Fuqaro muhofazasi to‘G‘risida


-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari



Yüklə 21,58 Kb.
səhifə6/8
tarix01.04.2023
ölçüsü21,58 Kb.
#92343
1   2   3   4   5   6   7   8
25 FUQARO MUHOFAZASI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI

14-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari
Fuqarolar:
ushbu Qonunga va fuqaro muhofazasi sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya qilishlari;
fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan o‘tishlari;
fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari;
jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko‘rsatishni bilishlari;
davlat organlariga, shuningdek tashkilotlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda ko‘maklashishlari;
fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulkini asrab-avaylashlari shart.
Fuqaro muhofazasi sohasida fuqarolarning zimmasida qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
15-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqaro muhofazasi sohasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar.
16-modda. Aholi va mutaxassislarni fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash
Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va yashash joylarda aholini fuqaro muhofazasi sohasida o‘rgatish umumiy va majburiydir.
Fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash malaka oshirish muassasalari, maxsus o‘quv-uslubiyot markazlarida, kurslarda, shuningdek ish joyida amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasi sohasidagi bilimlarni targ‘ib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni muhofaza qilish va qutqarish borasidagi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan ta’minlanadi. Bilimlarni targ‘ib etish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin.
IV. FUQARO MUHOFAZASI XIZMATLARI VA KUChLARI
17-modda. Fuqaro muhofazasi xizmatlari
Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek obyekt fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi xizmatlarining ro‘yxati, shuningdek ular to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Yüklə 21,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin