. U Ob daryosi to‘g‘risida gapirar ekan, Sibirda bir necha daryolarning nomi ob qo‘shimchasi bilan tugaydi, demak, Ob daryosining nomi bor-yo‘g‘i «suv» yoki «daryo» degan so‘z emasmikan, degan xulosa chiqardi. A. P.Dulzon Sibirda 30 dan ortiq ob komponentli gidronim borligini aniqladi. Professor V.P.Semenov-Tyan-Shanskiy o'zining «Geografik manzara aholi yashaydigan joylarning nomlarida qanday aks etadi»nomli asarida toponimik tadqiqotlarda geografik ma’lumotlardan qanday foydalanish kerakligini ko'rsatib berdi. U qishloq hamda shahar nomlarini kelib chiqishiga qarab 7 guruhga bo‘ladi. V.P.Semenov-Tyan-Shanskiy aholi punktlari nomlarida relyef elementlari, turli ranglar, o‘simliklar, har xil hayvon, parranda hamda hasharotlarning nomlari, gidrologik elementlaming aks etishini jadvallarda ifodali qilib ko‘rsatib berdi. U ko‘pgina toponimlar zaminida oddiy geografik atamalar yotishini aniqladi. Chunonchi, Rossiyaning shimoliy qismida peshera (g‘or) so‘zi pechora, ponora yoki ponira, ovrag (jar) so‘zi esa «vrag» deyilishini isbotladi. Rossiyaning shimoli-sharqidagi Pechora daryosi nomi peshera, ya’ni g‘or so'zidan olingan degan fikr to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Biroq V.P.Semyonov-Tyan-Shanskiy o‘simlik va hayvon nomlaridan olingan deb hisoblagan toponimlar aslida biron kishining laqabi yoki familiyasi bo‘lishi mumkin. Masalan, akademik S.B.Veselovskiy Moskva yonidagi Sobakino qishlog'i XIV asr o‘rtalarida yashagan Sobaka laqabli shaxs Ivan Federovich Fominskiyning nomiga qo'yilganligini aniqlagan edi. Yoki V.A.Nikonovning tasdiqlashicha, Dub, Dubisa13 gidronimlari dub (eman) daraxti nomidan emas, balki Boltiq xalqlari tilidagi dubus, ya’ni «chuqurlashtirilgan» degan so‘zdan kelib chiqqan. Shunga qaramasdan, bundan chorak kam bir asr oldin yozilgan bu toponimik asar hamon o‘z qimmatini yo'qotgan emas. XIII asr tarixchisi Izzaddin Ibn al-Asir (hijriy hisob bilan 630- yilda vafot etgan) Amudaryodan chiqqan Suvqora kanalini va arabchada «qora suv» deb izohlagan, xuddi shu kanal XIII asrdagi boshqa bir muallif—Minhojiddin Juzjoniy asarida Qorasuv deb atalgan. Demak, bu turkiy toponim o'sha davrda fors-tojik (eron) tilllariga xos tartibda ham talaffuz qilingan. O‘rta Osiyoda, jumladan, Tojikistondagi ko‘pgina shahar hamda qishloq nomlari so‘z tuzilish jihatidan turkiy tillar qonuniga mos tushadi. Masalan, Toshkent, Samarqand kabi qadimiy shaharlar so‘z yasalishi jihatidan tipik turkiy toponimlardir. Kondibodom (Konibodom), Shahrituz, Bog‘ibaland, Bog'ishamol, Ko‘hitang kabi toponimlar esa sof eroniy toponimlar jumlasiga kiradi. Tarixiy hujjatlar, eski qo'lyozmalar sinchiklab tekshirilsa, yakka yagonaday tuyuladigan Toshkent, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Bekobod kabi toponimlar yolg‘iz emasligi ma’lum bo'ladi. Bunday nomlarning qaysi yo‘l bilan vujudga kelganini bilish oson ish emas, albatta. Lekin imkoni boricha ularni aniqlashga harakat qilish lozim. Tarixiy jihatdan asoslangan toponimik tadqiqotlargina ishonchli bo‘ladi. Mashhur toponimik asarlar haqida so‘z yuritilganda V.N.Toporov va O.N.Trubachevning14 «Yuqori Dnepr bo'yi gidronimiyasining lingvistik tahlili» monografiyasiga qisqacha to‘xtalib o‘tish joiz. Mualliflar ta’kidlaganidek, bu asar uchun asosiy manba sifatida Sankt-Peterburgda 1913 yilda bosib chiqarilgan «Dnepr havzasi daryolarining ro‘yxati»dan foydalanganlar. Kitob asosan uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi Yuqori Dnepr slavyan gidronimiyasining so‘z yasalish tiplariga bag'ishlangan. Mualliflar Yuqori Dnepr bo‘yi gidronimiyasini suffikslarga qarab 11 ta yirik tipga ajratadi. Undan keyingi qism gidronimlar etimologiyasiga bag‘ishlangan. Gidronimiya materiali asosida Yuqori Dnepr bo'ylarini etnik va dialekt jihatdan regionlarga bo‘lish uchinchi qismni tashkil etadi. Mualliflar bu hududda, ayniqsa uning janubi-sharqida eroniy elementlar anchagina uchrashini aniqladi. Asarning yana bir qimmatli joyi shundaki, unda mualliflar Yuqori Dnepr bo‘yida eroniy xalqlar bilan bait xalqlari til jihatidan bevosita aloqada bo‘lganini aniqladilar. Sobiq Ittifoqda toponimika fanining nazariy masalalari va toponimik tadqiqot metodlarining muvaffaqiyatli ishlab chiqilishi natijasida ko‘pdan-ko‘p regional asarlar paydo bo‘ldi.V.A.Nikonovning “Toponimikaga kirish”,A.I.Popovning “Geografik nomlar”,V.A.Juchkevichning «Toponimika» kitoblari shular jumlasidan. V.A.Nikonovning «Qisqacha toponimik lug‘atni”15 Sobiq Ittifoq va chet mamlakatlardagi 4 mingga yaqin toponimlaming tarixi va kelib chiqishi haqida hikoya qiladi. Muallif turli tillardagi xilma-xil adabiyotlardan foydalangan, toponimlar haqidagi har xil nuqtayi nazarlami tahlil qilib, bu haqda o‘z fikrini bayon etgan. V.A.Nikonov o‘z asarlarida toponimik tadqiqotlar uchun joy nomlari etimologiyasi ikkinchi darajali ahamiyatga ega, u birdan-bir tadqiqot usuli emas, deb takror-takror aytgan edi. U toponimlarda so‘z yasalishiga, ko‘pincha formantlarga asosiy e’tibor bergan. Biroq toponimik lug‘atlar yozishda bu printsipga to‘la amal qilib bo‘lmas ekan. Chunki ayrim toponimlar ustida so‘z borganida etimologiyasiz ish ko‘rib bo'lmaydi, aksincha, toponimik lug‘atda joy nomining kelib chiqishini aniqlash asosiy usul hisoblanadi. Mazkur asarda O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistondagi ayrim loponimlar etimologiyasi haqida ham so‘z yuritilgan. Lug‘at muallifi Turkmanistondagi Bayramali shahri nomini musulmonlar avliyosi—Ali ismidan hamda bayram so'zidan kelib chiqqan, degan fikr bildiradi. Aslida bu shahar nomining choryorlardan biri hazrati Alining ismiga hech handay aloqasi yo‘q. Shahar hijriy hisobda 1197-1200 yillarda Marvda hukmronlik hilgan Bayram Alixon nomiga qo'yilgan. Lug‘atda Afg‘onistondagi Herirud daryosi nomi eroncha harvaid—«sersuv», rud—«daryo» so'zlaridan kelib chiqqan deyilgan. Narshaxiy Nur qishlog‘i bundan qariyb 1000 yil muqaddam, Buxoro shahri vujudga kelmasdan oldin ham bor edi, deya yozgan. Demak, Nurota mo‘g‘ullar kelmasdan oldin ham Nur (boshqa Nurlardan, masalan, Miyonkol orolidagi Nuri Miyonkoldan farqli o‘laroq) Nuri Buxoro nomi bilan ma’lum bo‘lgan. V.A.Nikonov Tataristondagi Shemordan (daryo, posyolka) shomort (to‘g‘risi shomo'rt), ya’ni «cheremuxa» butasi nomidan kelib chiqqan deydi va I.A.Iznoskovning Shemordan «asli Shohimardon bo‘lgan» degan fikrini asossiz deb hisoblaydi. Bizning fikrimizcha, I.A.Iznoskov haqli. Birinchidan, islom dini tarqalgan hududlarda Shohimardon degan joylar ko‘p. Ikkinchidan, agar bu joy cheremuxa nomidan olinganda Shomirtli bo‘lar edi. O‘rta Osiyoni, jumladan, O‘zbekistonni tarixiy geografik jihatdan o'rganishda sharqshunoslarning xizmati katta. Yevropalik sharqshunoslardan Jyul Tonnele, A.Vamberining O‘rta Osiyodagi joy nomlari to‘g‘risida aytgan fikrlarini X.Hasanov o‘z asarida qayd qilib o‘tgan. O‘rta Osiyo Rossiyaga qo‘shib olingungacha kelgan rus sharqshunoslaridan N.V.Xanikov, N.F.Sitnyakovskiy, L.N.Sobolevlarning asarlarida O‘zbekiston toponimikasiga doir materiallarni ko‘plab topish mumkin. N.V.Xanikovning “Buxoro xonligining tasviri” kitobida bir qancha joy nomlari bilan birga o‘zbek urug‘lari haqida ham ma’lumotlar beradi. L.N.Sobolevning asari geografik xarakterga ega bo‘lib, unda Zarafshon vodiysidagi joy nomlari ro'yxati ilova qilingan. Joy nomlari arab yozuvida va ruscha transkripsiyada berilgan, har bir qishloqda qaysi o‘zbek urug‘i yashashi aytib o‘tilgan. Harbiy polkovnik N.F.Sitnyakovskiy16 asarida Zarafshon vodiysida, muallif yerlarni sug‘orish, ekin ekish to‘g‘risida mufassal to‘xtalib o'tadi. Narshaxiyning «Buxoro tarixi»da aytib o‘tilgan bir qancha ariqlar hozir ham mavjud ekanini aniqlaydi. Kitobga Zarafshon vodiysidagi ariqlar, qishloq hamda shaharlarning ro‘yxati ilova qilingan. N.F.Sitnyakovskiyning bu «ro'yxati» toponimika uchun «xomashyo» sifatida katta ahamiyatga ega. Chunki eski ro‘yxatlardagi ma’lumotlar qimmatli tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.XIX asrning oxiri—XX asrning boshlaridagi rus sharqshunoslaridan akademik V.V.Bartoldning asarlari toponimikada alohida o‘rin tutadi. V.V.Bartold asarlarini o‘rganmasdan turib O‘rta Osiyo toponimikasi bilan shug‘ullanib bo‘lmaydi. V.V.Bartoldning 1900-yilda bosilib chiqqan «Turkiston mo‘g‘u!l hujumi davrida» nomli asari, ayniqsa uning Movarounnahrning got grafik ocherkiga bag‘ishlagan bobi, toponimik ma’lumotlarga boy. Umuman, ushbu olimning tarixiy geografiyaiga taalluqli bo‘lmagan geografik nomlami o‘z ichiga olmagan bironta ham asarini topish qiyin. Asarlarining toponimika uchun qimmati shundaki, u rus va g‘arbiy Yevropa tillaridagi adabiyotlarni o‘qish bilan kifoyalanmayd balki arab, fors hamda turkiy tillardagi asarlarni asliyatida mutolaa qiladi, ulami tanqidiy o‘rganadi va bir-birlari bilan taqqoslaydi. U arab va fors manbalarida tilga olingan yuzlab joy nomlarining tran skripsiyasini, etimologiyasini vao‘rnini aniqladi. V.V.Bartold joy nomlarini ayrim holda emas, balki mamlakat tarixi bilan bog'liq ravishda o‘rganadi, shuning uchun ham birgina shahar, qishloq yoki ariq nomi etimologiyasi bir necha joyda takrorlanadi. Masalan, Qarshi shahri nomining ma’nosini V.V.Bartold o‘z asarlarida o‘ndan ortiq joyda aytib o'tgan. Shu narsa xarakterliki, V.V.Bartold dastlabki vaqtlarda “Qarshi mo‘g‘ulcha so‘z bo‘lib, saroy demakdir” deb yozadi, keyinroq lug‘at ta’sirida «Bu so‘zni mo‘g‘ullar uyg‘urlardan qabul qilgan» desa, «Islom ensiklopediyasi»da «Qarshi uyg'urcha so‘z, u keyinchalik mo‘g‘ul tiliga o‘tgan», deb yozadi17. Shuningdek, Buxoro, Movarounnahr, Murg'ob, Shopurkom kabi toponimlar etimologiyasi ham bir necha marta takrorlangan. V.V.Bartold etimologiyalarining hammasini ham bekami-ko‘st to‘g‘ri deb bo’lmaydi, albatta. Masalan, Parkent qishlog‘i nomini Barskent, ya’ni «bars (qoplon) shahri* deb izohlaydi. Bunday deyish to‘g‘ri bo’lmasa kerak. Chunki, birinchidan, Parkent bitta emas—Xovos yaqinida ham Parkent degan qishloq bor. Ikkinchidan, arabnavis olimlar p o'miga ko'pincha b yozishgan. Masalan, Panjakent o‘miga Bunjikat, Piskent o‘miga Biskent, Piskom o‘rniga Biskom va Farob o‘rniga Barab va h.k. V.V.Bartold Mang‘ishloq yarim oroli nomini «ming qishloq» deb izohlagan. Qozoq olimi Musaboyev Mang'ishloq — “qo‘y qishlog‘i”demakdir, deb yozadi, chunonchi, «Devonu lug‘otit turk»da man (mang) “qo‘y” degan ma’noda keladi. V.V.Bartold asarlarida qaytariqlar, ba’zi bir chalkashliklar ham uchraydi. Masalan, Zul-Kifl raboti (hozirgi Kelif) bir joyda Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida deyilsa, ikkinchi bir joyda chap qirg‘og‘ida deyilgan. Geografik nomlar transkripsiyasida ham har xilliklar bor. Bunday xilma-xilliklar ko‘p emas. Ular asarlar turli davrlarda va xilma-xil manbalar asosida yozilishi, so‘ngra arab yozuvining turkiy hamda tojikcha nomlarni aynan ifoda eta olmasligi oqibatida kelib chiqqan. V.V.Bartold joy nomlari etimologiyasi haqidagi xalq rivoyatlarini chala mullalaming turli bo‘lmag‘ur uydirmalaridan farq qilish kerak, deb ogohlantiradi. U joy nomlarining bora-bora butunlay o‘zgarib, boshqa ma’no olishini ko‘rsatib berdi. Chunonchi, «Qizilsuv»ni ruslar o‘z tiliga moslashtirib «Kozelsi» shaklida talaffuz qilgan, Ko‘handiz, ya’ni «ko‘hna qal’a» o‘zgarib qunduz shaklini olgan. V.V.Bartold asariga qarab Qashqadaryo nomi, «evolyutsiyasi»ni quyidagicha tasavvur qilish mumkin: Keshrud-Keshirud, Xashqarud-Xashqadaryo-Qashqadaryo. V.V.Bartold eski qo‘lyozmalardagi xatoliklarni ham aniqlagan. Masalan, «Boburnoma»dagi Tiroz shahri nomi N.Ilminskiy nashrida bir nuqta tushib qolishi natijasida Tiror bo‘lib ketganini qayd qilgan edi. Taroz qanday qilib Taror, keyinchalik esa Atrar (O‘tror) bo‘lib ketganini H.Hasanov ham bir necha qo‘lyozmalar asosida sinchkovlik bilan aniqladi. V.V.Bartold asarlarida uchraydigan atamalar ham toponimik tadqiqotlarda e’tibordan chetda qolmasligi kerak.V.V.Bartold o‘z asarida eron tillarida bog‘ so‘zining «xudo» degan ma’nosi ham bor deb yozadi. «Eronning tarixiy-geografik obzori» asarida Bog‘iston degan joyni «xudo maskani» deb izohlaydi. Bag‘dod ham «xudo bergan» demakdir. Ana shu munosobat bilan Toshkent viloyatidagi Bog‘iston qishlog‘ining etimologiyasi haqida ham o'ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi. V.V.Bartold joy nomlarini mamlakat tarixi va geogriifik muhiti bilan bog‘liq ravishda o‘rgandi, ayni vaqtda toponimlarning lingvistik tomoniga ham katta ahamiyat beradi. V.V.Bartold asarlari toponimistlar tomonidan tanqidiy ravishda chuqur o‘rganilishi kerak. Har qanday tarixchi ozmi-ko‘pmi toponimika bilan shug‘ullanadi, beixtiyor joy nomlari tarixi, kelib chiqishi bilan qiziqadi. Shuning uchun ham har bir tarixiy asardan bir necha geografik nom to‘g‘risida ma’lumot topish mumkin. Tarixchilardan M.Ye.Masson, S.P.Tolstov, O.A.Suxaryeva, O.D.Chexovich, Y.G‘.G‘ulomov, A.R.Muhammadjonov asarlarida O‘zbekiston toponimikasiga doir talay materiallar topish mumkin.Masalan, akademik Y.G‘.G‘ulomovning «Xorazmning sug'orilish tarixi»da geografik nomlar ham juda ko‘p. Umuman olganda jamiyat tarixi, xususan, irrigatsiya tarixi ma’lum ma’noda toponimlar tarixidan iboratdir. Muallif bir qancha joy nomlarining kelib chiqishini, etimologiyasini aytib o‘tadi. Chunonchi, Qizilqum cho‘lidagi Sulton Uvays tizmasi O‘rta Osiyoda tasawuf ta’limotiga asos soluvchilardan biri-arab Uvays Qorniy (VII asr) nomi bilan atalgan, «sulton» unvoni unga keyinchalik O‘rta Osiyo xalqlari tomonidan berilgan. Kaltepa degan do‘ng o‘simliksiz, yalang bo‘lgani uchun shunday nom olgan. V.V.Bartold kabi Y.G‘.G‘ulomov ham G‘azobod (xalq talaffuzida g‘azovot) kanali nomi muqaddas urush ma’nosidagi g‘azovot so‘zidan emas, balki g'ozi (g‘olib) laqabli xonlardan Abulg‘ozixon ismidan kelib chiqqanini aniqladi. Xonqa asli «xonaqoh» degan so‘zdir. «Mo‘g‘ul istilosi davrida Xonqa shahri vayron qilinib, faqat xonaqo saqlanib qolgan edi. Bu xonaqo atrofida keyinchalik hayot tiklangan. o‘sha vaqtdan boshlab shahar «Xon(a)qo» (Xonqo) deb atalgan». Toponimistlar ko‘pgina joy nomlari aslida oddiy geografik atamalardan iborat ekanini aniqladi. Y.G‘.G ‘ulomov ham atamaologiyaga juda katta ahamiyat beradi. Bu esa ko‘plab toponimlarning ma’nosini ochib beradi. Xorazmda arna (Mang‘itarna, Paxtaarna, Shovotarna, Otaliqarna, Polvonarna), yob (yop) (Bog‘yop, Buzyop, Kaltaminoryop, Polvonyop, Tozayop, Xonyop, Saribiyop, Tozabog‘yop, Yangiyop, Chirmonyop), qir (g‘ir) (Manqir, Toyqir Tuzqir, Yassiqir, Qal’aqir, Ko‘zaqir), qal'a (Beshtomqal’a, Bozorqal’a Burgutqal’a, Qabulqal’a, Qavatqal’a, Tuproqqal’a, Kofirqal’a) kabi atamalardan tuzilgan geografik nomlar juda ko‘p. Y.G‘.G ‘ulomov bu atamalarni tushuntirib o‘tadi. Masalan, arna so‘zi Xorazmda hozir «magistral kanal» ma’nosida keladi. Y.G‘.G ‘ulomov esa arna atamasining asl ma’nosi «daryo tarmog‘i», «shoxobcha» ekanini aytadi. Olim adoh, kat (kentj, sanglox toshloq), quyg‘un (tashlama suv), qoq(ko‘lmak),i‘y(chuqurlik,botiq),qayir,qo‘rg‘oncha,tal(tepalik),singir(vaqtinhalik istehkom), degish (qirg'oqning yuvilishi, o‘pirilishi), bast-jo‘g‘on), xaros (aynan-eshak tegirmoni), chordara (shiypon), lochi kabi geografik atamalami, badoq, solma, doldarg'a, bedrov, to‘qurtma, depma, sepma, nova, kabi irrigatsion atamalami izohlab o‘tgan. Eski tarixiy hujjatlar, vasiqalar,. vaqfnomalar toponimika uchun katta ahamiyatga ega. Shu ma’noda tarix fanlari doktori O.D.Chexovich tomonidan tayyorlangan, XIII va XIV asrlarga doir
“Buxoro huijjatlari”,XV-XVI asrlarga oid «Samarqand hujjatlari» tengsiz toponinik asarlardir. Masalan, birgina “Samarqand hujjatlari”da mingdan ortiq toponim-geografik va tarixiy topografik nomlar tilga olingan. Shundan ikki yuzdan ortiq toponimning o‘rni, hozir nima deb atalishi, ba’zan kelib chiqishi aniqlangan. Bundan tashqari, O.D.Chexovich yer-suv muomalasi, vasiqa, vaqf hujjatlariga doir ko'plab atamalami izohlab bergan (afdoq, darg'ot, siqoya, tall, chorbog1). Sharqshunos A.L.Troitskaya Qo‘qon xonlarining (XIX asr) arxividagi 3800 hujjatni taijima va tahlil qilar ekan, ularda tilga olingan geografik nomlar ko‘rsatkichini tuzdi. Geografik nomlaming ruscha transkripsiyasi yonida arabcha yozuvi ham keltirilganligi diqqatga sazovordir. Hujjatlar bundan bir yarim asr oldin (XIX asrning 40—70-yillarida) yozilgani bilan ham qimmatli. Bu esa shu davr ichida geografik nomlaming yozilishda va talaffuzida ro‘y bergan o'zgarishlarni payqab olishga imkon beradi.