Функциялар


Joylashtiriladigan (inline) funktsiyalar



Yüklə 227 Kb.
səhifə9/13
tarix15.12.2022
ölçüsü227 Kb.
#75187
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Функциялар

Joylashtiriladigan (inline) funktsiyalar
Kompilyator ishlashi natijasida har bir funktsiya mashina kodi ko’rinishida bo’ladi. Agar programmada funktsiyaga murojaat buyrug’i bo’lsa, shu joyda funktsiyani chaqirish kodi shakllanadi. Odatda funktsiyani chaqirishni amalga oshirish qo’shimcha vaqt va xotira resurslarini talab qiladi. Chu sababli, kompilyatorga, agar chaqiriladigan funktsiya hajmi unchalik katta bo’lmagan hollarda, funktsiyani chaqirish qodi o’rniga funktsiya tanasini joylashtirishni ko’rsatma berish mumkin. Bu yo’l funktsiya prototipini inline kalit so’zi bilan e’lon qilish orqali amalga oshiriladi. Natijada hajmi oshgan, lekin nisbatan tez bajariladigan programma kodiga erishish mumkin.
Funktsiya kodi joylashtiriladigan programmaga misol.
#include
inline int Summa(int,int);
int main()
{
int a=2,b=6,c=3;
char yangi_qator=’\n’;
cout<cout<cout<return 0;
}
int Summa(int x,int y)
{
return x+y;
}
Keltirilgan programma kodini hosil qilishda Summa() funktsiyasi chaqirilgan joylarga uning tanasi joylashtiriladi.


Rekursiv funktsiyalar
Rekursiya deb funktsiya ichidan shu funktsiyaning o’ziga murojaat qilishga aytiladi. Rekursiya ikki xil bo’ladi:

  • oddiy – agar funktsiya o’z tanasida o’zini chaqirsa;

  • vositali – agar funktsiya boshqa bir funktsiyani chaqirsa, u esa o’z navbatida birinchi funktsiyani chaqirsa.

Odatda rekursiya matematikada keng qo’llaniladi. unki aksariyat matematik formulalar rekursiv aniqlanadi. Misol tariqasida faktorialni hisoblash formulasini keltirish mumkin:

va sonning butun darajasini hisoblashni ko’rishimiz mumkin:

Ko’rinib turibdiki, navbatdagi qiymatni hisoblash uchun oldingi qiymat ma’lum bo’lishi kerak. S++ tilida rekursiya matematikadagi rekursiyaga o’xshash. Buni yuqoridagi misollar uchun tuzilgan funktsiyalarda ko’rish mumkin. Faktorial uchun:
long Fact(int n)
{
if(!n) return 1;
else return n*Fact(n-1);
}
Berilgan haqiqiy x soning n – darajasini hisoblash funktsiyasi:
double Butun_Daraja(double x, int n)
{
if(!n) return 1;
else return x*Butun_Daraja(x,n-1);
}

Agar faktorial funktsiyasiga n>0 qiymat berilsa, quyidagi holat ro’y beradi: shart operatorining else shohidagi qiymat eslab qolinadi (n qiymati). Noma’lumlarni hisoblash uchun shu funktsiyaning o’zi «oldingi» qiymat (n-1 qiymati) bilan bilan chaqiriladi. O’z navbatida, bu qiymat ham eslab qolinadi (xotiraning boshqa joyida) va yana funktsiya chaqiriladi va hakoza. Funktsiya n=0 qiymat bilan chaqirilganda if operatorining sharti (!n) rost bo’ladi va return 1 amali bajarilib, ayni shu chaqiruv bo’yicha 1 qiymati qaytariladi. Chundan keyin «teskari» jarayon boshlanadi - xotiradagi saqlangan qiymatlar o’zaro ko’paytiriladi. Oxirgi qiymat – aniqlangandan keyin (1), u undan oldingi saqlangan qiymatga – 1 qiymatiga ko’paytirilashidan Fact(1) qiymati hisoblanadi, bu qiymat 2 qiymatiga ko’payishi bilan Fact(2) topiladi va hakoza. Jarayon Fact(n) qiymatini hisoblashgacha «ko’tarilib» boradi. Bu jarayonni n=4 uchun faktorial hisoblash sxemasini ko’raylik:




Yüklə 227 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin