Maxalliy qirqim. Buyumning biror kichik qismini aniqlash maqsadida berilgan qirqim mahalliy
qirqim deb ataladi. Mahalliy qirqim to`lqinsimon tutash chiziq bilan chegaralanishi
zarur.
11.8-shakl
KESIMLAR Buyumlarni bir yoki bir nechta tekislik bilan xayolan kesganda, uning yuzasida
hosil bo’ladigan tasvir “kesim” deb ataladi.
Kesimlar 11.9-chizmada richagning chizmasi berilgan. Bosh ko’rinish va
ustidan ko’rinish richagni hamma elementlari haqidato’liq tushuncha bermaydi. Uning
uchinchi ko’rinishi ham richagni shakli haqida kerakli ma’lumotni bermaydi, chunki
unda ko’p ko’rinmaydigan, chizmani xiralashtiradigan kontur chiziqlar hosil bo’ladi,
bunday buyumlar shaklini bilish uchun kesim qo’llaniladi.
11.9-shakl
Kesim. O’DSt 2.305-97 ga muvofiq buyumning bitta yoki bir necha tekislik
bilan fikran kesib hosil qilingan tasvir. Kesuvchi tekislikda qanday tasvir hosil bo’lgan
bo’lsa, kesimda ham shu tasvir ko’rsatiladi. Kesim quyidagicha chiziladi: buyumning
kerakli joyidan hayolan tekislik bilan kesiladi. (11.9-shakl, a). Kesuvchi tekislikda hosil
bo’lgan tasivrni tasvir tekisligiga parallel joylashtiriladi, (11.9-shakl,
б) formatning
bo’sh joyiga qirqim chiziladi.(11.9-shakl, b). Kesimlar ko’rinishdan chetga chiqarib
yoki k o’rinishning o’zida ko’rsatilgan bo’ladi.
Chizmada kesimlarning joylanishi. Chizmada kesimlar strelka yo’nalishiga muvofiq ravishda joylashtiriladi.
Kesimlar “chetga chiqarilgan”, “ustiga qo’yilgan” yoki “qirqim orasida joylashtirilgan”
bo’lishi mumkin.
11.10-shakl
Tasvirdan chetga chiqarilgan kesimlar. 11.10-shakl
a, б da tasvirni konturdan
tashqariga olib chiqilgan qirqim ko’rsatilgan. Chetga chiqarib tasvirlangan kesim
konturi asosiy tutash chiziq bilan chiziladi. Kesimi o’zgarmaydigan uzun buyumning profil kesimida 11.10-shakl b,
г dagidek ko’rsatilishi mumkin. Ya’ni buyumning
o’rtarog’i to’lqinsimon ingichka chiziq bilan ikkiga ajratiladi va ularni orasiga kesim
joylashtiriladi.