Arxeologiya va buxoro tarixi



Yüklə 57,89 Kb.
səhifə6/8
tarix02.06.2023
ölçüsü57,89 Kb.
#123236
1   2   3   4   5   6   7   8
Ozod O`lkashunoslik kurs ishi

«BUXORO TARIXI»
Mazkur manba O‘rta Osiyo xalqlari tarixnavislik fanidagi dastlabki asarlardan biri. “Buxoro tarixi” O‘rta Osiyoda arablar istilosi natijasida islom dinining tarqalishi (VIII asr) hamda IX—XII asrlardagi Buxoro va unga yaqin shahar-qishloqlar, xalqlarining iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy, siyosiy tarixiga oid muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Asarda Buxoro shahri va uning atrofidagi shahar-qishloqlar, anhorariqlarning bundan ming yil oldin qanday atalganligi bayon etilgan. “Buxoro tarixi”ni asli Buxoroning Narshax qishlog‘idan bo'lgan Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far-an-Narshaxiy (to‘la nomi—Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik) 943—944 yillarda arab tilida yozgan. Asaming bizgacha yetib kelgan forscha-tojikcha nusxasi 1128 yili Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy tomonidan arabcha asliyatidan qisqartirib qilingan tarjimadir. Oradan yarim asrcha vaqt o‘tgandan keyin 1178—1179 yillarda Muhammad ibn Zufar ibn Umar fors-tojikcha tarjimani ikkinchi marta qisqartirib bayon qilgan va unga 1220-yilgacha bo‘lgan voqealar ham kiritilgan. Asar chet ellarda ham bir necha bor chop etilgan. Jumladan, 1897-yilda A.I. Likoshin tarjimasida Toshkentda rus tilida, R. Fray tarjimasi 1954-yilda Kembrijda ingliz tilida nashr etilgan. Biz 1966-yili Toshkentda A. Rasulyev tarjimasidagi o'zbekcha nashriga asoslandik.
Asardagi joy nomlari izohi.“Samarqand tomonida bir katta daryo borki, uni Rudi Mosaf —Mosaf daryosi deb ataydilar” (bu Zarafshon daryosi). “Hali Buxoro shahri vujudga kelmagan, lekin qishloqlardan ba’zilari paydo bo‘lgan edi. Nur, Xarqonrud, Vardona, Tarovcha, Safna va Isvanalar o‘sha qishloqlar jumlasidandir”. Bu qishloqlar kitobning o'zbekcha nashrida bunday izohlangan: Nur yoki Nuri Buxoro Nurota tumani markazi hozirgi Nurota shahridir. Xarqonrud—Zarafshon daryosidan chiqarilgan hamda Shopurkom va G‘ijduvon tumanlarini sug'oradigan qadimiy kanal (rud,kanal,ariq). Xarqonrud shu kanal bo‘yida joylashgan qishloq. Hozir Xarqona deyiladi. Vardona qo‘rg‘oni Vardonzi nomi bilan hozir ham mavjud (Shofirkon tumani). Shu tumandagi Xo‘jag‘ulomtepa qishlog'i yaqinidagi katta tepalik ham shunday ataladi. Tarovcha Buxoro shahrining janubi-g‘arbidagi Tarob qish!og‘i nomining kichraytirib aytilgan shakli.

Yüklə 57,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin