Izohlar: 1) Koshi teoremasidan g(x)=x xususiy holda Lagranj teoremasi kelib chiqadi va shu sababli (2) chekli orttirmalarning umumlashgan formulasi yoki Koshi formulasi deb ataladi.
2) f(a)= f(b) holda Koshi teoremasidan Roll teoremasi kelib chiqadi.
XULOSA Differensial hisobning bir qator nazariy va amaliy masalalarini qarashda farang matematiklari Roll, Lagranj va Koshi teoremalardan foydalaniladi. Bu teoremalar orqali biror kesmada uzluksiz, uning ichki nuqtalarida esa differensiallanuvchu bo‘lgan funksiyalarning ma’lum bir xossalari ifodalanadi.
Tayanch iboralar
* Roll teoremasi * Lagranj teoremasi * Koshi teoremasi
Takrorlash uchun savollar
Roll teoremasining shartlari nimadan iborat?
Roll teoremasida nima tasdiqlanadi?
Roll teoremasining geometrik ma’nosi qanday ifodalanadi?
Qaysi holda Lagranj teoremasidan Roll teoremasi kelib chiqadi?
Koshi teoremasi qanday ifodalanadi?
Qaysi holda Koshi teoremasidan Lagranj teoremasi kelib chiqadi?
Qaysi holda Koshi teoremasidan Roll teoremasi kelib chiqadi?
Testlardan namunalar
Roll teoremasining tasdig‘ini ko‘rsating: Agar y=f(x) funksiya [a,b] kesmada uzluksiz va uning ichki nuqtalarida differensiallanuvchi hamda chegaraviy nuqtalarda f(a)= f(b) bo‘lsa, u holda bu kesma ichida kamida bitta shunday x=c nuqta topiladiki, unda ..... bo‘ladi.
A) f ′(c)>0 ; B) f ′(c)<0 ; C) f ′(c)=0 ; D) f ′(c)≠0 ; E) f ′(c)= f (c).
f(x)=xsinx funksiya uchun Roll teoremasi qaysi kesmada o‘rinli?
A) [0, 1] ; B) [0, π/2] ; C) [0, π] ; D) [2, π] ; E) [π/2, π] .
f(x)=x2–6x+9, x[1,5], funksiya uchun Roll teoremasining tasdig‘i o‘rinli bo‘ladigan c nuqtani toping.
A) c=1,5 ; B) c=2 ; C) c=2,5 ; D) c=3 ; A) c=4,5 .
f(x)=x2–2x+9, x[0,4], funksiya uchun Lagranj teoremasining tasdig‘i o‘rinli bo‘ladigan c nuqtani toping.
A) c=1 ; B) c=1,5 ; C) c=2 ; D) c=2,5 ; E) c=3 .
Agar f(x)=x3+8, g(x)=x3+x+1 va x[–1,2] bo‘lsa, Koshi teoremasining tasdig‘i o‘rinli bo‘ladigan c nuqtani toping.
A) c=–0,5 ; B) c=0 ; C) c=0,5 ; D) c=1 ; E) c=1,5 .
Mustaqil ish topshiriqlari
funksiya uchun [0,1] kesmada Roll teoremasi shartlari bajarilishini tekshiring va teorema tasdig‘idagi x=c nuqtani toping.
funksiya uchun [0,π] kesmada Lagranj teoremasi shartlari bajarilishini tekshiring va teorema tasdig‘idagi x=c nuqtani toping.
0>