Shimol hukumati 500 ming kishilik qo`shin tuzish uchun yangidan safarbarlik e`lon qildi. Qo`shin tarkibi janubliklarga xayrixoh bo`lgan zobitlar (ofitserlar)dan tozalandi. 1861 yilning oxirlarida Shimol qo`shinining soni 660 ming kishidan oshib ketdi, ammo, bu qo`shinning harbiy tayyorgarlik darajasi past va intizomi juda yomon bo`lib, bu qo`shinning bosh qo`mondoni qilib layoqatsiz general Mak-Klellan tayinlangan edi. U harbiy qo`mondondan ko`ra xalq ommasining norozilik harakatini ko`tarilib ketishidan ko`proq lashvishga tushayotgan yirik kapitalist sifatida ma`lum edi. Mak-KleManning harbiy harakatlari o`zining konservativligi, qat`iyatsizligi va sustHgi bilan ajralib turardi. Janubliklar ro`paradan hujum qilish taktikasidan foydalanayotgan bir vaqtda, Mak-Klellan bunga javoban "bo`g`ib qo`yish rejasi" deb atalgan konfederasiya hududiga hamma tomondan hujum qilib, uni qurshovga olish haqidagi puch rejasini qarshi qo`ydi. U Richmond yonida Shimoi armiyasini sharmandali halokatiga sabab bo`lgan. Richmondda maglubiyatga uchragan Mak-Klellan qo`mondonlikdan tushirildi. Shimol burjuaziyasi urushda tez g`alaba qilishga shoshilmadi, balki, aksincha, urush davomida davlatning harbiy buyurtmalaridan ko`proq foydalanish payida bo`ldi. Urushning birinchi bosqichi 1861-1862 yillarni o`z ichiga oldi. Urushning birinchi bosqichida Janubning kuchi biroz ustun keldi.