4.Tuproqqa ishlov beruvchi murakkab mashina va agregatlar. Ekin ekish oldidan tuproqni mumkin qadar sifatli tayyorlashga katta e’tibor beriladi. Ma’lumki, faqat optimal ishlov berilgan erlardagina urug‘larni tekis ekib, nihollarning o‘z vaqtida to‘liq unib chiqishiga erishish mumkin. Tuproqni bir xil mashina bilan sifatli tayyorlash qiyin, turli mashinalarni daladan takror o‘tkazganda esa, tuproq kup zararlanadi. SHuning uchun tuproqqa bir yo‘la turli ishlov beruvchi qurollar turkumini yaratish, ba’zan esa bunday murakkab mashinalar ketiga seyalka tirkash masalalari ko‘rilmoqda.
Sanoatmizda bir necha xil murakkab mashina va agregatlar ishlab chiqarilmoqda. Ular quyidagi talablarni qondirish lozim: barcha turdagi qurollar turli tuproqlarda va sharoitlarda ishlay olishi kerak; qurollar birikmasi traktorning tortish kuchidan to‘liq foydalanishga moslangan bo‘lishi kerak.
RVK-3,6 va RVK-5,6 murakkab agregatlar ekish oldidan tuproqqa ishlov beradi: bir o‘tishda tuproqni 15 sm chuqur kultivatsiya qiladi, katta va kichik kesaklarni maydalaydi, dala betini tekislaydi va molalaydi. Bu ishlarni bajarish uchun ramada navbat bilan yumshatkichlar, shporali halqalardan tuzilgan g‘altakmola, yana yumshatkichlar qatori, tekislovchi brus va yana g‘altakmola o‘rnatilgan.
VIP-5,6 murakkab agregat ninali disklar batareyasi, tekislovchi brus, tishli ponasimon disklardan tuzilgan g‘altak moladan tuzilgan agregatlar bir o‘tishda katta kesaklarni maydalaydi, dalaning yuza tekislaydi va tuproqning 10-12 sm li yuqori qatlamini zichlaydi.
Paxtachilikda chizel kultivator, tishli boronalar, er tekislagich g‘altak moladan tuzilgan murakkab agregatlar ishlatiladi.
Og‘ir tuproqli KA-3,6 markali murakkab mashina tuproqqa ishlov berishi bilan bir yo‘la don urug‘larini ekadi, tuproqni mola bostirib ketadi.
Bir o‘tishda erni shudgorlaydigan va dala betiga ishlov berib ekin ekishga tayyorlaydigan murakkab mashinalar ham ishlatiladi. PKA markali murakkab murakkab xaydov agregati erni shudgorlaydi, katta palaxsalarni maydalaydi, dala betini tekislaydi va ikki qator g‘altakmola bilan zichlaydi.
APK-2,5 murakkab agregat nam etarli bo‘lmagan rayonlarda tuproq qatlamini ag‘darmasdan asosiy va qo‘shimcha ishlash uchun mo‘ljallangan.