3.Frezaga ta’sir etuvchi kuchlar. Pichoqlari to‘g‘riga aylanadigan frezaga bo‘ylama-vertikal tekislikdagi pichoqlarning tuproqni qirqishidagi qarshilik kuchlarining teng ta’sir etuvchi R mashina og‘irligi Gm; tayanch g‘ildiraklaridagi vertikal reaksiya kuchi k shuningdek o‘rnatish mexanizmining tortqilardagi reaksiya kuchlari R1, R2 va R3 ta’sir etadi.
rasm. Rotatsion freza-kultivatorga ta’sir etuvchi kuchlar va muvozanatlik sharti.
Teng ta’sir etuvchi kuch R ni baraban o‘qi O ga ko‘chirib, uni gorizontal Rx va vertial Rz tashkil etuvchilarga ajratamiz. R kuch qarshilik momenti Ms ni hosil qiladi. Bu moment traktorning quvvat olish validan baraban valiga uzatiladigan burovchi moment Mb bilan muvozanatlanadi. Rz kuch frezani ko‘tarishga, Rx kuch esa itarishga intiladi. Bu kuchlar mashinaning tayanch g‘ildiraklaridagi reaksiya kuchlari k va o‘rnatish sistemasi tortqilaridagi reaksiya kuchlari bilan muvozanatlanadi. Oldinga gorizontal yo‘nalgan Rx kuch, mashinaning g‘ildirashiga qarshilik kuchidan kattalik qilsa, u holda traktorni titrab, boshqarishini yomonlashtiradi. Rz kuch mashina og‘irligidan katta bo‘lsa, ishlash chuqurligi kamayadi. Baraban oldida kultivator panjalari o‘rnatilsa, bu kamchiliklar bartaraf etiladi. Kultivator panjalariga qarshilik kuchlarining teng ta’sir etuvchisi Rp mashinaning harakat tomoniga Rpx itaruvchi kuch Rx ning ortiqcha qismini muvozanatlaydi., vertikal tashkil etuvchi kuch Rpz esa panjalari tuproqqa botirishga yordam qiladi. Bundan tashqari, panjalar baraban oldida tuproqni yumshatib, rotatsion pichoqlarga tushadigan nagruzkani kamaytiradi.
Frezaning umumiy tortish qarshiligi R ni va uning gorizontal Rx hamda vertikal Rz tashkil etuvchilarini grafik usulda tortish uchun kuchlarini qo‘shib chiqish kerak.
Og‘irlik markaziga qo‘yilgan kuch Gm ni freza pichoqlarining umumiy qarshilik kuchi R yo‘nalishi bilan 1 nuqtada kesishtiramiz. Kuchlar ko‘pburchakligida Gm va R ning ta’sir etuvchisi RG ning yo‘nalishining topamiz. 1-nuqtadan RG ga parallel chiziq o‘tkazib uni 2-nuqtaga Rp ning yo‘nalishi bilan kesishtiramiz. Kuchlar ko‘pburchakligida R ning uchidan teskari yo‘nalishda Rp ning qiymatini olib qo‘yamiz va teng ta’sir etuvchi R0 kuchning yo‘nalishini topamiz. Freza sxemasida 2-nuqtadan R0 ga parallel chiziq chizib, uni k ning yo‘nalishi bilan 3-nuqtada kesishtiramiz, so‘ngra oniy aylanish markazi bilan kesishtirib, mashinaning umumiy tortish qarshiligi R ning yo‘nalishini aniqlaymiz.
Frezaga kultivator panjalari o‘rnatilmagan 2-nuqta k kuchning pastki yo‘nalishida joylashadi va vertikal tashkiletuvchi kuch Rz katta bo‘lib, mashinaning harakat turg‘unligini buzadi.